Institutlar
– bu ko‘plab individuumlar ulardan hamma joyda
va har kuni foydalanadigan va asosan o‘zining noyobligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy
ne‘matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi. Ular – qarorlar qabul qilish
jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi‖, deya
ta‘riflangan.
J.Xodjsonning ta‘riflashicha [55], ―
Institutlar
– an‘ana, urf-odat yoki qonunchilik
cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining yaratilishiga olib keluvchi
ijtimoiy tashkilot‖.
13
Institutlarni ko‘z bilan ko‘rib, ularni jismonan his etib yoki o‘lchab bo‘lmaydi. Bu inson
ongi bilan yaratilgan o‘ziga xos konstruktsiyalar, ko‘zga ko‘rinmaydigan mexanizmlardir.
Institutlar insonlarning muayyan jamoasiga xos bo‘lgan tafakkur tarzini aks ettiradi.
Institutlarning yana boshqa bir ta‘rifi B.Z.Milner tomonidan D.Nort [46] yozgan
so‘zboshishida keltirilgan: ―
institutlar
– bu insonlar tomonidan ishlab chiqilgan cheklovlar
hamda ularning o‘zaro hamkorligini tarkiblashtiruvchi majburlash omillari. Bularning barchasi
birgalikda jamiyat va iqtisodiyotning undovchi tarkibini hosil qiladi‖.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflar institutlarning asosiy xususiyatlarini qamrab olgan holda,
ularning asosiy funktsiyalarini hamda rivojlanish qonunlarini aks ettiradi hamda jamiyatni
rivojlantirish uchun institutlarning muhimligini ta‘kidlaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha
holatlarni umumlashtirgan holda, instituttsionalizmning hozirgi zamon talqinlariga asosan
institutlarni quyidagicha ta‘riflash mumkin:
Institut
– bu jamiyat a‘zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy
qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan
normalar tashkil etadi.
Norma
– institutsional muhitda individlarning o‘z tanlovini amalga oshirishda
foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funktsiyasiga ega;
o‘zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-
harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanktsiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda
muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishi lozimligini
belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:
individlarning guruhlanish belgilari;
muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);
maqsad;
norma harakatda bo‘lgan shart-sharoitlar;
sanktsiyalar.
Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini, ya‘ni hamkorlik strategiyasini,
xususan, normaning o‘zini (tor ma‘noda) va qoidalarni cheklash imkonini beradi. Norma xillari
quyidagilardan iborat:
Hamkorlik strategiyasi q belgi Q maqsad Q shart-sharoit;
Norma q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit;
Qoida q belgi Qmuqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit Q sanktsiya.
Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo‘qotgan odamlarni qidirish hamkorlik
strategiyasiga misol bo‘ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi – bir-birini yo‘qotganlik
fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit – uchrashish ehtimoli yaqin bo‘lgan ko‘zga
tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi bo‘ladi.
Torroq ma‘noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv
ko‘rsatmasini bajarish o‘ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o‘tishda ko‘rsatmalarni
bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo‘qoladi, ya‘ni bunda sanktsiya ishga tushadi.
Normaning inson xatti-harakatiga ta‘siri haqidagi munozara sotsiologiya va iqtisodiy
nazariya o‘rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lgan qarama-qarshilik bilan bog‘liq.
Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan berilgan va
ekzogen
xususiyatga ega bo‘lgan mutlaq naimjasini ko‘radilar. Homo sociologicus xatti-harakati umuman
olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan aniqlanadi. Normalarning o‘zlari esa,
sotsiologlarning fikriga ko‘ra, jamiyat xususiyatlaridan hosil bo‘lgan va uni takror ishlab
chiqarish vazifasini ko‘zlaydi.
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning bunday talqin
etilishiga qo‘shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno etadi. Homo economicus o‘z
tanlovida, shu jumladan norma tomonidan qo‘yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs
tanlovining institutsional cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo‘lishini umuman inkor
14
etadi
8
. Yoki normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog‘i, ularda tashqaridan berilgan xatti-
harakat natijasini emas, balki
anglab etilgan tanlov natijasini
ko‘rishga intiladi.
Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash natijasi
sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodyotida esa normalar oqilona xatti-harakatning omili sifatida
tahlil qilinadi.
Ijtimoiy tanlash nazariyasi (D.Byukenen) birinchi galda siyosiy tanlov natijasini aks
ettiruvchi va
huquqda
qayd etiladigan yuridik normani o‘rganadi. Yuridik normalarni izohlash
uchun oqilona tanlashning neoklassik modelidan foydalaniladi. Xususan, shu narsa nazarda
tutiladiki, Byukenen uchun siyosat - bu huddi insonlar bozorda faqat o‘z afzal bilishlariga amal
qilgan holda tovarni xarid qilgani kabi, uning asosida ular turli xil muqobil variantlarni, ularni
o‘z qadr-qimmati bilan qiyoslagan holda, tanlaydigan murakkab institutsional jarayon
hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, norma va qoidalar siyosat bozorida shaxslar o‘rtasidagi
o‘zaro hamkorlik natijasida paydo bo‘ladi. Bundan normalarni baholashning navbatdagi mezoni
– ularning samaradorligi kelib chiqadi. Normalar faqat ular o‘ziga xos qadr-qimmatga
asoslanganda samarali bo‘lib, yakka manfaatlarni o‘zaro foydali tarzda amalga oshirishga
ko‘maklashadi [47].
Ijtimoiy tanlash nazariyasiga xos bo‘lgan oqilona tanlov modeli yordamida normalarni
talqin qilishdan farqli ravishda, kelishuvlar iqtisodi normalarga amal qilishda (bunda normalar
tashqaridan berilgan) ekzogen hisoblanishiga qaramasdan, oqilona xatti-harakatning omilini
ko‘rishni taklif etadi. Bunday bir qarashda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan oqilona tanlash
natijasi hisoblanmagan normalarni bajarish, oqilona xatti-harakatning shartiga aylanadi. Ammo
bozordagi bitimlar ishtirokchilarining oqilonalik talabi ushbu o‘ziga xoslikni izohlash imkonini
beradi.
Kelishuvlar iqtisodi normani bozorda ishtirokchilar tomonidan istaklar va afzalliklarning
o‘zaro talqin etilishi uchun zamin sifatida ko‘rib chiqishni taklif etadi (2.1-jadval). Shu nuqtai
nazardan normaga amal qilish shaxs uchun o‘z maqsadlari (signaling) haqidagi xabarlarni
kontragentgacha etkazish usuliga aylanadi. Shaxslar o‘z xatti-harakatiga nisbatan bir-birini
istisno etuvchi talablarni muvofiqlashtirishga va o‘z tomonlarining harakatlariga nisbatan
ishonchli fikrlarni bildirishga qodir bo‘lmay qoladi. Ko‘rib chiqilayotgan yondashuv doirasida
kelishuvlar nisbatining quyidagi variantlari tahlil qilinadi.
1.
Ekspansiya
– unda o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish ilgari boshqa kelishuvlar
ustuvorlik qilgan sohalardagi kelishuvlardan birining normalari asosida amalga oshadigan
kelishuvlar nisbati. Masalan, siyosiy soha siyosiy bozorga aylanishi mumkin, bunda fuqarolik
kelishuvining normalari bozor kelishuvi normalari tomonidan siqib chiqariladi.
Bozor kelishuvining ekspansiyasi o‘ta xavfli, u boylikning o‘ta nomutanosib
taqsimlanishiga va undan siyosiy hokimiyat omili sifatida foydalanishga olib kelgan holda
jamiyat rivojlanishini barqarorlikdan mahrum etadi.
2.
Urinish
– unda bir o‘zaro hamkorlikning o‘zi bir-birini istisno etuvchi normalar
asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan kelishuvlar nisbati. Shu nuqtai nazardan birinchi
bo‘lib K.Errou tomonidan tadqiq etilgan qon topshirish bunga aynan mos misol bo‘ladi. Gap
shundaki, qon odatda pulga (bozor kelishuvi) yoki birdamlik nuqtai nazardan bepul (fuqarolik
kelishuvi) topshiriladi. Ushbu noo‘xshatishlik shaxslarning qon topshirish yuzasidan o‘zaro
hamkorligida noaniqlikning yuqori darajasini belgilab beradi.
3.
Murosa
– unda turli kelishuvlar talablari o‘rtasidagi ziddiyatga barham beruvchi
egiluvchan normalar namoyon bo‘ladigan kelishuvlar nisbati. Masalan, har qanday reklama
kampaniyasi bozor kelishuvi va ijtimoiy fikr talablari o‘rtasidagi murosani topishni nazarda
tutadi. Ushbu ikki kelishuv o‘rtasidagi murosaga boshqa misol – ko‘r-ko‘rona iste‘mol, bunda
shaxs o‘z iste‘mol tanlovida tovar yoki xizmatni iste‘mol qilishdan foydalilikni oshirishni emas,
balki u iste‘mol qilish tufayli qo‘lga kiritadigan hurmatga erishishni ko‘zlaydi.
2.1-jadval
8
Dobb Maurice, Capitalist Enterprise and Social Progress, London: G. Routledge & Sons, 1925
|