Maqsad: Dars tuzilishi va mazmunini anglash
Kalit so`z: Dars, ta`lim, mashg`ulot, mazmun, davr
REJA: Ta’limning tashkilif masalalari
Dars turlari va ularning tuzilishi
1. Ta’limning tashkilif masalalariTa’limni tashkil etish shakllari deganda, aniq muddatda va tartibda о‘qituvchining о‘quvchilar bilan olib boradigan mashg‘ulot turlarini tushunamiz. Hozirgi kunda, umumta’lim maktablarida ta’limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarqalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bо‘lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlari odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog‘langan hamda bilim berish, о‘rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr о‘tishi bilan kо‘pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bо‘ladi. Ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh – guruh bо‘lib, tо‘plab о‘qitishni taqozo qilgan hamda ta’lim bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, о‘qituvchi tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan.
Shu davrga kelib о‘qitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bо‘la boshlaydi. Buning natijasida sinf – dars tizimi paydo bо‘la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bо‘lgan kishilar murabbiy, о‘qituvchi bо‘lib faoliyat kо‘rsatdi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug‘ullanganligi «Avesto» va boshqa tarixiy manbalarda ma’lum. Ammo qadim davrlarda ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma – bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Ta’limning tashkilif masalalari Al-Forobiyning «Fan va aql zakovat» asarida о‘quv fanlarini guruhlarga bо‘lib о‘qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta’lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (15921670) xizmatlari katta, uni sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.
Y.A.Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida, о‘quv mashg‘ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, о‘quv yili va о‘quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg‘ulotlar orasida tanaf-fuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi va soni bir xil bо‘lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida о‘quvchilar diqqatini tо‘plash, materialni batafsil tushuntirish, о‘quvchiga savollar berish, о‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Ta’lim muassasalari oldida turgan vazifalarning ijobiy hal etilishi mashg‘ulot (ta’lim jarayoni) mazmuni, ta’lim shakli metodlari hamda vositalari о‘kuvchilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, ularda chukur bilim va dunyoqarashni hosil qilish ishiga xizmat qiladi.
Ta’lim shakli о‘qituvchi va о‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan faoliyatlarining tashqi ifodasidir.
Qadim zamonlardanoq jamiyatning yetuk kishilari о‘qitish ishini tashkil qilishning ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarini topishga urunganlar. Hozirgi vaqtda respublika ta’lim muassasalarida о‘qitishning quyidagi shakllaridan foydalanilmoqda.
Dars о‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi. Sinf-dars tizimi quyidagi mazmunga egadir:
Har qaysi sinf yoshi va bilim darajasiga kо‘ra bir xil bо‘lgan о‘kuvchilarning doimiy guruhiga ega bо‘ladi;
Dars jarayoni asosan 45 daqiqa javom etib, qat’iy jadval asosida olib boriladi;
Dars о‘qituvchi va о‘quvchilarning faoliyat birligida asoslangan bо‘lib, bevosita о‘qituvchi raxbarligida jamoa, guruhi va yakka tartibda olib boriladi;
Dars mashg‘uloti о‘tilayotgan va о‘zlashtirilayotgan materialning mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navatdagi bilimlarni о‘zlashtirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
Darsda о‘qituvchi bilan о‘quvchining о‘zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslanadi. О‘qituvchi darsda barcha о‘quvchilar faoliyatini nazorat qiladi, shuningdek, о‘quvchilarning о‘zaro aloqalari va nazoratini qо‘llabquvvatlab turadi. О‘qituvchining dars jarayonidagi faoliyati о‘kuvchilar tomonidan fan asoslarining о‘zlashtirilishi ularda zarur kо‘nikma va malakalarni hosil bо‘lishi uchun zamin yaratadi.
Bugungi kunda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablar qо‘yilmoqda:
Darsning maqsadi va vazifalarining aniqligi hamda pedagogik jihatdan
tо‘g‘riligi;
Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchanlik vazifalarining birligi va uzviyligi;
О‘qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, о‘quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarni tanlash;
Mashg‘ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qо‘shib olib borish;
О‘qituvchining rahbarlik vazifasi bilan о‘quvchilar faol bilish faoliyatini birga olib borish;
Darslarning о‘zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bо‘lishiga erishish;
О‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish;
Darsda о‘quvchilarni о‘qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit yaratish;
Darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish;
Darsda о‘quvchilar erkinligini ta’minlashga erishish.
Bir soatlik darsga mо‘ljallangan dastur о‘quv materiali mazmunini bayon qilish, didaktik maqsad va talablarga muvofiq tashkil etilgan mashg‘ulot turi dars turi deb yuritiladi. Boshqacha qilib aytganda, о‘quvchilarni bilim, kо‘nikma va malaka bilan qurollantirishda mashg‘ulotning asosiy qismini ishg‘ol qilgan ta’lim shakli u yoki bu dars turini tashkil etadi.