Nazorat savollari: Sport inshoatlari deganda nimani tushunasiz?
Inshoatlarning gigienik talabi deyilganda nimani bilasiz?
3. Sport inshoatlarini planlashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak?
4. Sport jixozlarining gigienik talabi qanday bo’lishi kerak?
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Dubrovskiy V.I – «Valeologiya»: Sog’lom turmush tarzi, M. Retorika – Flinta, 1999 y
2. Ismailov M.N - «Bolalar va o’smirlar gigienasi»Toshkent,Ibn Sino, 1994 y
3. Sharipova D.D, Yuldashev. F - Abu Ali Ibn Sino sog’lom turmush tarzi haqida. «Sog’lom avlod uchun », Toshkent, 1996 y
4. Yunusova Yu.M. Osnovo’ metodiki fizicheskoy kulturo’. Tashkent 2005 g.
5. Sh.Otaboev, E.Sattorov, M.Melieva “Ekogigiena, jismoniy tarbiya, sport va salomatlikning tibbiy-psixologik asoslari” toshkent 2009 y
6. Zimkin N.V – fiziologicheskie osnovo’ fizicheskoy kulturo’ i sporta 1995 g
7.Azimov I.G, Sobitov Sh - «Sport fiziologiyasi», Toshkent , 1993 y
8. I. G’. Azimov Jismoniy tarbiya yosh fiziologiyasi. Tosh-1994 y
8. Mavzu:Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari davrida ovqatlanish gigiyenasi.
R E J A : 1. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari vaqtida ovqatlanish
2. Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Ovqatlanish, ratsional, kaloriya, vitamin, quvvat, energiya, xujayralar.
Identiv o’quv maqsadi: Jismoniy tarbiya bilan shugullanishni biladi.
Mashqlar bilan shug’ullanish davrida yuklamalarni meyyorlashni biladi.
Kunlik ovqatlanish tartibiga rioya qilishni biladi.
Kunlik sarflayotgan energiyani xamda organizmga keladigan kaloriyani miqdori to’g’risida tushunchaga ega.
1-savolning bayoni:Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari vaqtida ovqatlanish
Ratsional tarzda ovkatlаnishga qo’yiladigan gigienik talablar quyidagi tadbirlarni yo’lga qo’yish orqali amalga oshiriladi: sarf qilingan energiyani tiklash uchun ovqatlanishni normaga solish, plastik protsesslar-ni ta’minlash uchun tarkibida asosiy ingredienlar (oq-sil, yog’lar, uglevodlar) bo’lgan ovqatlarni normallashti-rish; organizm funktsiyalarini ta’minlash uchun ovqatlanishii suv miqdori, mikroelsmentlar, minerallar,-vitaminlar mikdori bo’yicha normallashtirish; ovqatla-nish rejimipi normallashtirish.