2 misol. Xarajatlar dinamikasi Berilgan ma’lumotlar:
Ko’rsatkichlar
Summa (ming so’m)
Avtomobil qiymati
55 000
Ikki yil foydalanilgandan yoki 60 000 km yurgandan so’ng yangi avtomobil sotib olish uchun bu avtomobilni taxminiy sotish qiymati
25 000
Yarim yillik texnik xizmati xarajatlari
600
1000 kmga hisoblangan ehtiyot qismlar xarajati
200
Avtomobilga yillik litsenziya
800
Yillik sug’urta to’lovi
1 500
Har 25 000 kmdan keyin 4 dona shinasini almashtirish xarajati (1 shina = 37)
Benzin uchun – 5 litr
20
Yoqilg’ini o’tacha xarajati 25 kmga 5 litr
Keltirilgan ma’lumotlar bo’yicha quyidagi topshiriqlarni bajaring.
A. Bir yildan so’ng ushbu avtomobil uchun turli masofa yo’l bosgani uchun (5000, 10000, 15000 va 30000 km), kompaniya rahbariyati uchun jadval shaklida quyidagi ko’satkichlar bo’yicha ma’lumot tayyorlang:
1) umumiy o’zgaruvchan xarajatlar;
2) umumiy doimiy xarajatlar;
3) umumiy xarajatlar;
4) 1 kmga to’g’ri keladigan o’garuvchan xarajatlar;
5) 1 kmga to’g’ri keladigan doimiy xarajatlar;
6) 1 kmga to’g’ri keladigan umumiy xarajatlar;
Xarajatlarni turkumlashda hisobga olish kerakki, ulardan ba’zilari ham doimiy va ham o’garuvchan bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda har bir vaziyat uchun alohida izoh berishingiz kerak: nima uchun shu variantni tanladingiz.
B. “A” punkti bo’yicha 1,2,3 va 6 da jadvalda ko’rsatilgan ma’lumotlarni grafik shaklida tasvir qiling.
C. Grafikdan foydalanib 18 000 va 25000 km variantlariga qilinadigan xarajatlarni aniqlang, hamda ushbu masofalar bo’yicha 1 kmga to’g’ri keladigan umumiy xarajatlarni aniqlang.
D. “Avtomobil qancha ko’p masofani bosib o’tsa, 1 kmga to’g’ri keladigan xarajat shuncha arzon bo’ladi” degan tarifga baho bering.