Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Bank plastik kartalar bilan hisob-kitoblar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə72/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   524
Guliston davlat

Bank plastik kartalar bilan hisob-kitoblar. BPK - bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to’lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o’z saqlovchisiga bank hisobvarag’idagi mablag’lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to’lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag’larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasidir.
BPKlardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va bankomatlardan naqd pul mablag’larini olishda foydalaniladi.
Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va ularga xizmat ko’rsatiladi.
BPKlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha tuziladigan shartnoma quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi shart:
- taraflarning nomi;
- shartnoma predmeti;
- taraflarning huquqlari va majburiyatlari;
- taraflarning javobgarligi;
- hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari;
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
- nizolarni hal qilish tartibi;
- taraflarning yuridik manzili.
BPKlar personalizatsiya qilingan taqdirda, unda quyidagi rekvizitlar ko’rsatilishi shart:
- identifikatsiyalovchi ma’lumotlar (BPKning seriyasi va tartib raqami);
- bank-emitentning unikal kodi (xos raqami);
- hisobvaraqning tartib raqami va BPK saqlovchisining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilotning nomi);
- BPKning amal qilish muddati.
- BPKga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini olib borish uchun boshqa qo’shimcha ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Qayta personalizatsiya qilish uchun bankka qaytarilgan BPKlar hisobi “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” 93609 ko’zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag’ining alohida shaxsiy hisobvarag’ida yuritiladi.
BPKlardan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblar qog’ozda (slip, elektron terminal kvitantsiyasi) yoki elektron shaklda (bankomat yoki terminalning elektron hujjati) yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur ma’lumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarga etarli nusxalarda shakllantiriladi. Ma’lumotnomalar BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.
Ma’lumotnomalarda BPK va BPK saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari bo’lishi shart.
Elektron ma’lumotnomalar bank-ekvayerga, bank-emitentga yoki shartnomada nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi.
BPKlar bo’yicha banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar:
- elektron to’lovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga oshiriladi;
- amaliyot kuni davomida o’zaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali hisobga o’tkazish asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha umumiy hisob-kitoblar elektron to’lovlar tizimi orqali quyidagicha amalga oshiriladi:
a) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
- bank tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayer uning hisobvarag’iga tegishli mablag’larni o’tkazadi, bunda avtomatik ravishda debet elektron memorial order shakllanadi va elektron to’lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
- mijozning BPK hisobvarag’idagi mablag’lar bank-emitent tomonidan debet elektron memorial order asosida dasturiy ravishda hisobdan chiqariladi. Debet elektron memorial order ro’yxat ko’rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib qo’yiladi;
b) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
- bank tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma shakllanadi hamda o’tkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun elektron to’lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
- bank-emitent elektron xabarnoma asosida tranzaktsiyani avtorizatsiya qilib, mablag’larni elektron to’lovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvarag’iga o’tkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda mablag’larni BPK hisobvarag’idan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni dasturiy ravishda shakllantiradi;
- mablag’lar bank-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida tegishli tashkilotlarning hisobvarag’iga o’tkaziladi va memorial order ro’yxat ko’rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikiladi.
Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
- amaliyot kuni davomida BPKlar bo’yicha protsessing markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi;
- yakuniy summalar O’zR Markaziy bankining hisob-kitob markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada nazarda tutilgan muddatda o’tkaziladi;
- banklar tomonidan protsessing markazidan olingan ma’lumotlar asosida mijozning BPK hisobvarag’iga mablag’lar o’tkaziladi yoki hisobdan chiqariladi.
5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag’lar, shu jumladan, ijtimoiy muassasalar, ob’ektlar (bolalar bog’chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o’zga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag’lari; korxonaning talabiga ko’ra alohida hisobvaraqda yig’iladigan va sarflanadigan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish mablag’lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Korxonaning ajratilgan bo’linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida xo’jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy hisobvaraqlarda ushbu ko’rsatilgan mablag’larning harakati alohida hisobvaraqda aks ettiriladi.
5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar” bo’yicha analitik hisobni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larining naqdligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Quyida bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Akkreditivlarga pul mablag’lari o’tkazildi:
D 5510 “Akkreditivlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
2) Qondirilgan da’volar summasining maxsus hisobraqamga kelib tushishi:
D 5510 “Akkreditivlar” yoki
D 5520 “Chek daftarchalari” yoki
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
3) Depozit ishtirokchisi sifatida aktsiya obunachilaridan bo’nak summasining olinishi:
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 6320 “Aktsiyaga obunachilardan olingan bo’naklar”.
4) Qisqa muddatli bank kreditlari hisobidan akkreditivlarga pul mablag’lari o’tkazildi:
D 5510 “Akkreditivlar”
K 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”.
5) Sotish xarajatlarining to’lovi chek bilan amalga oshirildi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 5520 “Chek daftarchalari”.
6) Ishlatilmagan summaning muddat oxirida qaytarilishi:
a) akkreditivlar:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5510 “Akkreditivlar”.
b) chek daftarchalari:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5520 “Chek daftarchalari”.
7) Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’lgan qarzni to’lashda akkreditivdagi summa hisobdan chiqarildi
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 5510 “Akkreditivlar”.
8) Akkreditivdan bo’nakning berilishi:
D 4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
D 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
D 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”
K 5510 “Akkreditivlar”.
9) Sug’urta bo’yicha qarzlarning akkreditiv mablag’lari hisobiga qoplanishi:
D 6510 “Sug’urta bo’yicha to’lovlar”
K 5510 “Akkreditivlar”.
10) Boshqa kreditorlarning xizmatlari uchun to’lovlarda ishlatilgan cheklar summasini hisobdan chiqarish:
D 6990 “Boshqa majburiyatlar”
K 5520 “Chek daftarchalari”.
11) Maxsus hisobvaraqdan sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan qarzning to’lanishi:
D 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar»
K 5530 «Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
12) Sotib olingan putyovkalar uchun maxsus hisobvaraqdan to’langan summa:
D 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo’yicha)”
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
13) Chek daftarchalaridagi ishlatilmagan mablag’larning qisqa muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi:
D 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”
K 5520 “Chek daftarchalari”.
14) Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag’ning uzoq muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi:
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” yoki
D 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”
K 5510 “Akkreditivlar”.
15) Qondirilgan da’volar summasining maxsus hisobraqamga kelib tushishi:
D 6920 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
16) Ijaraga beruvchiga tegishli bo’lgan to’lovlar to’landi:
D 6910 “To’lanadigan operativ ijara” yoki
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.

2.7. Pul mablag’larini hisobga olishning soliqqa oid jihatlari


O’zR soliq kodeksiga muvofiq, quyidagi bank operatsiyalari qo’shilgan qiymat solig’iga tortilmaydi, inkassatsiya operatsiyalaridan tashqari:


- qimmatbaho metallardan ishlangan bank va o’lchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), zargarlik buyumlarini (243 modda, p.18).
Soliq kodeksini 244-moddasiga muvofiq quyidagi moliyaviy xizmatlar QQS solishdan ozod etiladi:
1) bank operatsiyalari, xususan:
- yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’larini omonatlarga jalb etish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablag’larini banklar nomidan hamda ularning hisobidan joylashtirish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari bo’yicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiluvchi bank hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish, shuningdek bank kartalariga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq operatsiyalar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirig’iga ko’ra ularning bank hisobvaraqlari bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob-uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali ko’rsatish;
- chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari ko’rsatish);
- bank kafolatlarini bajarish (bank kafolatini berish va bekor qilish, bunday kafolat shartlarini tasdiqlash va o’zgartirish, bank kafolati bo’yicha to’lov, bunday kafolatga doir hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshirish);
- majburiyatlarning pul shaklida bajarilishini nazarda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun kafillik berish;
- akkreditivlarni ochish va ularga xizmat ko’rsatish;
- to’lov tizimlari, dasturlaridan va uskunalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni (to’lovlarni) amalga oshirish;
2) hisob-kitoblar ishtirokchilari o’rtasida axborot va texnologik hamkorlikni, shu jumladan hisob-kitoblar ishtirokchilariga bank kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo’yicha axborotni to’plash, unga ishlov berish va uni taqdim etish yuzasidan xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
3) yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning pay fondlaridagi va investitsiya pay jamg’armalaridagi paylarni, qimmatli qog’ozlarni hamda hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish, bundan soliq solinishi lozim bo’lgan hosila moliyaviy vositalarning asos aktivini realizatsiya qilish mustasno. Ushbu bo’lim maqsadlarida hosila moliyaviy vositani realizatsiya qilish deganda uning asos aktivini realizatsiya qilish, shuningdek kontrakt bo’yicha mukofotlar summalarini, variatsiyaga oid marja summalarini to’lash, hosila moliyaviy vositalar shartlariga muvofiq asos aktiv to’lovi bo’lmagan hosila moliyaviy vosita taraflarining boshqa davriy yoki bir martalik to’lovlari tushuniladi;
4) realizatsiya qilinishi ushbu qismning 3-bandiga binoan soliq solishdan ozod etiladigan hosila moliyaviy vositalar asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo’yicha huquqlardan (talablardan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish);
5) forfeyting va faktoring operatsiyalari;
6) zayomlarni pul shaklida berishga doir shartnomalardan va (yoki) kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzasidan kreditorning huquqlaridan (talablaridan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish, olish) bo’yicha, shuningdek boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi asosida dastlabki shartnoma yuzasidan qarz oluvchining har bir yangi kreditor oldidagi majburiyatlarining bajarilishga doir operatsiyalar;
7) kreditlarni, zayomlarni pul shaklida va qimmatli qog’ozlar bilan berish, shu jumladan ular bo’yicha foizlar bilan birga berish, shuningdek REPO operatsiyalari, shu jumladan REPO operatsiyalari bo’yicha qimmatli qog’ozlar berilganligi uchun to’lanishi lozim bo’lgan pul summalari;
8) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishga doir xizmatlarning ushbu xizmatlar bo’yicha foizli daromadlar olishga taalluqli qismi bo’yicha;
9) qimmatli qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar) bilan bog’liq operatsiyalar. Qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog’ozlarni saqlash, qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog’ozlarni o’tkazish hamda ularning reestrini yuritish, qimmatli qog’ozlar savdosini tashkil etish bo’yicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash bo’yicha xizmatlar bundan mustasno;
10) tranzaktsiyalarni bir vaqtning o’zida to’lov ishtirokchilari o’rtasida vositachilik haqlarini taqsimlagan holda amalga oshirish bilan bog’liq to’lov tizimlarining moliya xizmatlari.
O’zR Moliya vazirligi O’zR Davlat soliq qo’mitasi bilan birgalikda O’zR Markaziy banki va qimmatli qog’ozlarga taalluqli qism bo’yicha qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish bo’yicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda, ushbu moddaning qoidalarini qo’llash tartibi yuzasidan tushuntirishlar, shu jumladan ayrim aylanmalarni batafsil aniqlashtirish bo’yicha tushuntirishlar berishga haqli.
Yuqorida ko’rsatilgan bank xizmatlaridan tashqari boshqa operatsiyalar va bajarilgan ishlar QQSga tortiladi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin