Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

2.
 
Transformatsiya xarajatlari va ularni tahlil qilishga nisbatan Nort yondashuvi 
 
Mikrodarajada transaktsiya xarajatlarini tahlil qilishga nisbatan Kouz – Uilyamson yondashuvi 
transaktsion yondashuv, deb yuritilsa, makrodarajada Nort yondashuvi transformatsion yondashuv, deb 
yuritiladi [46]. 
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, dastlab transformatsiya xarajatlarini o‘rganish ishlab chiqarish 
nazariyasi doirasida olib borilgan va xarajatlarning ushbu turi ko‘pincha ishlab chiqarish xarajatlari – 
materialni jismoniy o‘zgartirish, buning natijasida muayyan qiymatga ega bo‘lgan mahsulot olinadigan 
jarayonidagi xarajatlarga tenglashtirilgan. Ushbu xarajatlarga nafaqat materialga ishlov berish xarajatlari, 
balki ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar ham kiritilgan. 
Shunday qilib, bunday talqin etishda transformatsiya xarajatlari tushunchasi keng ma‘no kasb etadi, 
chunki ushbu ishlab chiqarish xarajatlariga ularni faqatgina shartli ravishda ishlab chiqarish xarajatlari
deb atash mumkin bo‘lgan transformatsiya xarajatlari ham kiradi. 
Mazkur holatda transformatsiya xarajatlari muayyan mahsulotni ishlab chiqarish bilan emas, balki 
institutsional tizimni o‘zgartirish bilan bog‘liq. Shunday qilib, transformatsiya xarajatlariga quyidagi 
umumiy ta‘rifni berish mumkin: transformatsiya xarajatlari – bu eski institutlarni tugatish, iqtisodiy 
tizimda yangi institutlarni shakllantirish (yoki import qilish) va moslashtirish bilan bog‘liq xarajatlar. 
Bular tarkibiga nafaqat yuqorida sanab o‘tilgan xarajat turlari, balki yangi institutlar, shu jumladan yangi 
tadbirkorlikni tashkil etish va bu faoliyatni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ham kiritish 
mumkin.
Transformatsion yondashuvga muvofiq jamiyatdagi eski rasmiy va norasmiy qoidalarning 
tugatilishiga va yangilarining belgilanishiga olib keluvchi o‘zgarishlar transformatsiya xarajatlarining 
oshishiga sabab bo‘ladi. 
Respublikamizda amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish, sud-huquq tizimini o‘zgartirish, yangi qonunchilik tizimini barpo etish, bozor 
tizimlarini shakllantirish va shu kabi boshqa institutlarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar shular 
jumlasiga kiradi. 
Transformatsiya va transaktsiya xarajatlari o‘rtasida farq mavjud bo‘lishiga qaramay, ushbu 
xarajatlar o‘zaro uzviy bog‘langan. T.Eggertsson tomonidan ifodalangan quyidagi fikr uning mohiyatini 
ochib beradi: agar transaktsiya xarajatlari katta bo‘lmasa, u holda iqtisodiyot undagi mavjud siyosiy va 
boshqa institutlar to‘plamidan qat‘i nazar hamma vaqt optimal yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi. Ya‘ni 
institutsional tizim faoliyat ko‘rsatishining transaktsiya xarajatlari katta bo‘lmaganda har qanday 
o‘zgarishlarga yuqori transformatsiya xarajatlarining tahdidi to‘sqinlik qiladi, texnik taraqqiyot va 
(jismoniy va inson) kapitalni jamg‘arish esa avtomatik tarzda iqtisodiy o‘sishni ta‘minlaydi. 
Ta‘kidlash lozimki, institutsional tizimni o‘zgartirish nafaqat transformatsiya xarajatlarining 
o‘sishiga, balki ilgarigi tizimda mavjud bo‘lmagan bir qator transaktsiya xarajatlarining paydo bo‘lishiga 
ham olib keladi. 
Yuqorida aytilganlarning barchasi ko‘p jihatdan samarasiz institutlarning uzoq vaqt mavjud 
bo‘lishini va iqtisodiy tashkilot turg‘un shakllarining faoliyat ko‘rsatishini ham izohlaydi. 
O‘zgarishlarga to‘sqinlik qiluvchi asosiy kuchlar D.Nort tomonidan ham ko‘rib chiqilgan. Ular 
jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 
davlat – agar bu g‘azna daromadlari bilan xarajatlari o‘rasidagi farqni kamaytirishga yordam bersa; 
o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlovchi nufuzli guruhlar; 
jamiyatning uning avvalgi rivojlanish yo‘nalishiga bog‘liqligini belgilab beruvchi institutsional 
matritsa. 
13 Уильямсон О.И. Экономические институты капитализма: фирмы, рынки, «отношенческая контрактация». – СПб.: 
Лениздат, CEV Press, 1966. –с. 640-641. 


35 
O‘z navbatida, yuqori transformatsiya xarajatlari, yuzaga kelgan institutsional tizimning 
samaradorligidan qat‘i nazar, uning o‘ziga xos barqarorlashtiruvchisi hisoblanadi. 
Yanada samarali institutsional qoidalarning joriy etilishi va institutlarning tashkil etilishi katta 
miqdordagi transformatsiya xarajatlari bilan bog‘liq, biroq yangi institutlardan (transaktsiya xarajatlarini 
tejashdan) keladigan samara ancha katta bo‘lishi mumkin. 
Islohotlarga sarflangan mablag‘lar oddiy investitsiyalarga qaraganda katta xatarlar bilan bog‘liq 
bo‘lishiga qaramay yangi institutlarning ko‘proq samaradorligini kutish, shuningdek boshqa mamlakatlar 
tajribasi institutlarni import qiluvchi islohotchilarni harakatga keltiradi. 
Bunday o‘zgarishlarni transformatsiya xarajatlarining yuqori darajasiga ega bo‘lgan o‘tish 
iqtisodiyotida ham kuzatish mumkin. O‘tish iqtisodiyotida transformatsiya xarajatlariga quyidagi omillar 
ta‘sir ko‘rsatadi: 
Resurslarni investitsiyalashning an‘anaviy sohalaridan yangi institutlarni barpo etishga yo‘naltirish. 
Eski xo‘jalik mexanizmini tugatish, narxni shakllantirish va soliq solishning yangi usullariga o‘tish, 
xususiylashtirish mexanizmlarini yaratish, moliya va bank tizimini tubdan o‘zgartirish – bularning 
barchasi resurslarni investitsiyalashning an‘anaviy sohalaridan chetlashtirish bilan bog‘liq. 
Qayta tashkil qilish xarajatlari. Uning ikkita jihatini farqlash lozim. Birinchidan, islohotlar 
jarayonida eski tizimining buzilishi yangi tizimning samaradorligi namoyon bo‘lgunga qadar yuz beradi. 
Bozorni egallab olish bo‘yicha qat‘iy kurashda ishtirok etuvchi ko‘p sonli iqtisodiyot sub‘ekttlarining 
faqatgina bir qismi o‘z loyihalarini amalga oshiradi, natijada – jamiyat yo‘qotishlarga duch keladi. 
Ikkinchidan, muvozanatga tomon harakatlanish jarayonida turli sub‘ektlar, shu jumladan davlatning ham, 
harakatlarining uyg‘unlashmaganligi. Ushbu jihat islohotchilar tomonidan etarlicha baholanmagan va bu 
hanuzgacha etarlicha o‘rganilmagan. 
O‘tish rentasini qayta taqsimlash xarajatlari. Buyruqbozlik tizimida jamiyatdagi mavjud 
resurslarning qat‘iy tartibga solinishi alohida guruhlar uchun imtiyozlarning paydo bo‘lishiga olib keldi, 
bu renta daromadi bilan bir xil bo‘ladi. Ulgurji va chakana narxlar, shuningdek ichki va jahon narxlari 
o‘rtasidagi farqlar hisobidan olingan rentaning katta qismi davlatga kelib tushib, turli ijtimoiy guruhlar 
o‘rtasida qayta taqsimlandi, ularning kichik qismi esa amaldorlar va xufyona bozor sub‘ektlar tomoniga 
o‘tdi. Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi ushbu xildagi renta daromadlari va suiiste‘mol qilish 
imkoniyatlarining yo‘qolishiga olib kelishi lozim.
Transformatsiya xarajatlarining turlarini tahlil qilish o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan 
mamlakatlarda ularning o‘sishi mexanizmini tushuntirish imkonini beradi: institutlarning dastlabki sifati 
qanchalik yomon bo‘lsa, ularni takomillashtirish uchun shunchalik ko‘p investitsiyalar yo‘naltiriladi; 
tizim muvozanatdan qanchalik yiroq bo‘lsa, o‘tish jarayoni shunchalik uzoq davom etadi va tugatish 
yo‘qotishlari shunchalik ko‘p bo‘ladi; muvozanatdan yiroqlik o‘tish rentasini qayta taqsimlash 
ko‘lamlarining kattaligini, demak u uchun kurashish oqibatida yo‘qotishlar katta bo‘lishini anglatadi. 
Ta‘kidlash lozimki, islohotlar xarajatlari va foydasi aholining turli guruhlari o‘rtasida noteng 
taqsimlanadi, bu ko‘p jihatdan turli ijtimoiy guruhlarning o‘zaro hamkorligiga bog‘liq bo‘lgan 
transformatsiyalar dinamikasida o‘z aksini topadi [103]. 
Hozirgi vaqtda o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekistonda hamda 
rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan keng ko‘lamli institutsional o‘zgarishlar munosabati bilan 
katta hajmdagi transformatsiya xarajatlari muammosi g‘oyat keskin turibdi. Bu o‘rinda transformatsiya 
xarajatlarini qanday qilib qisqartirish mumkin va ularni qisqartirib bo‘ladimi degan savol tug‘iladi. 
Institutsional muhitni sun‘iy ravishda o‘zgartirishda (mavjud institutlarni o‘zgartirishda yoki 
mutlaqo yangi institutlarni import qilishda) ko‘p jihatdan ularda bunday institutlar jamiyat evolyutsiyasi 
jarayonida shakllangan va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib turgan mamlakatlar tajribasini puxta o‘rganish 
transformatsiya xarajatlarining qisqarishiga ko‘maklashishi mumkin. 
Afsuski, transformatsiya xarajatlari muammosiga olimlar va iqtisodchilar faqat so‘nggi yillarga 
kelib e‘tibor qarata boshladi va, transformatsiya xarajatlari o‘tish iqtisodiyoti va rivojlanayotgan 
mamlakatlar iqtisodiyotining iqtisodiyot fanida eng zarur va muhim unsur hisoblanishiga qaramay, ular 
kam o‘rganilgan omil bo‘lib qolmoqda. 
Shu bilan bir qatorda yangi institutlarini tashkil etishning u yoki bu usullari foydasiga hal etish 
nafaqat ularning faoliyat ko‘rsatish samaradorligi turlicha ekanligi tufayli, balki insonlar o‘rtacha 
chamalangan bahoni chiqarishda ko‘rsatkichlarni o‘lchashning turli usullaridan foydalanishi sababli ham 
farq qilishi mumkin. 
Shu nuqtai nazardan transaktsiya hamda transformatsiya xarajatlarini o‘lchash muammosi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunki transaktsiya xarajatlari ko‘pincha ushbu tarkibiy qismning o‘lchab 
bo‘linmasligi bilan tavsiflanadi. Ushbu sohada tadqiqot olib borgan mutaxassislar fikriga ko‘ra, iqtisodiy 


36 
tahlilga transaktsiya xarajatlarining kiritilishi deyarli barcha hodisalarni transaktsiya xarajatlarini 
kamaytirish yo‘li bilan erishilgan samaradorlik nuqtai nazaridan izohlash imkonini bergan bo‘lar edi. 
Transaktsiya xarajatlarini o‘lchash imkonini beruvchi usullarning ishlab chiqilishi ushbu sohada 
erishilgan samarali qadam bo‘ldi. 
Tahlillarga ko‘ra, o‘lchash muammosini shartnomalar tuzishning turli usullaridagi transaktsiya 
xarajatlarini taqqoslash yo‘li bilan hal etish mumkin. Boshqaruvning muqobil aniq (mavjud) tuzilmalarini 
taqqoslashni ko‘pincha murakkab matematik apparatni qo‘llamasdan yoki chegara qiymatlarni hisoblab 
chiqmasdan turib amalga oshirish mumkin. Ikkita qiymatning bir biriga mos kelmaganligini ko‘rsatib 
berish uchun ushbu qiymatlarning chegara qiymatlari tengligiga erishiladigan sharoitlarni aniqlashdagi 
kabi nozik va murakkab usullar talab etilmaydi. 
Ayrim iqtisodchilar har bir muayyan holatda xarajatlarni aniq tafsirlashni taklif etadi, masalan, bir 
holatda – bu xususiy tadbirkorlikni tashkil etish xarajatlari (tadbirkorlik shaklini ro‘yxatdan o‘tkazish, 
litsenziya olish va h.k.), ikkinchi holatda mulkiy huquqlarning harakatini ta‘minlovchi xarajatlar, uchinchi 
holatda shartnomalarni tuzish va himoyalash bilan bog‘liq xarajatlar, to‘rtinchi holatda korxona ichida 
qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lishi mumkin va h.k. 
Transaktsion yondashuvni qo‘llashdagi o‘ziga xos murakkabliklar shundan iboratki, ayrim 
transaktsiya xarajatlari ushbu turdagi xarajatlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan transaktsiyalarning 
mavjud emasligi tufayli tafsirlanishi va hisoblab chiqilishi mumkin emas. Bunday xarajatlarning ushbu 
turlari ―virtual xarajatlar‖, deb ataladi. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin