13.6-chizma. AVS tizimi bo’yicha xarajatlar hisobi
Keltirilgan chizmadan ko’rinib turibdiki, ABC tizimi ustama xarajatlar dinamikasini va mazkur xarajatlar turlarining kelib chiqish sabablarini, shuningdek, ularni tayyor mahsulot qiymatiga kiritish tartibini hisobga olishga imkon beradi.
O’zgaruvchan xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritiladi, ular ishlab chiqarish xarajatlarini aks ettiradi. Doimiy xarajatlar mahsulot tannarxiga kiritilmaydi, balki ma’muriy-boshqaruv xarajatlari sifatida moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi, biroq amalda korxona faoliyatini yuritish uchun bozorni tadqiq etish, mahsulotlarni uzoq muddat bilan ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko’rsatishni rivojlantirish talab etiladi. Shu bois, hisob-kitoblarda marjinal xarajatlar va daromadlar yaxshi natija berishiga qaramay, "Direkt-kosting" tizimini qo’llash faqat tegishli sharoitlardagina samara berishi ma’lum bo’ldi (13.6-jadval):
Birinchidan, korxonaning bevosita xarajatlari umumiy xarajatlarning asosiy qismini tashkil etishi zarur.
Ikkinchidan, korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimenti va buyurtmalarning soni oshirib yuborilmasligini nazorat qilish lozim. Bunday talablar qo’yilganda xarajatlar hisobining avvalgi tizimi korxonaning yangi strategik boshqaruv siyosatiga javob bera olmay qoladi.
13.6-jadval
Xarajatlarni samarali boshqarish tizimlarini qiyosiy tahlili va ularni
sut sanoatida qo’llash imkoniyatlari
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
Samarali qo’llanilish sohasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
“Direkt-kosting” hisob usuli (oddiy va rivojlangan)
|
- xarajatlarni me’yorlashtirish, rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilishning soddalashtirilganligi;
- hisobning qo’shimcha tahliliy imkoniyatlarini paydo bo’lishi;
- hisob ma’lumotlari asosida ishlab chiqarishni operativ boshqarish imkoniyati;
- mahsulot tannarxini aniqlashning oddiy va soddaligi;
- mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajmini, ishlab chiqarish va moliyaviy dastaklar samarasini, moliyaviy chidamlilik zahirasini aniqlash imkoniyati;
- baholarni quyi chegarasini belgilash imkoniyati
|
- xarajatlarni doimiy va o’zgaruvchanga asosli ravishda ajratishda muammolar tug’ilishi;
- ustama xarajatlarni taqsimlashda muammoning echilmay qolishi;
- mahsulotlar to’liq tannarxini aniqlashning saqlanib qolishi;
- soliqlar hisobi bilan bevosita aloqa va bog’lanishning mavjud emasligi.
|
- nazoratning samarali tizimi va ustama xarajatlarni taqsimlashning oqilona usuli tanlanganda barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun qo’llash imkoniyati mavjud.
|
“Standart-kost” hisob usuli
|
- o’tgan hisobot davrlarida qilingan xarajatlarga emas, balki istiqbolni belgilashga asoslanib xarajatlarni rejalashtirish;
- yuqori aniqlikda tannarxni kalkulyatsiya qilinishi;
- xarajatlarni operativ nazorat qilinishi;
- boshqaruvchilarni kutilayotgan xarajatlar va daromadlar to’g’risidagi axborotlar bilan ta’minlash;
- normativlarning yuqori darajada asoslanganligi.
|
- hisob yuritish qiyin, chunki bevosita o’zgaruvchan xarajatlar mahsulot turlari bo’yicha, ularning ayrim qismlari esa – javobgarlik markazlari bo’yicha rejalashtiriladi;
- hisob yuritishning mehnattalabligi;
- normativlarni doimo yangilab turish zarurligi.
|
- sutni qayta ishlovchi mini korxonalari;
- bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar.
|
ABC
(“Activity-Based Costing") Xarajatlarning funktsional hisob usuli
|
- faoliyat turlari bo’yicha xarajatlarni guruhlash imkoniyati;
- mahsulot tannarxi tarkibida o’zgaruvchan xarajatlarning salmog’i yuqori bo’lishi ta’minlanib, buyurtmalar soni va mahsulot assortimentini oshirib yubormasligini nazorat qiladi;
- ustama xarajatlarni imkoniyat darajasida aniq taqsimlash va natijada tannarxni hisoblashni amalga oshirilishi.
|
- bevosita xarajatlarning to’liq nazorat qilinmasligi.
|
- sutni qayta ishlash korxonalari va iqtisodiyotning boshqa ishlab chiqarish sohalari.
|
SCA
(Strategic Cost Analysis)
Xarajatlarni strategik tahlil qilish usuli
|
- mahsulot sifatini kompleks boshqarish tamoyili asosida mahsulot sifatini va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish;
- iste’mol qiymati (xaridorning yutug’i)ni shakllantirish zanjiri yordamida raqobatchilar ustidan barqaror mavqega ega bo’lish;
- ustama xarajatlarni minimallashtirish;
- fan-texnika taraqqiyotini o’rganib borish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish.
|
- korxonalarda mahsulot sifatini tahlil qilishni amalga oshirilmayotganligi;
- an’anaviy buxgalteriya hisobida xarajatlar me’yorlarini bozor sharoitlariga moslab istiqbolli tuzatib borilmasligi;
- rejalashtirilgan ustama xarajatlardan keskin chetlanishlarning mavjudligi, xomashyo va materiallar baholarining tez-tez o’zgarib turishi.
|
- sutni qayta ishlash korxonalari va iqtisodiyotning boshqa ishlab chiqarish sohalari.
|
Bozor talabi va raqobat muhitiga moslashish uchun mahsulot assortimenti va sifatini keskin oshirish lozim bo’ladi. Natijada, korxonada ustama xarajatlarning ikkita turi: yordamchi ishlab chiqarishlar va boshqaruv bo’linmalarini asrash bilan bog’liq xarajatlar asosiy o’rinni egallaydi.
Bunda buyurtmalarni va maxsus komponentlarni ishlab chiqarish xarajatlariga e’tibor qaratiladi.
Buyurtmalarni ishlab chiqarish xarajatlari shartnomalar tuzish bo’yicha muzokaralar olib borish, buyurtmalar qabul qilish, hisobvaraqlar yozib berish, yuklarni jo’natish va qayta ishlash kabi xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Maxsus komponentlar ishlab chiqarish xarajatlariga mahsulotning yangi turini ishlab chiqarish uchun xarid qilinadigan yordamchi materiallar, butlovchi qismlar, yarim tayyor mahsulotlarni keltirish bo’yicha shartnomalar tuzish, ishlab chiqarishni nazorat va ekspertiza qilish, naryadlar yozish xarajatlari kiritiladi. AQShning EMW kompaniyasi misolida ko’radigan bo’lsak, maxsus komponentlarni ishlab chiqarish jarayonida har bir komponent uchun alohida naryad to’lg’azish talab qilingan. Natijada yil davomida o’ndan ortiq ishlab chiqarish tsiklida 30 000 ta turli xil maxsus komponentga 325 000 dollarlik naryadlar to’lg’azilgan.
Agap korxona bunday sharoitda bozorni chuqur o’rganmasa, tannarx va baho ko’rsatkichlarining nomutanosibligi muqarrar tusni oladi, ya’ni, mayda turkumli mahsulotga past baho, yirik turkumlilarga yuqori baho belgilanadi, natijada texnologik oddiy mahsulotga qaraganda murakkab va innovatsiya talab qiladigan mahsulotlarning foydaliligi yuqori bo’lib ko’rinadi.
Binobarin, boshqaruv hisobinint asosiy vazifalarini hal etish uchun xarajatlarni doimiy va o’zgaruvchanga bo’lish usulini qo’llash hamma sohada ham samara beravermagach, xarajatlar haqida ishonchli axborotni olishning yangi usullarini qidirib topish ABC hisob tizimining paydo bo’lishiga olib keldi.
ABC tizimida korxona ishchisi operatsiyalar to’plami, deb qaraladi. Ish jarayonida resurslar iste’mol qilinadi (materiallar, ish haqi, jihozlar) va muayyan natija yuzaga keladi. Resurslardan foydalannishni hisobga olgan holda parallel ravishda murakkab ishchi operatsiyalarini eng oddiy qismlarga bo’lib chiqish yo’li bilan korxonadagi ishlar miqdori va ketma-ketligini aniqlash “ABC” ni qo’llashning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi.
ABC doirasida mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi ishtirokiga qarab ishlar to’rtta tarkibiy qismga ajratiladi: Unit Level (donali ish), Batch Level (to’plamli ish), Product Level (mahsulotli ish) va Facility Level (umumishlab chiqarish xarajatlari). Bunday tasnif xarajatlar va turli ishlab chiqarish jarayonlari o’rtasidagi quyidagi bog’liqlikni o’rganishga asoslanadi: mahsulot birligini ishlab chiqarish, buyurtmani ishlab chiqarish, mahsulotni ishlab chiqarish.
Bunda xarajatlarning ishlab chiqarish jarayoniga bog’liq bo’lgan yana bir muhim kategoriyasi hisobga olinmaydi – bu butun korxona faoliyatini ta’minlovchi xarajatlardir.
Bunday xarajatlarni hisobga olish uchun ishlarning to’rtinchi toifasi – Facility Level (umumishlab chiqarish xarajatlari) kiritiladi.
Dastlabki uch toifa, aniqrog’i, ularga sarflangan xarajatlar bevosita ma’lum bir mahsulotga tegishli bo’lishi mumkin, biroq umumishlab chiqarish xarajatlari natijalarini biron-bir mahsulot turiga tegishli qilib ko’rsatib bo’lmaydi, shu bois, ularni taqsimlash uchun turli arifmetik hisob-kitoblardan foydalanishga to’g’ri keladi.
Faoliyat turiga sarflangan hamma resurslar uning qiymatini tashkil etadi. Korxonaning barcha faoliyat turlari ularni boshqarish uchun sarflangan xarajatlar bilan solishtirib chiqilishi kerak. Ko’pincha xarajatlar moddasi qaysidir bir faoliyat turiga mos keladi. Masalan, "Ta’minot bo’limi ish haqi" "Ta’minot" ish jarayoni qiymatiga kiradi.
Shu bilan birga "Boshqaruv binosi ijarasi" xarajat moddasi mutanosib ravishda "Ta’minot", "Ishlab chiqarish", "Marketing" va h.k. xarajat moddalari bo’yicha taqsimlab chiqilishi kerak.
ABC tizimiga ko’ra faoliyat turining natijasi – kost-drayver indeks o’lchamiga, ya’ni, taqsimot bazasiga ega bo’lishi muhimdir.
Masalan, "Ta’minot xarajatlari" moddasi uchun "Sotib olishlar miqdori" kost-drayver bo’la oladi, "Sozlash" moddasi uchun – "Sozlashlar miqdori".
ABCni qo’llashniig ikkinchi bosqichi kost-drayver hisob-kitobi va ularning har bir resurslarini iste’mol qilish ko’rsatkichlaridan iborat. Bu ko’rsatkich ish bajarilishi birligi qiymatiga ko’paytiriladi.
Mahsulot tannarxini hisoblash jarayoni – ABC tizimini amaliyotga qo’llashning uchinchi bosqichini tashkil etadi.
Korxonaning faoliyat turlari va funktsional xizmatlarini ABC tizimida hisobga olish, shuningdek, investitsiyalash, xodimlar hisobi, kadrlarni boshqarish kabi sohalar faoliyatini sifatli baholashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |