6
mehnat taqsimoti → kooperatsiya → manufaktura va mutlaq qo‘shimcha qiymatni shakllantirish
→ xususiy ishchining paydo bo‘lishi → mashinalarning paydo bo‘lishi → fabrika →
nisbiy
qo‘shimcha qiymatni shakllantirish.
Karl Polanining ta‘kidlashicha, aynan milliy resurslar va mehnat bozorining shakllanishi
asosida davlatning aralashuvi yotadi. G‘arbiy Evropaning barcha ichki bozorlari mahalliy
bozorlar tabiiy evolyutsiyasining natijasi emas, balki davlatning aralashuvi orqali barpo etilgan.
T.Veblen «Bekorchi sinf nazariyasi» (1899) [32] asaridagi odatlar to‘g‘risidagi tahlilda
xolizm metodologiyasini qo‘llaydi. Odatlar individlarning bozordagi, siyosiy sohadagi, oiladagi
xatti-harakatlari doiralarini belgilab beruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Insonlar xatti-
harakati Veblen tomonidan ikkita juda qadimiy odatdan kelib chiqib, ta‘riflanadi. Bu odatlarni u
raqiblik hissiyoti (boshqalardan birinchi bo‘lish, umumiylikdan ajralib turish istagi) va mahorat
hissiyoti (halol va samarali mehnat qilishga moslashish) deb nomlaydi. T.Veblenning fikriga
ko‘ra, raqiblik hissiyoti mulkchilik va bozordagi raqobatning asosida yotadi. Ushbu hissiyotning
o‘zi individ o‘z tanlovini amalga oshirishda o‘z foydaliligini ko‘paytirishni emas, balki
boshqalarning ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirishni ko‘zlovchi «oshkora iste‘mol»ni izohlaydi.
Masalan, sotib olmoqchi bo‘lgan avtomobilni tanlashda iste‘molchi uning narxiga va texnik
xususiyatlariga emas, balki muayyan rusumdagi mashinaga egalik qilish orqali ta‘minlanadigan
nufuzga e‘tiborni qaratadi.
Va nihoyat, ―eski‖ institutsionalizm namoyondasi J.K.Gelbreyt o‘z
tahlilini axborot va
axborot almashuvining ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanishi masalalaridan boshlaydi. Uning
asosiy fikri – hozirgi bozorda hech kim to‘liq axborotga ega emas. Har bir shaxsning bilimlari
ixtisoslashgan va xususiy ahamiyatga ega, axborot to‘liqligiga faqat ushbu to‘liq bo‘lmagan
bilimlarni birlashtiruvchi tashkilot doirasida erishish mumkin, deb ta‘kidlaydi. Bunda hokimiyat
alohida shaxsdan guruhga birlashgan, individuallikka ega bo‘lgan tashkilotlar qo‘liga o‘tadi.
So‘ngra mazkur tashkilot individlarning xatti-harakatiga ko‘rsatadigan ta‘sirni tahlil qilib,
individlar tavsiflarini institutsional muhit funktsiyasi sifatida ko‘rib chiqadi. Masalan, uning
ta‘kidlashicha, iste‘mol talabining o‘sishi iste‘molchilarning o‘z ichki tuyg‘ulari
yuqori
bo‘lishidan emas, balki ularni ishontirish uchun reklamadan faol foydalanuvchi korporatsiyalar
manfaatlarining o‘sishidan kelib chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar
ko‘lami yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlarining
yirik yo‘nalishlari shakllandi
4
.
Hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlarini o‘rganishning eng keng tarqalgan yondashuvlariga
ko‘ra, ular uchta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: neoklassika, institutsionalizm va keynschilik.
Biroq, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishlar – ayniqsa, institutsionalizm yo‘nalishi sohasidagi
ilmiy-nazariy, o‘quv-uslubiy jabhalar yaxlit bayon etilgan adabiyotlarni etarli, deb bo‘lmaydi.
Institutsionalizmning nazariy yo‘nalish sifatida shakllanishi bevosita klassik va
neoklassik nazariyalar bilan bog‘liq. Binobarin, neoklassika tamoyillaridagi yuqorida
ko‘rsatilgan cheklovlarni hisobga olgan holda, bozor modelini tuzishga yo‘naltirilgan nazariya –
institutsionalizm hisoblanadi. Ushbu nazariyaning tadqiqot markazida institutlar –
insonlar
tomonidan barpo etiladigan va o‘zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy
me‘yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik yondashuvga nisbatan
yangi nazariya bo‘lib, bozor munosabatlarini tahlil qilishning yangi sohasidir.
Institutsionalizm bugungi kunda iqtisodiyot fanining eng tez rivojlanib borayotgan
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu ko‘proq neoinstitutsional iqtisodiy nazariyaga yoki yanada
kengroq qilib aytadigan bo‘lsak, neoinstitutsional nazariyaga yoki neoinstitutsionalizmga
taalluqli.
Ilmiy manbalar [30, 32, 34, 40, 41, 47] guvohlik berishicha, neoinstitutsionalizm chuqur
tarixiy ildizga ega. XIX asr oxiri – XX asr boshida yuzaga kelgan ―eski‖ institutsionalizmning
asoschilari bo‘lib T.Veblen, J.R.Kommons va U.Mitchellar hisoblanishadi. Hozirgi zamon
4
Dobb Maurice, Capitalist Enterprise and Social Progress, London: G. Routledge & Sons, 1925
7
iqtisodchilari ularning ishlaridan bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va
iqtisodiyot fanining an‘anaviy usullari yordamida izohlanishi qiyin bo‘lgan jarayonlarni tahlil
qilish imkonini beruvchi g‘oyalarni topmoqda.
Biroq o‘tgan asrning 60-70 yillarigacha institutsional yo‘nalish ancha sust rivojlangan.
Keyinchalik eski g‘oyalar ikkinchi bosqich institutsionalistlari – J.K.Gelbreyt, R.Xaylbroner,
F.Perru, J.Furaste, G.Myurdal va boshqalarning ishlarida o‘z ifodasini topgan.
―Eski‖ (zamonaviy) institutsionalizmning uchinchi bosqichi asosan J.Xodjson
boshchiligidagi [55] ―kembridj maktabi‖ olimlarining faoliyati bilan bog‘liq.
Shu bilan birga turli iqtisodiy maktablarga mansub bir qator iqtisodchilar [30, 31]
institutsional tizimlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanib, o‘z tadqiqotlarida
institutsional
yondashuvdan bevosita yoki bilavosita foydalanishgan.
Institutsional nazariyaning ko‘p sonli masalalarini yorituvchi adabiyotlarda [31, 39, 40,
50, 56] institutsionalizm turli yo‘nalishlarining metodologik xususiyatlari to‘g‘risidagi fikr-
mulohazalarga katta ahamiyat berilgan.
―Eski‖ institutsionalizm bilan neoinstitutsionalizmda ko‘plab umumiyliklar mavjud – bu
institutlarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o‘rganishga nisbatan
evolyutsion yondashuvning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir. Umuman olganda ushbu ikkita
yondashuv kesishuv nuqtalariga ega emas.
Rossiyalik olim R.Nureevning fikriga ko‘ra, ―eski‖ institutsionalizm bilan
neoinstitutsionalizm o‘rtasida, kamida, uchta asosiy farq mavjud
5
.
1) Agar ―eski‖ institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya muammolarini
jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o‘rganishga intilgan holda huquq va siyosatdan
iqtisodiyot tomon borishsa, neoinstitutsionalistlar bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi yo‘ldan
borishadi, ya‘ni ular o‘z tahlilida neoklassik iqtisodiy nazariya vositalariga tayanadi, zamonaviy
mikroiqtisodiy usullarni qo‘llagan holda siyosiy va huquqiy muammolarni o‘rganadi.
2) ―Eski‖ institutsionalizm asosan
induktiv usulga asoslanib, alohida holatlardan
umumlashtirishga tomon intildi, buning natijasida, qator iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, umumiy
institutsional nazariya yuzaga kelmadi; neoinstitutsionalizm deduktiv yo‘ldan borib, neoklassik
iqtisodiy nazariyaning umumiy tamoyillaridan ijtimoiy hayotning muayyan hodisalarini
izohlashga intilmoqda.
3) ―Eski‖ institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur oqimi sifatida asosiy e‘tiborni
insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, kasaba uyushmalari va hukumat) xatti-
harakatiga qaratdi; neoinstitutsionalizm qaysi jamoa a‘zosi bo‘lish uning uchun foydali
ekanligini o‘z manfaatlariga amal qilgan holda hal etuvchi mustaqil individga e‘tibor qaratadi.
4) ―Eski‖ institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi,
uni umumiy tarzda
quyidagicha ta‘riflash mumkin: ―institutlar birlamchi, individlar ikkilamchi‖. Ushbu holat
neoinstitutsional nazariyaga asos qilib olindi.
Shu nuqtai nazardan ―eski‖ va ―yangi‖ institutsional maktablarni bir biridan farqlash
lozim. Ingliz iqtisodchisi J.Xodjson [55] u yoki bu yo‘nalishga mansub olimlarni quyidagicha
tarzda tasniflashni taklif qiladi:
Dostları ilə paylaş: