Genetik kolleksiya yaratishdagi asosiy yo‘nalishlari: 1. Sifat va miqdoriy belgilarni nazorat qiluvchi gomozigota genotipli izogen liniyalar yordamida genetik kolleksiyani yaratish va uni boyitish.
2. Muhim sifat va miqdoriy belgilarini genetik nazoratini, genlarning ta’siri va o‘zaro ta’siri natijasida belgilarning duragay avloddagi fenotipik namoyon bo‘lishini o‘rganish.
3. G‘o‘zaning genetik kolleksiyasi liniyalarida spontan va eksperimental mutagenez muammolarini nazariy va amaliy o‘rganish.
4. Yangi monosom va translokant izogen liniyalar yordamida o‘simlik xromosomasidagi genlarni lokalizatsiyalash.
S – 4727. O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tekshirish institutida yaratilgan.
Mualliflar: Straumal B.P., Tishin A.K., Kuznesova A.Ya. Xarzutum turiga mansub.
1961 yildan Qoraqalpoqiston Respublikasi va Jizzax viloyati bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan.
Tupining bo‘yi 100-120 sm. piramidasimon. Poyasi tuklangan, yashil, yotib qolmaydi. Bargi o‘rtacha kattalikda, 3-5 bo‘lakchali. Guli o‘rtacha kattalikda, och-yashil rangda, ko‘sagi yirik, dumaloq, yashil rangda, yaxshi ochiladi. Hosili to‘kilmaydi. 1000 dona chigitning og‘irligi 120 g.
Vegetasiya davri 115 (Chimboy NSSh) – 121 kun (Xujayli NSSh). Bitta ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi 5,0 - 5,9 g. Tola chiqishi 36,2–36,9 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 8,8 foizgacha.
«Sifat» markazi ma'lumotiga ko‘ra tola sifati ko‘rsatkichlari: mikroneyr 4,5 – 4,9, tola uzunligi (INi) 1,07 –1,13 dyuym, tola uzunligi (kod) 33-35, nisbiy uzilish kuchi 26,0-30,0 gs/teks.
Hosildorligi Qoraqalpoqiston Respublikasidagi navsinash shaxobchalarida paxtaning o‘rtacha hosildorligi gektariga 23,7 (Xujayli) va 35,1 s (Chimboy).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik gektariga 44,6 s, 30 sentyabrdagi terimda hosildorlik 35,1s tashkil qilgan.
Respublika bo‘yicha ekin maydoni 71,9 ming gektar.
Toshkent-6. O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tekshirish institutida yaratilgan.
Mualliflar: Miraxmedov S.M., Senoedov V.P., Xolxodjaev T., Hidyaev X., Axmedjanov A. Xirzutum turiga mansub.
1981 yil Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha Davlat reestriga kiritilgan.
Tupining bo‘yi 100-110 sm. Hosil shoxlari ixcham va kalta bo‘lib, kiyg‘os hosilga kirgan paytda poyasi yotib qolishga moyil. Ko‘sagi o‘rtacha kattalikda, yaxshi ochiladi, hosili to‘kilmaydi. 1000 dona chigitning og‘irligi 115g. Paxtaning o‘rtacha hosildorligi Farg‘ona viloyati navsinash shaxobchalarida 32,8 (Bog‘dod), 38s (Oxunboboev).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik 44,4s., 30 sentyabrdagi terimda – 35,4s.
Vegetasiya davri 111 (Chinoz NSSh), 117 kun (Bog‘dod NSSh).
Ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi 4,7 – 5,7g. Tola chiqishi 35,6 – 36,3 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 2,9 (Mingbuloq NSSh), 59 (Oxunboboev NSSh) foizgacha.
«Sifat» markazi ma'lumotiga ko‘ra tola sifati ko‘rsatkichlari: mikroneyr 4,4 – 4,8, tola uzunligi (INi) 1,09 –1,15 dyuym, tola uzunligi (kod) 35-37, nisbiy uzilish kuchi 27,4-31,0 gs/teks.
Respublika bo‘yicha 48,9 ming gektar maydonida ekilgan.22. Amaliy mashg`ulot.