Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xarajatlarni turkumlash va hisobga olish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə330/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   524
Guliston davlat

13.3. Xarajatlarni turkumlash va hisobga olish


Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o’rin tutadi.
Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sarflarning puldagi ifodasidir.
Korxonalarda xarajatlar turlari va moddalarining yuzaga kelishi ularning asosiy, moliyaviy va investitsiya faoliyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish korxonalarining xarajatlari asosan xomashyo, materiallar, yoqilg’i va mehnatga haq to’lash xarajatlari kabilardan iborat bo’ladi.
Respublikamizda xarajat moddalari "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga asoslanadi.
Bu Nizomga asoslangan holda barcha xarajat moddalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
– bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
– bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
– boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar.
2. Davr xarajatlari:
– sotish xarajatlari;
– ma’muriy xarajatlar;
– boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:
– foizlar buyicha xarajatlar;
– xorijiy valyuta operatsiyalarida yuzaga keladigan salbiy kurs farqlari;
– qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash;
– moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar.
4. Favqulodda zararlar.
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar ishlab chiqarish yoki mahsulot (ish, xizmat)larni qayta ishlashda foydalaniladigan tabiiy va mehnat resurslari, xomashyo va materiallar, yoqilg’i va energiya, asosiy vositalar hamda ishlab chiqarishga tegishli boshqa xarajatlarning bahosini ifodalaydi.
Ushbu xarajatlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagicha tartibda guruhlanadi:
– ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
– ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
– ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
– asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
– ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi hisobvaraqlar belgilangan:
9610 – "Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar";
9620 – "Valyutalar kurslari farqidan zararlar";
9630 – "Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar";
9690 – "Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar".
Mazkur hisobvaraqlar tranzit hisobvaraqlar hisoblanib, aktiv xarakterga ega. Ularning debet aylanmalari xo’jalik muomalari natijasida sodir bo’lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit aylanmalari esa ularning hisobdan chiqarilishini ifodalaydi.
Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari qo’yilgan vazifalarga muvofiq xarajat elementlari va kalkulyatsiya moddalariga bo’linadi.
Xarajatlarni elementlari bo’yicha guruhlash ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy mazmuniga qarab aniqlash va tegishli smetalar tuzishga asos bo’ladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulyatsiya moddalari bo’yicha guruhlash esa mahsulotlar tannarxini aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur xarajatlar xomashyo va materiallarni tayyorlash, qayta ishlash, brak mahsulotlarni tuzatish, yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lmagan xarajatlarga korxonaning madaniy-maishiy ob’ektlariga sarflanadigan xarajatlar kiradi.
Shuningdek, korxonalarda xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilishiga ko’ra bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita xarajatlar tarkibiga korxonalarga mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan xomashyo va materiallar, mehnatga haq to’lash (ajratmalari bilan birga), ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi.
Bevosita moddiy xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot (ish va xizmat)larning asosini tashkil etib, uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulotlar tayyorlash, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishda foydalaniladigan, chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar xarajatlarini ifodalaydi.
Yuqoridagilardan tashqari "Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi" Nizomga muvofiq quyidagi xarajatlar ham bevosita moddiy xarajatlar tarkibiga kiradi:
– normal texnologiya jarayonini ta’minlash va maxsulotlarni o’rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojiga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek, asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlar qiymati, xo’jalik buyumlari va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalari;
– sotib olinadigan, kelgusida korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
– tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, korxonaning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha muomalalarni bajarish, xomashyo va materiallarga ishlov berish, ularning sifatini aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish vositalarini tuzatish va boshqalar tegishli bo’ladi.
Korxona ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari (xomashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini markaziy ombordan tsexga, shuningdek, tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan xizmatlar hisoblanadi;
– tabiiy xomashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirish, yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan erni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtlarga haq to’lash, sanoat korxonalari tomonidan suv xo’jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun esa yogoch-taxta materiallaridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari;
– texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, korxonalarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishg xizmat ko’rsatish bo’yicha transport ishlari;
– korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. Bunda korxonaning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyiga transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari moddiy xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi;
– ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari doirasida va ularning ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi;
– korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni etkazish bilan bog’liq xarajatlar, jumladan yuklash va tushirish ishlari ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kiritilishi zarur;
– korxonalar tomonidan mol etkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi;
– mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va o’rash-joylash materiallari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo’yicha chiqarib tashlanadi;
– moddiy xarajatlar elementi bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, qo’shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlaridan, shu jumladan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig’imlar, transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Bevosita mehnat xarajatlari: bevosita ishlab chiqarish xodimlari, ishlab chiqarish jarayonida ishlayotgan mashina operatorlari va bevosita ishlab chiqarishda band bo’lgan boshqa xodimlar mehnat haqi xarajatlari.
Shuningdek, "Xarajatlar tarkibi to’g’risida"gi Nizomga ko’ra, bevosita mehnat xarajatlariga quyidagilar kiritiladi:
– xo’jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan, amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga eta bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;
– kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;
– ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusidagi to’lovlar, shu jumladan:
– texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq;
– ko’p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
– hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
– aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar xodimlarining va doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytgacha to’lanadigan, yo’lda o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar;
– qurilishda, rekonstruktsiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo’lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajargan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov xususiyata uchun ustama;
– doimiy ravishda er osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo’nab ketishlaridan oldin va orqaga qaytishlarigacha o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq;
– mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsientlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsientlar bilan belgilangan to’lovlar;
– xo’jalik yurituvchi sub’ekt joylashgan joydan (yig’ilish punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to’lanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda);
– ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to’lash;
– ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash:
– amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;
– majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda, haq to’lash;
– donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun na qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to’lash;
– davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig’inlar, favqulodda vaziyatlar bo’yicha yig’inlar va boshqalar) mehnat haqi to’lash;
– xo’jalik yurituvchi sub’ekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
– belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari.
Bilvosita xarajatlar esa mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar hisoblanib, ularga ma’muriy-boshqaruv xarajatlari, boshqaruv asbob-uskunalarini saqlash va foydalanish xarajatlari kiradi.
Rejalashtirilishiga qarab xarajatlarni qisqa va uzoq muddatli xarajatlarga ajratish mumkin. Qisqa muddatli xarajatlar korxonaning taktik maqsadlarini amalga oshirishga imkon beradi.
Uzoq muddatli xarajatlar esa korxonaning strategik maqsadini amalga oshirishda yuzaga keladi. Ularga ilmiy tekshirishlar, yangi texnologiyalarni olib kirish va rivojlantirish, tayyor mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar kiritiladi.
Korxonalar faoliyatida yarim o’zgaruvchan xarajatlar ham yuzaga keladi. Yarim o’zgaruvchan xarajatlar bir vaqtning o’zida ham o’zgaruvchan, ham doimiy xarajat xususiyatiga ega bo’lgan xarajatlar hisoblanadi. Ularga telefon xizmati xarajatlarini kiritish mumkin. Bunda bir oylik aniq to’lanishi lozim bo’lgan summa – doimiy xarajatlar, shaharlararo va xalqaro so’zlashuv xarajatlari esa o’zgaruvchan xirajatlar guruhiga kiritiladi.
Smeta kalkulyatsiyasidan mahsulotlar ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyani qo’llash va kelgusi davrlarda sarflanadigan xarajatlar smetasini tuzishda foydalaniladi. Ushbu usul korxonada yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish, mahsulotlar bahosini belgilash va ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy samaradorligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Ishlab chiqarish yo’alishidagi hamma xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi. Bu esa ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni to’liq va o’z vaqtida hisobga olish, shuningdek, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tejash hamda ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat qilishga imkon beradi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin