Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
Xulosa
Institutsional iqtisodiy nazariyaning predmetini individlarlarning o‘zaro hamkorligi
hamda ushbu hamkorlikni ta‘minlovchi tuzilmalar tashkil etadi.
Jon fon Neyman va Oskar Morgenshternning «O‘yinlar nazariyasi va iqtisodiy xatti-
harakat» (1944) kitobidagi fikrlar institutsional iqtisodiyotda
o’yinlar nazariyasini tatbiq etish 
uchun asos bo‘lgan. 1994 yilga kelib, birinchi bor ―nokooperativ o‘yinlar‖ nazariyasidagi 
muvozonat tahlili uchun bir varakayiga uch tadqiqotchi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga 
sazovor bo‘ldi. Bular: Raynxad Selten (Germaniya), Jon Nesh (AQSh), Jon S.Xarsani (asli 
vengriyalik – AQSh). O‘yinlar nazariyasidagi formal modelni tashkil etish uchun: ishtirokchi 
individlarning mavjudligi; har bir ishtirokchining imkoniyatlar to‘plami; ishtirokchilarning 
strategiyalari hisobga olinishi lozim. 
O‘yinlar nazariyasi tarkibiy jihatdan kooperativ(koalitsiyali) va nokooperativ 
(koalitsiyasiz) nazariyalarga ajratiladi. O‘yin (G)ni tahlil etishda uch qism: o‘yinchilar soni (N); 
strategiyalar majmuasi (St); ishtirokchilarning yutuq (P)lari asos bo‘ladi. 
Har bir hamkorlik uchun muvozanatlarning turli xillari mavjud bo‘lishi mumkin: ustun 
strategiyali muvozanat, Nesh bo‘yicha muvozanat, Shtakelberg bo‘yicha muvozanat va Pareto 
bo‘yicha muvozanat
 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Nima uchun institutsional nazariyada matematik apparat neoklassikasi uchun 
an‘anaviy hisoblangan matematik apparat tilidan emas, balki o‘yinlar nazariyasidan 
foydalaniladi.
2.
Individlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning qaysi asosiy muammolari o‘yinlar 
nazariyasi yordamida modellashtiriladi? 
3.
Kooperativ (koalitsiyali) va nokooperativ (koalitsiyasiz) nazariyalarning 
xususiyatlarini izohlang. 
4.
Ustun strategiyali muvozanatni sharhlab bering.
5.
Nesh bo‘yicha muvozanatni sharhlab bering.
6.
Shtakelberg bo‘yicha muvozanatni sharhlab bering.
7.
Pareto bo‘yicha muvozanatni sharhlab bering. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin