13.7-jadval AVS tamoyiliga binoan "A " mahsulot bo’yicha xizmat funktsiyalyarini taqsimlash
Tarkib toptiruvchi bo’linmalar
Funktsiyalar
Bo’linmalar bo’yicha jami
Dastlabki xulosa
1
2
3
4
AB
B
C
B
C
A
B
B
A
B
B
C
C
C
A
1C
2C
1C
1C
-
Takomillashtirish kerak
-
-
Fuktsiyalar bo’yicha jami
1C
1C
-
3C
-
-
Dastlabki xulosa
-
-
-
Tugatish kerak
-
-
Ushbu jadvalga asoslanib, ikkinchi darajali va foydasiz funktsiyalar hamda xarajatlar olib tashlanadi. Bunda yakuniy jadvalga ikkinchi darajali yordamchi, foydasiz funktsiyalar, ularning tarkibiy qismlari kiritiladi. Bu ularning zarurligi to’g’risida dastlabki xulosa qilishga imkon beradi.
Shundan keyin smeta yoki undan muhimroq moddalarni tashkil etuvchi bo’linmalar xarajatlari bo’yicha jadval tuziladi va har bir bo’linmaning funktsiyalarini ta’minlashga sarflanadigan xarajatlar rejalashtiriladi. Bu mahsulot konstruktsiyasiga, ishlab chiqarish texnologiyasiga o’zgartirishlar, o’z mahsuloti qism va bo’linmalaridan olingan butlovchi qismlarni almashtirish, bir materialni qayta ishlashda ancha arzon va tejamli boshqasi bilan almashtirish yo’li bilan xarajatlarni kamaytirishning yo’nalishlari, ularni etkazib berish miqdorlarini aniqlash imkonini beradi va h.k.
Ishlab chiqarish omillari bo’yicha funktsiyalarga sarflangan xarajatlarning guruhlashtirilishi mahsulot qiymatini pasaytirish yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunday yo’nalishlarni ekspert yo’li bilan aniqlashda xarajatlarni zanjirli bog’lanish usuli asosida qiyoslagan holda tartiblashtirish, mahsulotni arzonlashtirish yo’lini tanlash lozim. Buning uchun quyidagi jadval tuziladi (13.8-jadval).
Mazkur jadval umumiy xarajatlardagi funktsiyalarga sarflangan barcha xarajatlarning oqilona salmog’i va unta mos keluvchi funktsiya ahamiyatliligini taqqoslab, funktsiyalar bo’yicha xarajatlar koeffitsientini aniqlash imkonini yaratadi (4-ustun). Bunda, K2,1 > 1 ga qaraganda KZ,4 > 1 foydaliroq, deb tanlanadi. Mazkur koeffitsientning birdan katta bo’lishi ushbu funktsiyani samaradorligini oshirish zaruratini bildiradi. Bizning misolimizda ahamiyati jihatidan 30% bo’lgan funktsiya shunday funktsiya hisoblanadi.