Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


Bozor ishtirokchilarining o’zaro kelishuvlar bo’yicha xatti-harakatlari normasi*



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Bozor ishtirokchilarining o’zaro kelishuvlar bo’yicha xatti-harakatlari normasi* 
Kelishuv 
lar xili 
Xatti-harakatning asosiy 
normasi 
Kelishuv 
predmeti 
Axborot 
manbai 
Vaqt (hozir, 
o’tmish va 
kelajak) 
Faoliyat 
sohasi 
(misol) 
Bozor 
Boshqa 
shaxslar 
ehtiyojlarini 
qon-dirish 
orqali foydalilikni oshirish 
Tovar 
va 
pul 
Narx 
Hozirgi 
vaqtni 
nazarda tutish 
Klassik 
bozor 
Industrial 
Ishlab 
chiqarish 
uzluksizligi, 
hamkorlikni 
texnologiya 
talablariga 
bo‘ysundirish 
orqali 
ta‘minlaydi 
Texnologik 
jihozlar 
Standartlar 
Bitimlar kelgusini 
hozirgi davrga aks 
ettirish
Harbiy-
sanoat 
majmui 
An‘anaviy 
An‘analarning 
takrorlanishini ta‘minlaydi; 
kattalik tamoyili 
O‘tmishga 
xos bo‘lgan 
buyumlar 
Odatlar, 
an‘analar 
Bitimlar 
o‘tgan 
davrni aks ettirish 
hisoblanadi
Oila 
Fuqarolik 
Jamoaviy 
manfaatlarga 
bo‘ysunish, mo‘ljal - Pareto
optimum
Ijtimoiy 
boylik 
qonun 
Hozirgi 
davrni 
nazarda tutish 
Siyosiy 
hayot 
Ijtimoiy fikr 
Mashhurlikka 
erishish, 
jamoat e‘tiborini jalb etish 
Nufuzli 
buyumlar 
Duv-duvlar 
Hozirgi 
davrni 
nazarda tutish 
Ommaviy 
axborot 
vositalari 
Ijodiy faoliyat O‘xshashi yo‘q, betakror 
natijaga erishish 
Ixtiro 
Iqtidor 
Diskret vaqt 
Ijodiy 
faoliyat 
Ekologik 
Tabiat bilan uyg‘unlashuv, 
ekologiya 
talablariga 
bo‘ysundirish 
Tabiat 
ob‘ektlari 
Atrof muhit 
haqidagi 
axborot 
Vaqtning 
davriyligi: tabiiy 
davriylik 
Tabiat 
muhofazasi
* Manba Oleynik A. Norma kak bazovo‘y element institutov G‘ Voproso‘ ekonomiki. –
M.: 1999, №2. –S.142.
 
2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi 
Instituttsionalizm asoschilaridan biri D.Nort [46] institutlar tarkibida ularni uchta asosiy 
qismga ajratadi: 
- rasmiy qoidalar (konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma‘muriy hujjatlar va b.); 
- norasmiy normalar (an‘analar, urf-odatlar, ijtimoiy shartlilik); 
- qoidalarga amal qilinishini ta‘minlovchi (sudlar, politsiya va h.k.) majburlash 
mexanizmlari (masalan, jazolash tizimi).
―Institut‖ning yuqorida keltirilgan ta‘rifi (2.1)dan kelib chiqib, institutlar inson 
tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar va h.k.) 
ko‘rinishidagi rasmiy, ―yozilgan‖ qoidalarda ifodalanishi mumkin. Shu bilan birga ular umumiy 
qabul qilingan shartlilik, xatti-harakat kodekslarida, ya‘ni norasmiy, ―yozilmagan‖ normalarda 
namoyon bo‘ladigan, jamiyatning barcha sohalariga kirib borib, an‘analar, urf-odatlar 
ko‘rinishida yoki boshqa shaklda amal qilinadigan inson ongining mahsulini o‘zida namoyon 
etishi mumkin. 
Agar rasmiy qoidalar tizimi insonlar (davlat)ning qonun ijodkorligi faoliyatini o‘zida aks 
ettirsa, u holda norasmiy normalar tizimi qay tarzda shakllanadi, degan savol tug‘iladi. 
T.Veblen [32]ning kontseptsiyasiga ko‘ra, institutlarning o‘zgarishi tabiiy tanlab olish 
qonuniga muvofiq ravishda kechadi. Insonning jamiyatdagi hayoti, huddi boshqa turdagi hayot 
kabi – bu yashash uchun kurashish va, o‘z navbatida, tanlab olish va moslashish. Uning fikriga 
ko‘ra, ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi ijtimoiy institutlarni tabiiy tanlab olish jarayoni bo‘ldi. 
Institutlar – inson jamiyati va inson tabiatining rivojlanishda davom etishi va shu nuqtai nazarda 
erishilgan taraqqiyotni umumiy ko‘rinishda eng ko‘p moslashgan tafakkur tarzini tabiiy ravishda 
tanlash va individlarni jamiyat rivojlanishi bilan izchil o‘zgarib turadigan yangi sharoitlarga 
majburiy moslashtirish jarayoni, deyish mumkin. Shunday qilib, T.Veblenning talqinida 


16 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (―ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi‖) turli xildagi institutlarni ―tabiiy 
tanlash‖ jarayonini amalga oshirish sifatida namoyon bo‘ladi. 
T.Veblenning nuqtai nazari F.Xayek
9
ning qarashlariga yaqin. Xayekning fikriga ko‘ra, 
jamiyatda qaror topgan ahloq qoidalari va normalarini tanlashni biologik tanlovga qiyoslash 
mumkin. Uning hisoblashicha, rasmiy qoidalar bilan bir qatorda (an‘analar va urf-odatlar 
ko‘rinishida) norasmiy normalarning mavjud bo‘lishi shu bilan shartlanganki, ―tanlab olish 
jarayonida, shakllangan urf-odatlar va ahloqda haqiqiy holatlar soni hisobga olinishi mumkin – 
individlar qabul qilishi mumkin bo‘lgan narsalardan ko‘proq; buning oqibatida, an‘ana ma‘lum 
jihatlarda inson ongidan ustun turadi‖. Jamiyat qanchalik ko‘p xilma-xillikka yo‘l qo‘ysa, 
ijtimoiy maqsadga muvofiq institutlarni tanlab olish shunchalik samarali kechadi. 
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shu narsa kelib chiqadiki, agar rasmiy qoidalar sun‘iy 
tarzda o‘ylab topilishi va majburan joriy etilishi mumkin bo‘lsa, F.Xayekning ta‘kidlashicha, 
norasmiy normalar ―qandaydir o‘tmishdagi voqealar bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma 
yoki model (institutsional matritsa)ning ongsiz tarzda o‘zini o‘zi tashkil etishi jarayonining 
tarkibiy qismi sifatida shakllanadi‖
10
. Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, 
o‘zini o‘zi qo‘llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o‘z o‘zidan 
bajariladigan qoidalardir. Ta‘kidlash lozimki, ―evolyutsiya‖ atamasidan foydalanilsa-da, tabiiy 
tanlash nazariyasi izchil institutsional o‘zgarishlarga nisbatan hamma vaqt ham qo‘llanilmaydi. 
Chunki eng ―yaxshi‖ institut hamma vaqt ham yashovchan bo‘lmaydi. Ikkinchi tomondan, 
institutlarning bir holatdan ikkinchi holatga doimiy ravishda o‘tishi hamma vaqt ham tashqi 
omillar ta‘siri ostida kechmaydi. Ba‘zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy 
turdan rasmiy institutlarga aylanadi, boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi avvalgi 
ahamiyatini yo‘qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy ko‘rinishga ega bo‘lishi 
mumkin. 
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘p holatlarda norasmiy normalar jamiyatda ―tartibni‖ 
ta‘minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g‘oyat katta rol o‘ynaydi. Bunga qator omillar xizmat 
qiladi: 
1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar mavjud 
bo‘lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni kuzatish mumkin. 
Xo‘jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo‘lishi davrida urug‘doshlik va ular a‘zolari 
o‘rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal) guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar, 
O‘zbekistonda mahallada yashovchi aholi orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko‘p sub‘ekt mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida 
qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug‘iladi. Bunda sub‘ektlarning turli 
guruhlaridagi qoidalar bir xil bo‘lishi ham, bir-biridan yaqqol farq qilishi ham mumkin. Alohida 
oila yoki alohida jamoa doirasidagi munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo‘lib 
xizmat qiladi. Oila doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi, jamoaning qarindoshlar 
bo‘lmagan a‘zolari o‘rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki boshqa hujjat 
ko‘rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda mustahkamlandi. 
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin paydo bo‘lib, 
ko‘p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar uchun asos bo‘lib xizmat 
qildi. Norasmiy normalarning rasmiy qoidalar sifatida mustahkamlanishiga istalgan 
mamlakatning tarixida ko‘plab misollarni uchratish mumkin. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin