Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

3. Institutsional matritsa 
Institutsional matritsa sotsiologiya fani doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda sotsiologik 
tushunchalardan foydalaniladi. Ammo ushbu kontseptsiya jamiyatning barcha sohalarida, shu 
jumladan iqtisodiyotda hamda huquqiy jarayonlarni tahlil qilishda qo‘llanilishi mumkin. 
9
Хайек Ф.А. Пагубная самонадеянность. Ошибка социализма. –М.: Новости, 1992. –С.133. 
10
Хайек Ф.А. Пагубная самонадеянность. Ошибка социализма. –М.: Новости, 1992. –С. 20. 


17 
Shuni hisobga olib, institutsional matritsaning nisbatan yangi kontseptsiyasini ko‘rib 
chiqamiz. Institutsional matritsaning nazariy g‘oyasi jamiyatni tahlil qilishga nisbatan tarkibiy-
tizimli yondashuvni amalga oshiradi. 
Institutsional matritsa – bu tarixan barqaror shakllangan, dastlabki davlatlarning paydo 
bo‘lishini va barcha keyingi institutsional tuzilmalarning rivojlanishini belgilab bergan, o‘z 
navbatida, mohiyati hamon saqlanib qolgan birlamchi modelni takror yaratishga xizmat qiluvchi
bazaviy ijtimoiy institutlar tizimi. 
Bu erda institutlar sotsium yashovchanligining tashqi sharoitlari bilan shartlangan jamiyat 
a‘zolari o‘rtasidagi muayyan va muqarrar aloqalar tizimi sifatida tushuniladi. Ushbu holatda gap 
insonning takror shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy institutlar (ular jumlasiga oila, 
salomatlik va boshqa institutlar kiradi) haqida emas, balki davlatlarning takror shakllanishini va 
ijtimoiy hayotning asosiy sohalarini tartibga soluvchi sotsial institutlar haqida bormoqda. 
2.1-rasm.
 Jamiyatnig institutsional matritsasi 
Institutlar jamiyatning uning tarixiy barqarorligini va ijtimoiy yaxlitlikning takror 
shakllanishini ta‘minlovchi o‘ziga xos tuzilishini (qobirg‘asini) hosil qiladi. Institutsional 
matritsa chizma ko‘rinishida jamiyatda teng ahamiyatli mavqeni egallab turgan yagona uchta: 
siyosiy, iqtisodiy va huquqiy sohalarni birlashtiruvchi ijtimoiy shakl sifatida namoyon etilgan 
(2.1-rasm). Asosiy matritsalar [30] S.Kirdinaning ―Institutsional matritsalar va Rossiyaning 
rivojlanishi‖ kitobidan olingan. Biroq ularga ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan, xususan siyosiy va 
mafkuraviy sohalar birlashtirilgan, chunki jamiyatda mafkura ko‘p jihatdan boshqaruvchi 
siyosatchilarga bog‘liq bo‘lib, ular faoliyatining natijalaridan biri hisoblanadi. Matritsada 
ijtimoiy soha alohida ajratilgan va institutsional tizimni shakllantirishda u katta rol o‘ynaydi. 
Matritsalarning asosiy va qo‘shimcha institutlarning muayyan to‘plami bilan 
tavsiflanuvchi ikkita xili mavjud – g‘arbiy (bozor, demokratik) va sharqiy (buyruqbozlik, 
diktatura yoki despotiya) matritsalar. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin