Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI 
 
INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT 
 
FANIDAN
O’QUV-USLUBIY MAJMUA
 
 
 
 
bilim sohasi: 200000 – ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
ta‘lim sohasi: 230000 – iqtisod 
ta‘lim yo‘nalishi: 5230100 – iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar
bo‘yicha 
 
 
 
GULISTON – 2020 
 
 


 1 
―Institutsional iqtisodiyot‖ fanidan o‘quv-uslubiy majmua O‘zbekiston 
Respublikasi oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2017 yil 1 martdagi № 107-sonli 
buyrygi asosida ishlab chiqilgan. 
 
Tuzuvchi:
A.X.Burxanov - ―Iqtisodiyot‖ kafedrasi dotsenti v.b., iqtisod fanlari nomzodi 
 
Taqrizchilar: 
O.Sattorqulov - ―Iqtisodiyot‖ kafedrasi dotsenti, i.f.n.; 
A.Mamatov - ―Iqtisodiyot‖ kafedrasi professori, i.f
.
d. 
 
 
O‘quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy 
kengashining 2020 yil 27 avgustdagi № 1 - sonli qaroriga muvofiq o‘quv 
jarayoniga tatbiq etish uchun tavsiya etilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 2 
MUNDARIJA 
Kirish 
I. 
O‘quv materiallari 
1.1. Ma‘ruza materiallari 
1.2. Amaliy mashg‘ulot mavzulari 
a) Asosiy matn 
b) Topshiriqlar ( misollar, keyslar, testlar) 
v) Nazorat savoolari 
g) Adabiyotlar ro‘yxati
II. Mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlari 
III. Glossariy 
IV. Ilovalar 
4.1. Fan dasturi 
4.2. Ishchi o‘quv dasturi 
4.3. Tarqatma materiallar 
4.4 Testlar 
4.4. Reyting tizimi asosida baholash mezonlari 


 3 
KIRISh 
Har qanday jamiyat institutsional muhitini tashkil etuvchi ma‘lum bir institutlar 
doirasida faoliyat yuritadi va rivojlanib boradi. 
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab beshta tamoyil asosida 
bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha 
sohalarida o‘zgarishlarga erishildi, iqtisodiyotning yangi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari – yirik 
aktsiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shakllari barpo 
etildi. Shu bilan bir vaqtda ular faoliyat yuritishi shartlarini belgilab beruvchi rasmiy qoidalar 
(konstitutsiya, qonunlar, farmonlar va b.) hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va boshqa 
norasmiy normalarni o‘z ichiga olgan institutsional asoslar yaratildi. Bularning barchasi 
jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlarining takomillashuviga, moddiy, 
tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shu bois institutsional muhitni faollashtirish, faoliyat ko‘rsatayotgan iqtisodiyotning 
rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizatsiya qilish yo‘llarini tanlash va xavf-xatarning 
oldini olishning samarali vositasi zarur. Institutsional iqtisodiyot, shubhasiz, ana shunday 
vositalardan biri hisoblanadi. 
Mazkur majmua ilg‘or xorijiy tajribani keng o‘rganish, umumlashtirish va undan ta‘lim 
va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir. 
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma‘rifat va ta‘limning taraqqiyotisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi, insoniyat fan o‘qi atrofida aylanayotgandek go‘yo. Jahonning etakchi davlatlarida 
ta‘limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, 
mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas 
bog‘liqdir. 
Bugungi kunda universitetlarning ta‘lim berish faoliyati yanada takomillashtirilib, 
xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon 
bo‘lmoqda. Yoshlarimiz sog‘lom hamda go‘zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo‘yicha 
doimiy ish o‘rniga ega bo‘lish, mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini 
kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va 
bu jarayonda ta‘lim olishni eng asosiy shart sifatida ko‘rmoqda. 
Mamlakatimizda 2019 yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 
2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual 
taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni 
samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta‘lim va 
ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Kontseptsiya 
mazmuni mamlakatimiz oliy ta‘lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks 
ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta‘lim sifatini 
oshirish, raqamli texnologiyalar va ta‘lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga 
jalb 
qilish, 
innovatsion 
tuzilmalarni 
shakllantirish, 
ilmiy 
tadqiqotlar 
natijalarini 
tijoratlashtirish, xalqaro e‘tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab 
berilgan. Bularning barchasi ta‘lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat 
qiladi
1

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvaridagi 
Murojaatnomasida 2020 yil — Ilm-ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb 
e`lon qilindi. 
Shavkat Mirziyoyev joriy yilni ana shunday nomlashni taklif etdi, parlamentariylar buni 
ma‘qulladi. Ushbu yilda Nukus, Buxoro, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida IT-
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi 
ПФ-5847-sonli 
―O‘zbekiston Respublikasi oliy 
ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida‖gi
farmoni. 


 4 
parklar tashkil etiladi. «Elektron hukumat» tizimining barcha tashkiliy va institutsional 
masalalari hal etiladi. 
Shuningdek, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‗jaligi, transport, geologiya, kadastr, 
sog‗liqni saqlash, ta‘lim arxiv sohalarini to‗liq raqamlashtirish ishlari boshlanadi. Yaqin ikki 
yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta‘minlanadi. 
«Raqamli O‗zbekiston-2030» dasturi ishlab chiqildi. Ishlarni tizimli tashkil etish uchun 
hukumatda bosh vazir o‗rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa alohida 
o‗rinbosar lavozimlari joriy etiladi. 
O‗zbekistonda Kambag‗allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi. Hisob-kitoblarga ko‗ra, 
mamlakatda kam ta‘minlangan aholi soni 12−15 foizni (4,5−5 mln kishi) tashkil etadi. Oxirgi 2 
yil ichida ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 1,3 barobarga ko‗paydi, nafaqalar miqdori 2 barobarga 
oshdi. 
Lekin kam ta‘minlangan aholiga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‗lash yoki ular 
miqdorini oshirish orqali ushbu muammo to‗liq yechilmaydi. Shuning uchun Jahon banki, 
BMTning Taraqqiyot Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga O‗zbekistonda 
Kambag‗allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi. 
Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‗yicha tashabbuslar 
Avvalo, soliq islohotini barqaror davom ettirish maqsadida Davlat soliq qo‗mitasi qoshida 
Fiskal institut tashkil etiladi. Unda soliqchilar malakasi oshiriladi, yangi bilimlar beriladi. Bo‗sh 
turgan yer maydonlari va binolar haqida aniq ma‘lumot beruvchi onlayn platforma ishga tushadi. 
To‗lovga qobiliyatsiz korxonalarni sog‗lomlashtirish bo‗yicha yangi tizim ishga tushadi. 
«Kichik va o‗rta biznes to‗g‗risida»gi qonun loyihasi tayyorlanadi, bundan tashqari 
litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibida jiddiy o‗zgarish kutilmoqda. Mirziyoyevning 
ta‘kidlashicha, ruxsatnomalar soni 2−3 baravarga kamayishi lozim. 
«Yuridik shaxs bo‗lgan tadbirkorlik sub‘ekti a‘zolariga „jinoiy uyushma― degan ayblov 
qo‗yib, ularga og‗ir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini o‗tab bo‗lgan tartiblarni bekor qilish 
vaqti yetdi. Buning oqibatida yuzlab tadbirkorlar qanchadan-qancha aziyat chekib, moddiy zarar 
ko‗rayotganlarini inobatga olsak, bu o‗zgarishlarning qanday katta ahamiyatga ega ekani yaqqol 
ayon bo‗ladi»
2

Islohotlar samaradorligi quyidagi to‗rtta omilga bog‗liq ekani aytildi: 
qonun ustuvorligi; 
korrupsiyaga qarshi qat‘iy kurash; 
institutsional salohiyatni yuksaltirish; 
kuchli demokratik institutlarni shakllantirish. 
 
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvaridagi Murojaatnomasi. Manba Lex.uz 


 5 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin