Soliq imtiyozlari. Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning o’rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o’rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
1) madaniyat va san’at, ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot ob’ektlarining;
2) qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti etishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xo’jaligi korxonalari balansida bo’lgan mol-mulkning.
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:
1) yagona ishtirokchilari nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo’lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo’lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo’lgan shaxslarning mehnatiga haq to’lash fondi mehnatga haq to’lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar;
2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo’lgan) o’rnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan e’tiboran o’n yil muddatga.
Soliq stavkalari.Soliq stavkasi 2 foiz miqdorida belgilanadi.
Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan ob’ektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Bo’sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo’ljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish ob’ektlariga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo’li bilan ta’sir choralari qo’llanilishi mumkin hamda ushbu ob’ektlarga ko’rsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi.
Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,2 foiz miqdorida belgilanadi:
1) umumiy foydalanishdagi temir yo’llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlar;
2) konservatsiya qilinishi to’g’risida O’zR VMning qarori qabul qilingan ko’chmas mulk va tugallanmagan qurilish ob’ektlari.
Soliq davri.Kalendar yil soliq davridir.
Mol-mulkga soliq hisoblash buxgalteriya hisobida quyidagi bog’lanish bilan aks ettiradi:
D 9430 ”Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz”;
Byudjetga foyda solig’i o’tkazilayotganda beriladigan hisobvaraqlar bog’lanishi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Mol-mulk solig’i bo’yicha)”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”