Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


-Mavzu. Reja va bozor institutlari



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
4-Mavzu. Reja va bozor institutlari 
 
Reja 
1. Iqtisodiyot konstitutsiyalarining shakllanishi
2. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari 
3. Bozor konstitutsiyasi normalari 
4. Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash 
 
TAYaNCh SO’Z VA IBORALAR:
bozor konstitutsiyasi, iqtisodiy konstitutsiya,
Murakkab 
utilitarizm Ratsional maqsadli fe‘l-atvor Depersonifikatsiyalangan ishonch Empatiya Ijobiy 
ma‘noda erkinlik Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunish Oddiy utilitarizm Personifikatsiyalangan 
ishonch Mafkuraviy qadriyat ratsionalligi «Sen – menga, men - senga», Qonunga tilda buysunish
 
1. Iqtisodiyot konstitutsiyalarining shakllanishi 


26 
Normalar individlarning o‘zaro muvofiq munosabatlari barqarorligining asosiy kafolati 
hisoblanadi. Individ kontragent harakatlarini tushunish va o‘z harakatini ular bilan 
muvofiqlashtirish uchun u yoki bu normani tanlash barobarida umuman tizimning barqarorligini 
ta‘minlaydi. Individ normadan chetga chiqsa, uni normaga qaytaruvchi tartibga solish 
mexanizmining mavjudligi normalar tizimini shakllantiradi. Shuningdek, normalar tizimi makro 
va mikrodarajalar o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi bo‘g‘inga aylanadi.
Individlarning iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlovchi normalar tizimiga iqtisodiyot 
konstitutsiyasi deyiladi. Iqtisodiyot konstitutsiyasi buyruqbozlik va bozor tizimlaridagi o‘zaro 
zid normalarga amal qiladi. Masalan, bozor tizimi faqat individlar o‘zlarining kundalik iqtisodiy 
faoliyatida u asoslanadigan normalardan foydalangan darajaga qarab barqaror va takror ishlab 
chiqarishga qodir bo‘ladi. O‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi individlar o‘rtasidagi 
bitimlardan makroiqtisodiy darajaga o‘tish bozor xatti-harakatlari normalari orqali amalga 
oshiriladi. 
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya‘ni resurslarning 
etishmasligini o‘zida namoyon etadi. Taqchillikning ma‘lum darajada barqarorlashuvi hamda 
iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi tizimda
normal taqchillik 
holatini yuzaga 
keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan navbatning normal uzunligi, 
resurslar va tayyor mahsulotlarning normal zahiralari va hokazolar tushuniladi. Boshqacha 
aytganda, nafaqat Valras bo‘yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan 
cheklaniladi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi namoyon 
bo‘ladi. 
Umuman olganda, buyruqbozlik va bozor tizimlarida qo‘llaniladigan normalarning
tarkibiy tuzilishini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Quyida ushbu normalarning iqtisodiyotda namoyon bo‘lishi ko‘rib chiqilgan. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin