19
Odatda, insonlar ba‘zan institutlar tarkibiy unsurlaridan biri hisoblangan jazolash
tizimining samaradorligiga ziyon etkazgan holda jazolashning ancha yumshoq shakllarini
nazarda tutuchi normalarni rasmiylashtirishga intilishadi. O‘lim
jazosini bekor qilish
to‘g‘risidagi bahs-munozaralar bunga misol bo‘ladi.
Kelishmovchilik natijasida institutsional nizo kelib chiqishi mumkin. Bir holatda,
institutsional nizo hech bir o‘zgarishsiz institutlarning paydo bo‘lishiga, boshqa holatda esa
samarasiz bo‘lsa-da barqaror hosilalar – institutsional tuzoqlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Eski va yangi institutlar o‘rtasidagi inqilobiy bog‘liqlik doirasida ular rivojlanishining
uchta ehtimoliy yo‘lini ta‘kidlash lozim:
birinchisi – mavjud institutsional matritsaga qarama-qarshi bo‘lgan
rasmiy
institutlarning paydo bo‘lishi (odatda, hamma joyda chuqur islohotlar davrida, masalan, o‘tish
iqtisodiyotida qonunlar, farmonlar ko‘rinishida) va ularning ildiz otishi (kengayib borishi) hamda
qabul qilingan rasmiy normalarga mos keluvchi yangi norasmiy normalarning shakllanishi;
ikkinchisi – qabul qilinayotgan rasmiy qoidalarning norasmiy normalarga to‘liq
mos kelmasligi shunga olib keladiki, norasmiy normalar ancha ―hayotiy‖ bo‘lib chiqadi va
buning natijasida yangi qabul qilingan rasmiy qoidalarning norasmiy
institutsionallashuvi yuz
beradi;
uchinchisi – yangi rasmiy qoidalar ildiz otmaydi, bu ularning yo‘qolib ketishiga
olib keladi.
Institutsional tizim samaradorligiga institutlar bilan bir qatorda tashkilotlar ham ta‘sir
ko‘rsatadi. D.Nortning fikriga ko‘ra [46], institutlar iqtisodiy nazariya bilan yoritiladigan
standart cheklovlar bilan bir qatorda jamiyat a‘zolarining imkoniyatlarini ham shakllantiradi.
Institutsional doiralar qaysi tashkilotlar (siyosiy
organlar, iqtisodiy tuzilmalar, jamoat
muassasalari) hosil bo‘lishi va ishlashini belgilab beradi. Boshqacha aytganda: institutlar – bu
―o‘yin qoidalari‖, tashkilotlar esa – ―o‘yinchilar‖. Biroq bu hol o‘yinchilar jamiyatda o‘rnatilgan
―o‘yin qoidalari‖ga majburiy tarzda amal qilishini anglatmaydi. Huddi institutlar kabi
tashkilotlar ham insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tarkiblashtiradi. ―Tashkilotlar aniq
maqsadga yo‘naltirilgan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi, tashkilotchilar
tomonidan boylik,
daromadni ko‘paytirish uchun yoki boshqa maqsadlarda tashkil etilgan birliklar hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarni ko‘zlagan holda, tashkilotlar asta-sekin institutsional tarkibni o‘zgartiradi‖
[46].
Tashkilotlar (korxonalar, firmalar)ning institutsional jarayondagi roli hozircha kam
o‘rganilgan, biroq institutsional nazariya doirasida, xususan, G.Kleyner tomonidan o‘tkazilgan
so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tashkilot nafaqat tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi,
balki quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaruvchi o‘ziga xos ―institut-provayder‖ hisoblanadi [30]:
ishlab chiqarish institutlari va kelishuvlar ishlab chiquvchisi va tarqatuvchisi roli.
Alohida tashkilotning
muvaffaqiyatli tajribasi, unda foydalaniladigan shartnomalar tizimining
samaradorligi, odatda, bunday tuzilmalarni tashkilotning ushbu usullaridan foydalanishga
undaydi;
institutlar inkubatori roli. Tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi natijasida ushbu
tuzilmaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi va
yakuniy natijalarning katta
samaradorligi bilan faoliyat ko‘rsatuvchi yangi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar
shakllanadi yoki, boshqacha aytganda, tegishli institutsional muhitda yangi institutlar hosil
qilinadi;
yakka tartibdagi institutsional integrator roli (ushbu
normaga amal qiluvchilar
tarkibiga yangi individlarni jalb qilish).
Institutsional yondashuvga muvofiq davlatni alohida tashkilot sifatida ko‘rib chiqish
lozim. Davlatni institut (ijtimoiy shartnoma negizida rasmiy qoidalar tizimini shakllantirish va
ularga amal qilish mexanizmi) sifatida ham, tashkilot (davlat boshqaruv apparati tarkibi, qonuniy
jazolash va majburlash tizimi) sifatida ham tadqiq etish mumkin.
Xulosa
20
Institutlar jamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida muhim rol o‘ynab kelgan. Ular
jamiyatda qarorlar qabul qilish, insonlar va iqtisodiyot ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini
belgilovchi normalardan tarkib topgan rasmiy va norasmiy qoidalar hisoblanadi. Rasmiy qoidalar
mamlakat konstitutsiyasida,
qonunlarda, ma‘muriy va boshqa hujjatlarda o‘z aksini topadi.
Norasmiy normalar esa urf-odat, an‘analar va shu kabi boshqa hayot tarzi orqali yuzaga kelgan
qoidalarda ifodalanadi.
Jamiyat rivojlanishi bilan mavjud institutlar va ular negizini tashkil etuvchi rasmiy va
norasmiy qoidalar ham o‘zgarib boradi, takomillashadi. Bunday o‘zgarishlarni ijtimoiy, iqtisodiy
va siyosiy sharoitlar belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: