Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot


 Institutsional o’zgarishlar va institutlarning o’zaro bog’liqligi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

 
4. Institutsional o’zgarishlar va institutlarning o’zaro bog’liqligi 
Institutlar qanday ishlayotganligini, nima uchun ular asrlar mobaynida mavjud bo‘lishi va 
rivojlanishini, ularning ―hayotiyligi‖ yoki barqarorligini tushunish uchun institutsional 
o‘zgarishlarga olib keluvchi sabablarni o‘rganib chiqish lozim. 
Jamiyatning rivojlanish jarayonida institutlar shaklining o‘zgarishi ro‘y beradi. Agar 
rasmiy qoidalarni u yoki bu qonun, farmonni qabul qilib o‘zgartirish mumkin bo‘lsa, an‘analar 
va urf-odatlarda ifodalanadigan norasmiy cheklovlarni bir kunda o‘zgartirib yoki tugatib 
bo‘lmaydi. Ular yana uzoq vaqt amal qilishda va jamiyat rivojiga ta‘sir ko‘rsatishda davom etadi. 
Biroq institutsional tizimning o‘zida doimiy ravishda o‘zgarishlarga ehtiyoj sezilib bo‘lib 
turadi. T.Veblenning ta‘kidlashicha, institutsional o‘zgarishlarning asosiy sababi shakllangan 
institutlar bilan o‘zgargan sharoitlar, tashqi muhit o‘rtasidagi o‘zaro nomuvofiqlik hisoblanadi 
[40]. 
Институтлар 
Сиёсий соҳа 
Ижтимоий соҳа 
Иқтисодий соҳа 


18 
D.Nort [40] institutsional o‘zgarishlar sub‘ekti sifatida yakka tartibdagi tadbirkorni, 
institutsional o‘zgarishlar manbai sifatida esa narxlar nisbatidagi fundamental siljishlarni 
ajratadi. 
O‘zgarishlar mexanizmi quyidagicha: nisbiy narxlar tarkibidagi siljishlar ishlab chiqarish 
omillarining narxlari o‘rtasidagi narx ulushiga, axborot qiymatiga va texnologiyalardagi 
o‘zgarishlarga ta‘sirni nazarda tutadi. Ushbu o‘zgarishlardan ayrimlari ekzogen xususiyatga ega 
(inqiroz, epidimiya va h.k.), biroq aksariyat o‘zgarishlar endogen xususiyatga ega bo‘lib, 
insonlarning joriy faoliyati kengayishi natijalarini aks ettiradi. Narxlar nisbatidagi fundamental 
o‘zgarishlar vaqt o‘tishi bilan xatti-harakat eski odatlarining o‘zgarishiga va insonlar tomonidan 
xatti-harakat standartlarini hosil qiladigan omillarning aglab etilishiga olib keladi. Biroq, narxlar 
o‘zgarishining g‘oyalarga ta‘siri darajasi to‘g‘risidagi masala hozircha kam o‘rganilganligicha 
qolmoqda. 
D.Nortning fikriga ko‘ra [46], mafkura institutsional o‘zgarishlarning yana bir manbai 
hisoblanadi. Mafkura deganda, u insonlar ular orqali atrofdagi olamni qabul qiladigan va 
baholaydigan sub‘ektiv modelni tushunadi. Mafkuraviy mayillik ham iqtisodiy hisob-kitoblardan 
holi emas: olamning sub‘ektiv manzarasi kimningdir foydali imkoniyatlarini chegaalashi 
qanchalik katta bo‘lsa, uni qayta ko‘rib chiqishdan manfaatdorlik shunchalik kuchli bo‘ladi. 
Shunday qilib, institutsional o‘zgarishlar texnika taraqqiyoti, yangi bozorlarning 
ochilishi, aholi sonining o‘sishi va hokazolar, ya‘ni ular natijasida tashkiliy va institutsional 
o‘zaro hamkorlikning ilgari muvafaqiyatli faoliyat ko‘rsatgan alohida shakllari ―foydasiz‖ bo‘lib 
qoladigan jarayonlar oqibatida yuz berishi mumkin. Yangi rasmiy normalar o‘rniga boshqalari 
qabul qilinadi, norasmiy normalarga amal qiladigan insonlar soni kamayib borishi bilan ular 
asta-sekin yo‘qolib boradi.
Institutlar paydo bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari shundaki, ular o‘zlari paydo bo‘lishidan 
avval amal qilgan normalar va sharoitlarga bog‘liq hisoblanadi. Shu tariqa, har qanday yangi 
institut, mavjud iqtisodiy yoki ijtimoiy sharoitlar (institutsional matritsa) tomonidan belgilab 
beriladi. Institutsional o‘zgarishlar sezilarsiz tarzda kechishi ham, yoki o‘zgarishlar, jamiyatdagi 
mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tezda takomillashuviga olib kelishi ham mumkin. 
Institutsional o‘zgarishlar eski va yangi institutlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik xususiyati 
ham katta rol o‘ynaydi. D.Nort bog‘liqlikning quyidagi turlarini ta‘kidlaydi [46]: 
Birinchisi – rivojlanishning avvalgi yo‘liga bog‘liqlik – chuqur aloqa, yangi 
institutlarning faqatgina eski institutlar negizida paydo bo‘lishini ta‘minlovchi yangi 
institutlarning eski institutlarga kuchli bog‘liqligi. 
Ikinchisi – mutlaq yangi institutlarning paydo bo‘lishiga bo‘shliq mavjudligi orqali 
belgilanadigan nisbatan kamroq. 
Bog‘liqlikning ushbu ikki xili evolyutsion xususiyatga ega, chunki eski institutlardan 
yangi institutlarga o‘tishda izchillikka amal qilinadi. Evolyutsion o‘zgarishlar jiddiy iqtisodiy 
larzalar sodir bo‘lmagan va ularning jahon ishlab chiqarishidagi ulushi ustun bo‘lgan bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning institutsional tizimlariga xosdir. Izchilligiga qaramay 
evolyutsion o‘zgarishlar sifat jihatdan ilgari siljishlarni istisno etmaydi – miqdoriy-sifat 
o‘zgarishlar dialektikasi o‘z kuchida qoladi. 
D.Nort tomonidan ajratilgan bog‘liqlikning uchinchi xili – eski va yangi institutlar 
o‘rtasida yaqqol aloqa (bog‘liqlik)ning mvjud emasligi – inqilobiy xususiyatga ega. Inqilobiy 
o‘zgarishlar jamiyat rivojlanishining avvalgi o‘zgarish chizig‘iga amal qilishni nazarda tutmaydi 
va tafakkur tarzi odatlari va an‘analarining tubdan o‘zgarishi bilan kuzatiladi. 
Hatto iqtisodiy tizim samaradorligining oshishiga xizmat qiluvchi inqilobiy o‘zgarishlar 
ham aholining ko‘plab guruhlari uchun jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bunga bir yaqqol misol tariqasida XV-XVIII asrlarda Angliyada ro‘y bergan agrar sohadagi tub 
burilishlar bilan bog‘liq institutsional o‘zgarishlarni keltirish mumkin. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin