Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə27/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#184473
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Amaliy uchun ko\'rstama

22. Amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Miqdoriy belgilarning irsiylanishiga ko‘ra genetik tahlillar
Nazariy tushuncha
G‘o‘za o‘simligida marker vazifasini bajaruvchi sifat belgilari bilan eng muhim qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rtasidagi korrelyatsiyani o‘rganish seleksiya uchun muhim ahamiyatga ega. Bu narsa qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashga va bu aloqalardan seleksiyada yangi navlarni chiqarishda foydalanish imkonini beradi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasida markerli belgilarning Miqdoriy belgilar bilan korrelyatsiyasiga asoslangan holda tanlash usuli qo‘llaniladi. Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari jumladan g‘o‘zaga ham aloqador bo‘lgan bu tipdagi korrelyatsiyalar haqida adabiyotda ko‘plab dalillar mavjud. Sifat va miqdoriy belgilar o‘rtasidagi aloqadorlik ko‘pgina chet el va vatanimiz olimlari tomonidan o‘rganilgan.
F.Sagdullayev fikricha ingichka tolali g‘o‘za navlarida hosil shoxlari tipining xo‘jalik belgilari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganib quyidagi xulosalarga keldi: ingichka tolali g‘o‘za navlarida hosil shoxining tipi bilan ertapisharlik o‘rtasida korrelyativ aloqadorlik mavjud; hosildorlik shoxlanish tipiga bog‘liq bo‘lmay, mustaqil irsiylanadi; tola chiqimi, tola uzunligi va uning texnologik xossalari shoxlanish tipi bilan bog‘liq emas, ular mustaqil irsiylanadilar.
D.A.Musayev va N.G.Gubanova g‘o‘zaning yalang‘och urug‘li, chigitning mikropil qismidagina tuklanishi bo‘lgan g‘o‘za formalarida to‘liq tuk bilan qoplangan formalarga nisbatan u urug‘ning yadrosida yog‘ miqdorining yig‘ilishi yuqori bo‘lishligini aniqladilar.
D.A.Musayev, S.A.Zokirov, G.N.Fatxullaeyva va boshqalar genetik kolleksiyaning L-38, L-450, L-4110 liniyalarini o‘zaro chatishtirishdan olingan F2 duragaylarda o‘simlik rangi fonida tola chiqimi 1000 dona chigit vazni, ko‘saklarining yirikligi va bitta o‘simlikdagi paxta hosildorligining irsiylanishni tadqiq qilish natijasida quyidagilarni aniqladilar: tola chiqimi markerli belgi-o‘simlik rangi genining allellari holatigi bog‘liq bo‘lmagan holda irsiylanadi; ikkinchi avlodda olingan yashil rangli (rprp) va oraliq rangli (Rprp) o‘simliklarda 1000 dona chigit vazni antotsian rangli (RpRp) o‘simliklarnikiga nisbatan yuqori bo‘lgan; analogik holat o‘simlik rangi bilan hosildorlik belgilarining irsiylanishda ham kuzatildi.
Endi sifat va miqdor belgilar o‘rtasidagi korrelyatsiyani aniqlaymiz.
Buning uchun olingan ma’lumotlardan foydalanib har bir fenotipik guruhlarda minimum (min) va maksimum (max) ko‘rsatkichlar aniqlanadi (1-ish).
Masalan: yashil barg plastinkali o‘simliklarda tola chiqimi bo‘yicha minimum ko‘rsatkich-30%, maksimum ko‘rsatkich-45% ni tashkil etsa quyidagicha variatsiya tuzish mumkin (13-jadval).
13-jadval


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin