33. Asosiy vositalar qanday baholarda hisobga olinadi?
A) boshlang’ich hujjatlarda ko’rsatilgan baholarda, yuk xatida ko’rsatilgan baholarda, qabul qilish dalolatnomasida ko’rsatilgan bahoda;
B) ishlab chiqarish tannarxida, bozor baholarida, balans baholarida, kelishilgan bahoda;
C) boshlang’ich, qayta tiklangan, qoldiq qiymatda;
D) shartnoma bahosi, boshlang’ich qiymat, eskirish summasi, qoldiq qiymat;
E) sotib olish bahosi, sotish bahosi, bozor bahosi.
34. Inventarizatsiyani o’tkazilish tartibiga ko’ra necha turi mavjud?
A) mablag’larni va ularning manbalarini inventarizatsiya qilish;
B) buyruqli va buyruqsiz;
C) rejali va rejasiz;
D) korxona mulklarini tekshirib ro’yxatdan o’tkazish va sanab tekshirish;
E) korxona rahbarining va bosh hisobchiining topshirig’i bilan o’tkaziladigan.
35. Asosiy vositalarni tugatish natijasida yaroqli materiallar olinsa quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiriladi:
A) Debet 1090 Kredit 5010;
B) Debet 9210 Kredit 1090;
C) Debet 1090 Kredit 9210;
D) Debet 1110 Kredit 9210;
E) Debet 1610 Kredit 9210.
36. Ta’sischilardan qabul qilingan nomoddiy aktivlar summasiga quyidagi hisobvaraqlarni bog’lamasi beriladi:
A) Debet 0410 Kredit 8310;
B) Debet 0410 Kredit 8530;
C) Debet 0410 Kredit 4610;
D) Debet 0410 Kredit 8410;
E) Debet 0410 Kredit 6010.
37. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi qanday?
A) har oyda, amal qilish muddati davomida to’la qoplanguncha, 5 yilgacha (agar muddat ko’rsatilmasa, korxona faoliyati amal qilishidan o’tmagan holda);
B) har chorakda, 3 yilgacha, korxona faoliyati amal qilishidan o’tmagan holda;
C) har yilda, to’la qoplanguncha;
D) har chorakda, 10 yilgacha, amal qilish muddati davomida;
E) korxonalarning hisob siyosatida belgilangan ixtiyoriy muddatda.
Dostları ilə paylaş: |