Kichik, ko’zga ko’rinmas xarajatlardan ehtiyot bo’ling, kichkina yoriq katta kemalarni ham cho’ktirib yuborishi mumkin. Benjamin Franklin.
2 BOB. PUL MABLAG’LARI HISOBI
Pul tushumini kerakli narsa sifatida qabul qilmang Investorlar sof daromadga kompaniyaning moliyaviy farovonligi va kelajagini hal qiluvchi ko’rsatkichi deb baho beradilar. W.T.Grant kompaniyasi yillar davomida (7 yil) foydaliligini saqlab keldi va daromadi o’sish davrlari ham bo’ldi. Birinchi va to’rtinchi yillar davomida kompaniyaning sof daromadi 32%ga oshdi va $31 milliondan $41 milliongacha etti. Ushbu kompaniya investitsiya qilishga arziydimi? Kompaniya kelgusida ham foyda keltiradimi? Kompaniya divideht va foizlarni vaqtida to’lardi. Kompaniya bu holatni davom etishini kutyapsizmi? Investorlar har uchala savolga “ha” deb javob berib kompaniya aktsiyalarini sotib olishni davom etti.
18 oydan keyin ushbu kompaniya, W.T.Grant, o’zini bankrot deb e’lon qildi. Bu voqea AQSh tarixida eng yirik bankrotliklarni biri edi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini yaqindan o’rganib chiqqanda shu narsa ayon bo’ldiki, yillar davomida operatsion faoliyatdan pul oqimi salbiy bo’lib kelgan. Lekin kompaniya foyda bilan ishlagan. Bu voqea qanday sodir bo’ldi? Qisman bu voqeaga sabab bo’lishi shundaki, W.T.Grant sotishni kreditga amalga oshirib moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda ko’rsatardi. Lekin olinadigan hisobvaraqlar bo’yicha pul tushumida muammo bor edi, ya’ni pul mablag’larini tushumi sof daromaddan kam edi. Agar investorlar pul mablag’lari oqimini tahlil qilganlarida edi, operatsion faoliyatning muammolarini oldinroq bilib olardilar4.
2.1. Asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 42-45 boblar.
2. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 8 qism.
3. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zR Qonuni.
4. “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi O’zR Qonuni, 22.10.2019 yil O’RQ-573-son yangi tahrir.
5. «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» O’zR Qonuni 2019 yil 5 noyabrdagi O’RQ-580-son yangi tahrir.
6. “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom”. O’zR Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan (o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bilan).
7. O’zR 9-son BHMS “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot” (O’zR Adliya vazirligida 1998 yil 04 noyabrda 519-son bilan ro’yxatga olingan).
8. O’zR 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish” (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 02.11.1999 yil № 833).
9. O’zR 21-son BHMS “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma” (O’zR Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan).
10. O’zR 22-son BHMS “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 21.05.2004 yil № 1364).
11. “Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to’g’risidagi Nizom”(O’zR AV tomonidan ro’yxatga olingan 14.01.2004 y. № 1297).
12. “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalari” (Markaziy bank qarori 16.05.2015, №12/17, O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 22.06.2015 yil № 2687).
13. “O’zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to’g’risidagi Yo’riqnoma” (Markaziy bank qarori 24.02.2018, №7/14, O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 01.05.2018 yil № 3003).
14. “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi NIZOM” (Markaziy bank qarori 26.04.2013, №9/1, O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 03.06.2013 yil № 2465).
15. “Buxgalteriya hisobida xorijiy valyutada muomalalarni qayd ettirish to’g’risida Nizom (yangi tahrir)”Adl iya vazirligi tomonidan 2004 yil 17 sentyabr № 1411 ro’yxatga olingan).