2-Mavzu. Institutlar va ularning jamiyat rivojlanishidagi roli Reja 1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati 2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi 3. Institutsional matritsa 4. Institutsional o’zgarishlar va institutlarning o’zaro bog’liqligi. Tayanch so’z va iboralar: individual imperalizm, metodlogik imperalizm, norma, institutsional
matritsa, institutsional o‘zgarishlar, ekspantsiya, murosa, urinish.
1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati Institutlar jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha institutlar yo‘q
bo‘lib ketishini tasavvur qiladigan bo‘lsak, u holda tartibsizlik boshlanib ketgan bo‘lardi va bu
hol, o‘z navbatida, abadiy davom etmas edi. Chunki insonlarning o‘z hayotini tartibga keltirishga
urinishlari yangi institutlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan bo‘lardi.
Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega bo‘lgan qator
savollarga, xususan, nima uchun bozorlar ―ishlaydi‖ yoki ―ishlamaydi‖? Iqtisodiy siyosatning u
yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki samarasiz bo‘ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o‘zgarishlar
ichki sabablarga ko‘ra yohud hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan
savollarga javob topish imkonini beradi.
Institutlar o‘zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va ularning
faoliyat ko‘rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta‘riflarni asoslashgan. T.Veblen [32]
institutlarni quyidagicha ta‘riflagan: ―
Institutlar – bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush
kechiradigan odatiy tafakkur tarzi‖ yoki ―
Institutlar – bu o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayonlar
natijasi bo‘lib, ular o‘tmish sharoitlariga moslashgan va, o‘z navbatida, hozirgi vaqt talablariga
to‘liq moslashmagan‖.
E.Erdvard tomonidan [60] ―