Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo’nalishlari 
O‘rganish sohalari va ob‘ektlarining xilma-xilligi shunga olib keladiki, neoinstitutsional 
nazariya mukammal nazariy tizim sifatida emas, balki bir necha muhim g‘oyalar bilan birlashgan 
yondashuvlar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. 
Neoinstitutsionalizmning asosiy yo‘nalishlari ichida o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘p jihatdan 
bir-biriga yaqin bo‘lgan quyidagi tadqiqotlarni ajratish mumkin [30, 37, 40, 42, 47, 52, 56]:


10 
-
mulk huquqi nazariyasi – R.Kouz, A.Alchiyan va G.Demsets, R.Pozner, 
S.Peyovich va E.Furubotn – shartnomalar nazariyasiga asos bo‘ldi; 
-
transaktsiya xarajatlari nazariyasi – R.Kouz, O.Uilyamson, D.Nort – iqtisodiy 
tashkilot nazariyasi (firma nazariyasi)ga asos bo‘lib xizmat qildi – M.Aoki, A.Alchiyan va 
G.Demsets, S.Chung, M.Jensen va U.Mikling, O.Uilyamson, Yu.Fama; 
-
ijtimoiy tanlov nazariyasi – J.Byukenen, T.Tallok, M.Olson – byurokratiya 
nazariyasi – K.Errou, V.Niskanen, S.Parkinson; jinoyat va jazolar iqtisodiy nazariyasi – 
G.Bekker, M.Fridmen, J.Stigler, M.Olson va b.; korruptsiya iqtisodiy nazariyasi – E.Kryuger, 
J.Stigler va b.; xufyona va norasmiy iqtisodiyot neoinstitutsional kontseptsiyasining davomi 
bo‘ldi – E. de Soto, E.Fayg, K.Xart, T.Shanin, F.Shnayder; 
-
D.Nortning institutsional evolyutsiya kontseptsiyasi yangi iqtisodiy tarixda o‘z 
ifodasini topdi – B.Gustaffson, D.Nort, R.Tomas va b. 
Rossiya iqtisodiyot fanida neoinstitutsional nazariya R.I.Kapelyushnikov, O.S.Suxareva, 
A.N.Oleynik, V.M.Polterovich, V.L.Tambovtseva, A.E.Shastitko va boshqalarning ishlarida 
rivojlantirilgan [31, 34, 40, 41, 43, 48, 51, 56]. 
Xufyona va norasmiy iqtisodiyotning institutsional jihatlari A.Auzan, L.Kosals, 
A.Oleynik, V.Radaev, L.Timofeev, Yu.Latov va boshqalarning ishida o‘z aksini topgan [41, 47, 
52]. 
Neoinstitutsional nazariyaning sanab o‘tilgan yo‘nalishlari o‘rtasida ko‘plab farqlar ham, 
umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni ajratadi [59]: 
Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga soluvchi qoidalar va 
shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko‘rinishda modellashtirishga 
intilishadi, bunda andoza sifatida ko‘proq neoklassik modelda mulk huquqlarining eng na‘munali 
yo‘lidan foydalaniladi. 
Ikkinchidan, to‘liq axborot va almashuvning nol darajali xarajatlari to‘g‘risidagi 
neoklassik taxminlar oydinlashtirildi, shuning uchun ijobiy transaktsiya xarajatlarining oqibatlari 
o‘rganilmoqda. 
Uchinchidan, baholanadigan ne‘matlarda faqat ikkita o‘lchov – narx va sifat o‘lchovlari 
mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi, shu sababdan iqtisodiy natijalar va iqtisodiy 
tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o‘zgarishlarining oqibatlari tadqiq etilmoqda. 
Yana bir bor shuni ta‘kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha to‘liq 
shakllanmagan: ta‘riflar va atamashunoslik borasida to‘liq uyg‘unlikka erishilmagan, matematik 
modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda juda kam darajada foydalanilmoqda, 
empirik testlashga katta e‘tibor qaratiladi (bu ayniqsa o‘tish iqtisodiyotidagi jarayonlarni tahlil 
qilishda, masalan, xufyona sektorni o‘rganishda, turli ma‘muriy to‘siqlarning samaradorligini 
tadqiq etishda yaqqol ko‘zga tashlanadi). 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin