19. Amaliy mashg`ulot. Mavzu: Odam autosomasiga bog‘liq holda belgilarning irsiylanishiga doir masalalar yechish Odamlarda jigarrang ko‘z havorang ko‘z ustidan, o‘naqaylik chapaqaylik ustidan to‘liq dominantlk qiladi. Onasi jigarrang ko‘zli, o‘naqay, II qon guruhli; otasi – jigarrang ko‘zli, o‘naqay va III qon guruhi bo‘yicha gomozigotali. Bu oilada jigarran ko‘zli, chapaqay va II qon guruhli bolaning tug‘ilish ehtimollgi qanday? Javobni izohlang. Masalaning yechilishi: Belgi Gen Jigarrang ko‘z K Havorang ko‘z k O‘naqaylik C Chapaqaylik c Masala shartiga ko‘ra, oilada jigarrang ko‘zli bolaning tug‘ilishi ota-onalar ko‘z rangi bo‘yicha dominant gomozigotali deb aytishga imkon beradi. Bolaning chapaqay bo‘lib tug‘ilish ehtimolligi esa ota-ona qo‘l bilan ishlash layoqati bo‘yicha geterozigota deb tahlil qilishga imkon beradi. Yuqoridagilarga asoslanib turib otaonaning dastlabki ikki belgi bo‘yicha genotiplari quyidagicha: onaning genotipi: KKCc, otaning genotipi KKCc. Oiladagi uchala shaxsning qon tahlili ularning qon guruhi bo‘yicha genotiplarini quyidagicha belgilash imkonini beradi. Ota III qon guruhiga ega va genotipi – BB. Ona va bolaning qon guruhlari II. Agarda onaning genotipi AA yoki AO bo‘lgan taqdirda ham II qon guruhli bola tug‘ilmaydi. Uchchala shaxsning genotiplari: Ona: KKCcAA yoki KKCcAO; Ota: KKCcBB ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 35 P. ♀ KKCcAA x ♂ KKCcBB jigarrang ko‘zli, o‘naqay, jigarrang ko‘zli, o‘naqay, II qon guruhli III qon guruhli g. KCA KCB KcA KcB F1: KKCCAB -jigarrang ko‘zli, o‘naqay, IV qon guruhli KKCcAB - jigarrang ko‘zli, o‘naqay, IV qon guruhli KKCcAB - jigarrang ko‘zli, o‘naqay, IV qon guruhli KKccAB - jigarrang ko‘zli, chapaqay, IV qon guruhli Tug‘iladigan KKCcAA - jigarrang ko‘zli, chapaqay bola II qon guruhga emas, balki IV qon guruhiga ega bo‘ladi. 39-masala. Quyidagilar ma’lum bo‘lgan oilada anomaliyaga uchramagan bolalarning tug‘ilish ehtimolligini aniqlang. Ona tomondan buvisi olti barmoqli, buvasi yaqindan ko‘ruvchi. Boshqa belgilar bo‘yicha ular normal. Ona o‘z otaonalaridan har ikki anomaliyani olgan. Ota tomondan buvisining oziq tishlari yo‘q, normal ko‘radi, 5 barmoqli. Buvasi har uchala belgi bo‘yicha normal. Ota o‘zidagi anomaliyani onnasidan olgan.