7
iqtisodchilari ularning ishlaridan bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va
iqtisodiyot fanining an‘anaviy usullari yordamida izohlanishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni tahlil
qilish imkonini beruvchi g‘oyalarni topmoqda.
Biroq o‘tgan asrning 60-70 yillarigacha institutsional yo‘nalish ancha sust rivojlangan.
Keyinchalik eski g‘oyalar ikkinchi bosqich institutsionalistlari – J.K.Gelbreyt, R.Xaylbroner,
F.Perru, J.Furaste, G.Myurdal va boshqalarning ishlarida o‘z ifodasini topgan.
―Eski‖ (zamonaviy) institutsionalizmning uchinchi bosqichi asosan J.Xodjson
boshchiligidagi [55] ―kembridj maktabi‖ olimlarining faoliyati bilan bog‘liq.
Shu bilan birga turli iqtisodiy maktablarga mansub bir qator iqtisodchilar [30, 31]
institutsional tizimlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanib, o‘z tadqiqotlarida institutsional
yondashuvdan bevosita yoki bilavosita foydalanishgan.
Institutsional nazariyaning ko‘p sonli masalalarini yorituvchi adabiyotlarda [31, 39, 40,
50, 56] institutsionalizm turli yo‘nalishlarining metodologik xususiyatlari to‘g‘risidagi fikr-
mulohazalarga katta ahamiyat berilgan.
―Eski‖ institutsionalizm bilan neoinstitutsionalizmda ko‘plab umumiyliklar mavjud – bu
institutlarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o‘rganishga nisbatan
evolyutsion yondashuvning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir. Umuman olganda ushbu ikkita
yondashuv kesishuv nuqtalariga ega emas.
Rossiyalik olim R.Nureevning fikriga ko‘ra, ―eski‖ institutsionalizm bilan
neoinstitutsionalizm o‘rtasida, kamida, uchta asosiy farq mavjud
5
.
1) Agar ―eski‖ institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya muammolarini
jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o‘rganishga intilgan holda huquq va siyosatdan
iqtisodiyot tomon borishsa, neoinstitutsionalistlar bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi yo‘ldan
borishadi, ya‘ni ular o‘z tahlilida neoklassik iqtisodiy nazariya vositalariga tayanadi, zamonaviy
mikroiqtisodiy usullarni qo‘llagan holda siyosiy va huquqiy muammolarni o‘rganadi.
2) ―Eski‖ institutsionalizm asosan induktiv usulga asoslanib, alohida holatlardan
umumlashtirishga tomon intildi, buning natijasida, qator iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, umumiy
institutsional nazariya yuzaga kelmadi; neoinstitutsionalizm deduktiv yo‘ldan borib, neoklassik
iqtisodiy nazariyaning umumiy tamoyillaridan ijtimoiy hayotning muayyan hodisalarini
izohlashga intilmoqda.
3) ―Eski‖ institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida asosiy e‘tiborni
insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, kasaba uyushmalari va hukumat) xatti-
harakatiga qaratdi; neoinstitutsionalizm qaysi jamoa a‘zosi bo‘lish uning uchun foydali
ekanligini o‘z manfaatlariga amal qilgan holda hal etuvchi mustaqil individga e‘tibor qaratadi.
4) ―Eski‖ institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi, uni umumiy tarzda
quyidagicha ta‘riflash mumkin: ―institutlar birlamchi, individlar ikkilamchi‖. Ushbu holat
neoinstitutsional nazariyaga asos qilib olindi.
Shu nuqtai nazardan ―eski‖ va ―yangi‖ institutsional maktablarni bir biridan farqlash
lozim. Ingliz iqtisodchisi J.Xodjson [55] u yoki bu yo‘nalishga mansub olimlarni quyidagicha
tarzda tasniflashni taklif qiladi:
Dostları ilə paylaş: