3-MAVZU: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasiga zamonaviy yondoshuvlar Maqsad: Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasiga zamonaviy yondoshuvlarni o`rgatish
Kalit so`z: ta`lim, meyoriy hujjat, faoliyat, metadologik
Reja: 1. Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablari 2.Ta’lim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar.
1. Mualliflik о‘quv dasturlari davlat standarti talablari Ma’lumki, davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs,
jamiyat va davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda didaktikaning tarixiy va mantiqiy birlikning metodologik prinsipiga muvofiq ta’lim tizimi oldiga muayyan davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qо‘yadi.
Ta’lim jarayonini rejalashtirish professor-о‘qituvchilar faoliyatining asosiy jihatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Bunda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar vakuum ostida emas, balki ta’lim muassasining sharoitidan kelib chiqqan holda bajariladi. Professor-о‘qituvchilardan albatta ular faoliyat kо‘rsatadigan ta’lim muassasasi madaniyatini, tashkilotning maqsadini va dunyoqarashini, intilishini, qadriyatlarini va xarakterini tushunishi kutiladi. Muassasaning madaniyati va qadriyatlari albatta о‘quv dasturiga ta’sir kо‘rsatadi.
Xorijdagi oliy ta’lim muassasalarining kо‘pchiligi о‘zlarining vazifalarini bajarishda talabalarga muassasa maqsadlari va bitiruvchi о‘ziga xos xislatlari tо‘g‘risida fikrini berib boradi. Mazmunan bu umumiy tushunchalarda mazkur universitetda tahsil berilayotgan kurslar va dasturlar bо‘yicha talabaga kutilayotgan natijalarni beradi. Ushbu muassasa talablari albatta maxsus fanlar va fanlararo о‘quv dasturlarida aks ettirilgan va belgilangan bо‘lishi lozim.
Masalan, Oklend universitetida yaxshi hujjatlashtirilgan bitiruvchi profili mavjud bо‘lib, unda qо‘yidagilar kо‘rsatiladi:
Oklend universitetida bakalavr yо‘nalishida tahsil olib bitirgan talaba yuqori darajadagi bilimlarni egallab, ham mutaxassis bilimlariga, ham umumiy intellektual kо‘nikmalarga va hayotiy tajribaga ega bо‘ladi, va bu uning ishga joylashuvida, fuqarolik burchlarini bajarishda, shuningdek davomiy ta’lim olish va malakasini oshirishda asos bо‘lib xizmat qiladi.
Bitiruvchi profili talabaning tahsil olishida ham muassasa va ham dastur darajasidagi olinishi kutilayotgan natijalarni yaqqol ifodalab beradi. Shu sababli profil maxsus fanlarga asoslangan natijalar tavsiflari va о‘quv dasturlarini ishlab chiqish uchun yо‘riqnoma bо‘lib hisoblanadi. Professor-о‘qituvchilarning fakultetlar, maktablar va kafedralardagi roli ushbu maqsadlarga erishish uchun о‘quv dasturlarini, о‘qitish metodikasini va strategiyasini, pedagogik va ta’lim imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat (Maki, 2004). Kо‘plab universitetlar Bitiruvchi profiliga yoki Bitiruvchi xislatlari tavsifiga ega yoki ularni ishlab chiqmoqda.
О‘quv dasturini ishlab chiqishda о‘rganish natijalari yondashuvi hali yangiligicha qolmoqda, va kо‘plab professor-о‘qituvchilar boshida ushbu yondashuvni ham xodimlar, ham talabalar uchun tushunarli va mazmunli tavsiflab berishda qiynalishadi. 4 Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim ijtimoiy sohadagi ustuvor yо‘nalish deb belgilandi, oliy ta’limni joriy etishning metodologik va nazariy asosi bо‘lgan “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonun va“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da oliy ta’lim tizimi oldiga har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlagan va keyinchalik puxta о‘zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratish, jamiyat, davlat va oila oldidagi о‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalash kabi davlat buyurtmalari qо‘yilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda mazkur davlat va ijtimoiy uyurtmalardan oliy ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni о‘qitishga qо‘yiladigan maqsad va vazifalar shakllantiriladi.
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini о‘qitishda о‘qituvchi mazkur buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar:
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini о‘qitish jarayonida talaba-yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlardan tashkil
etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion va axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish;
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini о‘qitishda
tayyorgarlikning modul tizimidan
foydalangan holda о‘qitish jarayonini jadallashtirish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy
qadriyatlar asosida maxsus ta’limning insonparvarlik
yо‘nalishini
ta’minlash;
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlaridan ta’lim
jarayonining о‘quv-metodik majmualar va didaktik ta’minotning yangi avlodi silabusni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida
maxsus
ta’limning barcha darajalari va bо‘g‘inlarida talaba-yoshlarning
ma’naviy va
ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini о‘qitish
jarayonida talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish, ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga kо‘tarish;
Ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylashtirish
orqali talabalarning barkamolligini ta’minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyenik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish;
Bо‘lajak pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirishni bajarish lozim.
Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta’lim muassasalarida
maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini о‘qitishga zamonaviy yondoshuvlar mavjud:
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini о‘qitish
jarayoniga tizimli yondoshuv;
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini о‘qitish
jarayoniga modulli yondoshuv;
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini о‘qitish
jarayoniga innovatsion yondoshuv;
Maktabgacha ta’lim metodikasi turkum fanlarini о‘qitish
jarayoniga talaba shaxsiga yо‘naltirilgan yondoshuv.
Mazkur yondoshuvlarga xos xususiyatlarni aniqlash
maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlarini о‘qitish metodikasining dolzarb muammolari sanalib, har biri mashg‘ulotlar davomida alohida kо‘rib chiqiladi.
Yuqorida qayd etilgan yondoshuvlarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun avvalo oliy ta’lim tizimida barcha о‘quv fanlari, xususan maktabgacha ta’lim pedagogikasi turkum fanlaridan tashkil etiladigan о‘qitish jarayonini ilmiy-nazariy asoslari bо‘lgan о‘qitish prinsiplari va qonuniyatlarini aniqlash lozim.