Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Asosiy vositalar ta’mirlashini hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə120/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   524
Guliston davlat

4.7. Asosiy vositalar ta’mirlashini hisobi

Ekspluatatsiya jarayonida asosiy vositalar eskiradi, buzilishlar tufayli ishdan chiqadi, shu jumladan ularning noto’g’ri ekspluatatsiya qilish natijasida va hokazo. Asosiy vositalarni texnik jihatdan yaroqli holatda saqlash va texnik buzilishlarning oldini olish uchun asosiy vositalarga tegishli rezerv fondini tashkil qilish kerak. Bu fond asosiy vositalarni kutilmagan va rejali ta’mirlashda foydalaniladi.


Asosiy vositalarni ta’mirlash uchun berganda asosiy vositalar ob’ektlarining ichki harakati uchun nakladnoy orqali rasmiylashtiradi (№ OS-2 shakl).
Asosiy vositalarni ta’mirlashga qilingan xarajatlar tegishli birlamchi hujjatlar asosida qayd etiladi.
Asosiy vositalarni ta’mirlash tashkilotning o’zi tomonidan va ayrim turdagi asosiy vositalarni ta’mirlashga ixtisoslashgan uchinchi tomon pudratchisini jalb qilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy vositalarni ta’mirlash moddasi bo’yicha xarajatlarni asoslashda tashkilot buxgalteriya hisobining quyidagi usullaridan foydalanishi mumkin:
1) haqiqiy ta’mirlash xarajatlari joriy hisobot davridagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobga o’tkaziladi (odatda, asosiy vositalarning ta’mirlash xarajatlari uncha katta bo’lmasa);
2) haqiqiy ta’mirlash xarajatlari oldindan yaratilgan rezerv hisobiga teng ravishda hisobdan chiqariladi;
3) notekis amalga oshirilagan haqiqiy ta’mirlash xarajatlari oldindan kelgusi davrlar xarajatlarining bir qismi sifatida to’planib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlariga bir tekisda hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalarni ta’mirlashni hisobga olishning tanlangan usuli tashkilotning hisob siyosatida qayd qilinishi kerak.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari korxonaning buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari (sotish xarajatlari)ning tegishli hisobvaraqlari debetida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar ob’ektlarini ta’mirlash uchun kelgusi xarajatlarni hisobot davri ishlab chiqarish xarajatlariga bir xil kiritish maqsadida tashkilot 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari” hisobvarag’iga asosiy vositalarni ta’mirlash uchun xarajatlar rezervini (shu jumladan ijaraga olingan) yaratishi mumkin.
Xarajatlar hisobiga rezerv summalarni tashkil qilish qonun hujjatlari, shuningdek O’zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Rezervlarni hisoblash operatsiyalari 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari” hisobvarag’ining kreditida va xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Rezerv qilingan summalar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar va to’lovlar summasi rezervlar miqdorini kamaytirib, 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari” hisobvarag’ining debetida va pudratchilar bilan hisob-kitoblar, pul mablag’lari hisobvaraqlari, yordamchi ishlab chiqarish va boshqa hisobvaraqlar kreditan hisobdan chiqariladi.
U yoki bu rezervning tashkil qilinishi va mablag’larning foydalanilishi vaqti-vaqti bilan smetalar, hisob-kitoblar va boshqalarga asosan tekshirilib turiladi, zaruriyat tug’ilganda tartibga solinadi.
“Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir rezerv turlari bo’yicha alohida yuritiladi.
Hisobvaraqning qoldig’i hisobot davrining boshida jamlangan rezerv summasini ko’rsatadi.
Kredit aylanmasi har oyda asosiy vositalarni kelgusida ta’mirlash uchun rezervga ajratmalar summasini ko’rsatadi.
Debet aylanmasi hisobot davrida asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezerv hisobidan to’langan summani ko’rsatadi.
Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (8900)ning boshqa hisobvaraqlar bilan bog’lanishi:
1) Kelgusi xarajatlar va to’lovlarning rezervlari tashkil qilindi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
D 9410 “Sotish xarajatlari”
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari”.
2) Korxonaning ishlab chiqarish tsexlari va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar tomonidan (xo’jalik usuli) asosiy vositalarni ta’mirlash uchun va boshqa bajarilgan ishlar, xizmatlar oldin tashkil qilingan rezerv hisobidan qoplandi:
D 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari”
K 1010 “Xom ashyo va materiallar”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”
K 4230 “Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar”.
3) Pudratchilar tomonidan (pudrat usuli) asosiy vositalarni ta’mirlash uchun va boshqa bajarilgan ishlar, xizmatlar oldin tashkil qilingan rezerv hisobidan qoplandi:
D 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
4) Hisoblangan kelgusi xarajatlar rezervlarining foydalanilmay qolgan summasi korxona daromadiga qo’shildi:
D 8910 “Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
Soliq to’lovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni ta’mirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan bo’lsa, o’sha hisobot (soliq) davrida soliq solish maqsadlarida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o’rtasidagi shartnomada ijaraga oluvchining amortizatsiya qilinadigan aktivlarga doir xarajatlarining o’rnini ijaraga beruvchi tomonidan qoplash nazarda tutilmagan bo’lsa, Soliq kodeksining 309-moddaning qoidalari ijaraga oluvchining mazkur xarajatlariga nisbatan ham qo’llaniladi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin