13.9-jadval Ishlab chiqarish uchun mahsulotlarni tanlash variantlari bo’yicha qarorlar qabul qilish
Ko’rsatkichlar
Xarajatlar
Boshqaruv qarorlari variantlari
Past
O’rtacha
Yuqori
Funktsi-yalarning ahamiyati
Yuqori
A
Mahsulot rentabelligi yuqori
B
Mahsulot rentabelligi o’rtacha
C
Mahsulot rentabelligi o’rtacha
Maqbul
O’rta
D
Mahsulot rentabelligi yuqori
E
Mahsulot rentabelligi o’rtacha
F
Mahsulot rentabelligi past
Bahsli
Past
G
Mahsulot rentabelligi o’rtacha
H
Mahsulot rentabelligi past
J
Mahsulot rentabelligi past
Nomaqbul
Ushbu jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish variantlarini tanlashda A, B, C va D mahsulotlarni ishlab chiqarishga e’tibor beriladi. Ularda funktsiyalarning ahamiyati va ishlab chiqarish rentabelligi ko’rsatkichlari yuqori va qo’yilgan talablarga javob beradi.
Mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan sharoitda funktsiyalarning faoliyati yuqori bo’lganda rentabellik darajasi yuqori bo’ladi.
Bularning barchasi ishlab chiqarishga muayyan mahsulotni yoki yo’nalishlarni va ularni qiyoslash miqyosini tanlash haqida qaror qabul qilishga xizmat qiladi.
FQTniig so’nggi bosqichi, tahlil natijalarini amaliyotga qo’llash hisoblanadi. Bunda:
– mahsulotning tajriba namunalarini tayyorlash uchun chizmalar ishlab chiqish;
– maxsus moslama va asbob-uskunalarni tayyorlash hamda loyihalashtirish;
– tajriba nusxalarini tayyorlash va sinovdan o’tkazish;
– konstruktsiyalarni o’zgartirish uchun texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
– buyurtmachi, muallif va ixtirochilar bilan amaliyotdagi o’zgarishlarni kelishib olish.
Boshqaruv hisobida xarajatlarni kelib chiqish joylari va javobgarlik markazlari bo’yicha hisob yuritilganda hamda ABC usuli qo’llanilganda FQT tizimi yuqori samara beradi.