Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


-chizma. Bozor iqtisodiyoti sharoitida transfert baho



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə390/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   524
Guliston davlat

14.5-chizma. Bozor iqtisodiyoti sharoitida transfert baho va xarajatlar
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik


Mahsulotni sotishda baho darajasini sotishning va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning taxminiy hajmi belgilaydi. Shu bilan birga boshqaruv hisobi e’tirof etadiki, mahsulot birligini ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o’zgarishi bevosita ishlab chiqarish miqyosiga bog’liq. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi bilan bir buyumga to’g’ri keladigan doimiy xarajatlar summasi va ishlab chiqarishga sarflanadigan o’rtacha xarajatlar hajmi ham o’sadi. Binobarin, tadbirkor menejer transfert bahoni belgilayotganda xarajatlar usuli asosida yoki raqobatchilar tomonidan baho bo’yicha qabul qilintan qarorlar ta’siri ostida passiv baho belgilash yo’lini tanlamasligi lozim.
Eng oqilona yondashuv – transfert bahoni shakllantirishga nisbatan faol yondashuv usuli bo’lib, bunda transfert bahoni boshqarish orqali sotishlarning zarur hajmiga mos keluvchi o’rtacha xarajatlar hajmiga erishiladi, bu esa korxonani foydalilikning kutilayotgan darajasiga olib chiqadi.
Transfert bahoni shakllantarishga faol yondashuv mantiqiga o’xshash masalalarni quyidagicha ta’riflash mumkin: "Eng past bahoda sotiladigan tovarlar miqdorini katta miqdordagi foyda olish uchun qanchagacha oshirishimiz kerak?" yoki "Sotiladigan mahsulotlarning qancha miqdorini ko’proq foyda olish uchun yuqoriroq bahoda sotish kerak?".
Aynan mana shunday yondashuv "zaif" bozorlarda (ya’ni, talab pasayib boruvchi bozorlarda) yoki "kuchli" bozorlarda (ya’ni, talab ortib boruvchi bozorlarda) juda yuqori baholar xarajat yondashuvini jiddiy kamchiligini chetlab o’tish imkonini beradi.
Shuni ta’kidlash joizki, transfert bahoni shakllantirishga xarajatli yondashuvdan voz kechish korxona menejerlariga oson bo’lmaydi, chunki ular ishlab chiqarishga yangi mahsulot uchun investitsiya qilish va bahoni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilinguncha, kutilaettan foydani aniqlashlari lozim.
Loyihalashtirilayotgan yangi mahsulot zamonaviy texnik darajaga mos keluvchi o’lchamlar va xususiyatlarga ega bo’lishi, konstruktorlik xizmatlari, texnologlar, moliya-iqtisodiy bo’lim va buxgalteriyada texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Shu bosqichning o’zida baho aniqlanadi, u xarajatlarning o’rnini to’ldirishi va investitsiyalarni zaruriy darajada qoplashi kerak. Shundan so’ng marketologlar (agar shunday mutaxassislar bor bo’lsa) mahsulot sotish hajmini aniqlaydi. Ular mahsulot sotishni tashkil etish, mahsulot xossasi va sifatiga xaridorlarni ishontirishga intiladi. Agar bunday "targ’ibot" natijalari ijobiy natija bermasa, korxona rahbariyati odatda bahoni pasaytirish taklifi hisobiga vaziyatni saqlab qolishga harakat qiladi. Bunday sharoitda, odatda, xaridorlar bozorda ustunlik qiladigan vaziyat yuzaga keladi. Bunda aynan ular o’z shartlarini qo’yadi va bahoni yanada pasaytirishga erishadi.
Transfert bahoni shakllantirishga xarajatli yondashuvni mo’ljal qilib muvaffaqiyatga erishish g’oyat mushkul. Bunday sharoitda transfert bahoni shakllantirishga nisbatan qiymatli yondashuvga ko’proq e’tibor berish lozim (14.6-chizma).

Xaridorning manfaati va yutug’i

QIYMAT (NAF)



Korxonaning foydasi

BAHO



Корхонанинг харажатлари



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin