Nazorat savollari
Salbiy tashqi ta’sir va ijobiy tashqi ta’sirga misol keltiring.
Firma ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keladigan salbiy tashqi ta’sirni tushuntirish uchun talab-va-taklif rasmini chizing.
Qanday qilib patent tizimi jamiyatga tashqi ta’sir muammonsini hal qilishda yordam beradi?
Tuzatuvchi soliqlar nima? Nega iqtisodchilar atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilishda ulardan foydalanishni afzal ko`radi?
Tashqi ta’sir natijasida kelib chiqqan muammolarni hukumat aralashuvisiz hal qilish mumkin bo`lgan yo`llar ro`yxatini tuzing.
Tasavvur qiling, siz chekmaysiz, lekin chekadigan kishi bilan bir xonada
turibsiz. Kouz teoremasiga ko`ra, xonadoshingiz xonada chekish yo chekmasligini nima belgilaydi? Bu natija samaralimi? Siz va xonadoshingiz bu muammoga qanday yechim topasiz?
Javoblar
1 javob. Salbiy tashqi ta’sirlar
Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog`lig`i uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir.
Ijobiy tashqi ta’sirlar
Ba’zi faoliyatlar uchinchi shaxslarga ham harajatlar joriy qilsa ham, boshqalar bundan foyda olishadi. Masalan, ta’limni olaylik. Aksariyat hollarda, ta’lim foydasi xususiydir: ta’lim iste’molchisi yaxshi ishchi bo`lib yetishadi va shuning bilan yuqori maosh sifatida foyda oladi. Ammo ushbu xususiy foydadan tashqari, ta’lim ijobiy tashqi ta’sir hosil qiladi.
3 javob.
Texnologik yoyilishlar bilan shug`ullanishning yana bir usuli patent himoyasi hisoblanadi. Patent qonunlari ma’lum vaqt uchun o`zlarining ixtirolaridan mutlaq foydalanishini ta’minlab ixtirochilar huquqlarini himoya qiladi. Firma texnologik yangilik qiladigan bo`lsa, u g`oyani patentlab, o`zi uchun ko`p iqtisodiy foyda olishi mumkin. Patent huquqi firmaga ixtirosi ustidan mulk huquqini berib tashqi ta’sir o`zlashtiriladi. Boshqa firmalar yangi texnologiyalar foydalanish istagida bo`lsa, ular ixtiro firmasidan ruxsat olishi kerak va unga royalti to`laydi. Shunday qilib, patent
tizimi firmalarni texnologiyani rivojlantiradigan tadqiqot va boshqa faoliyat bilan shug`ullanishiga katta turtki beradi.
4 javob.
tuzatuvchi soliq va subsidiyalar
Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o`rniga, davlat ijtimoiy samaradorlik bilan xususiy rag`batlantirishlarni moslashtirishda bozorga asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko`rganimizdek, hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o`zlashtirishi mumkin. Salbiy tashqi ta'sirlar bilan shug`ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar deyiladi.
Ko`pchilik iqtisodchilar soliqni afzal ko`radi. Bu afzallikni tushuntirish uchun, ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy etish orqali o`zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha yuqori bo`lsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta bo`ladi. Soliq yetarlicha yuqori bo`lsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yoyopadilar
5 javob. Xususiy yechim tturlari
Xususiy bozor uchun tashqi ta'sirni hal qilishning yana bir usuli manfaatdor tomonlar bilan aloqaga kirishidir. Ko`pchilik bolalarga o`rgatiladigan “Oltin qoida”ga ko`ra, "hammani o`zingdek bil". Bu ma'naviy to`siq bizning xatti-harakatlarimiz boshqa odamlarga qanday ta'sir etishini hisobga olish kerakligini aytadi.
6 javob. Agarda xonadoshim chekishi menga yomon tasir qilsa men unga chekmaslikni va boshqa xonaga chiqish taklifini beberaman.Agarda bu unga maqul kelmasa ozim unga biror yahshiro xona topaman. Topkan xonam unga qimmatlik qilsa yoki yoqmasa xonada chekmaslik sharti bn uni olib qolaman. Agarda yangi xona eski xonamdan arzonroq va men uchun samaraliroq bolsa ozim u xonaga chiqib ketaman.
2 javob.
Dostları ilə paylaş: |