7. О‘qitishning puxtaligi prinsipi. Ta’lim berishning muxim vazifalaridan biri mustaqil bilim olishga, malaka va kо‘nikmalar ta’sir qilishga erishishdan iboratdir.
Bilimlarni о‘zlashtirishning puxtaligi quyidagi omillarga bog‘liq:
Ta’limning puxtaligi prinsipi о‘quv jarayoniga nisbatan quyidagi talablarni qо‘yadi:
Birinchidan. Mashg‘ulot materialida asosiy fikrni aloxida ajratib kо‘rsatish kerak. Mashg‘ulotda takrorlash, tushuntirish, mustahkamlash asosiy qismlarini tashkil qiladi. Mashg‘ulotda о‘rganiladigan material nazariy qoidalardan, aniq ma’lumot, bayon va izohlardan iborat bо‘lishi kerak.
Ikkinchidan. Nazariy bilimlarning asosiy fikr negizida guruhlanadigan, birlashadigan qismini yaxshi tasavvur etish kerak. Asosiy qoidalar bilim, kо‘nikma va malakalarning shakillantiradigan bо‘lsa, u xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Uchinchidan. О‘rganilayotgan materialning nuqtai nazarlari, e’tiqodlari, dunyoqarashi bilan bog‘liqligi bilimlarini puxtaligini ancha oshiradi.
Tо‘rtinchidan. О‘quvchining bilim kо‘nikma va malakalari amaliyot bilan bog‘lansa, ya’ni, amalda qо‘llanilsa ular mustahkam bо‘ladi. О‘quvchilarga olinayotgan bilimlarining amaliy ahamiyati, hayotda ularni qо‘l kelishini tushintirish bu borada о‘ta zarur.
8. Ta’limni alohidalashtirish prinsipi. Mashg‘ulot olib borishning sinf – dars shakli mavjud, ya’ni bunda jamoa holda о‘quv faoliyati tashkil qilinadi.
Ayrim о‘quvchi-talabalar bunda tez о‘zlashtirish qobiliyatiga, ayrimlari sekin о‘zlashtirish qobiliyatiga egadir. Kimdir u fanga, kimdir boshqasiga qiziqadi. Bolalarning yosh xususiyati ham о‘zlashtirishga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi.
Shu sabablarga asoslanib ta’lim berish darajalashtiriladi (differensiyalashtirish) va alohidalashtiriladi (individuallashtirish).
Darajalashtirish ikki xil ma’noda bо‘ladi:
Birinchidan, ta’limning mazmuniga nisbatan ijtimoiy talablarga, о‘quvchilarning moyilligiga muvofiq darajalashtirilgan tarzda yondoshuv (alohida fanlar bо‘yicha maktablar va boshqa tilda): Bunday yondoshuv individual qiziqishlardan, о‘quvchilarning qobiliyatlaridan yaxshiroq foydalanishga yordam beradi;
Ikkinchidan, sinfni qobiliyatlilar va о‘qitish darajasi bо‘yicha bir necha guruhlarga bо‘linadi;
Qoloq va о‘rta о‘qiyotgan о‘quvchilarga nisbatan alohida yondoshish talab qilinadi. Alohida yondoshish yordamida о‘quvchilarda aqliy harakat va fikrlash jarayonlari shakllanadi.
Shunday qilib, о‘quvchi-talabalarning bilimini mustahkam о‘zlashtirishlariga, bilim va malakani egallashlariga barcha ta’lim prinsiplarini – tushunarlilik, tizimlilik, ilmiyl ik, kо‘rgazmalilik, onglilik va о‘quvchilar faoliyatini amaliyotga tadbiq etish bilan erishiladi.
Yuqorida qayd etilgan prinsiplarning barchasi qamrovli (kompleks) tarzda qullanilmaydi. Ularning har biriga ijodiy tarzda yondashiladi.
Ta’lim prinsiplarni qо‘llashda quyidagi tavsiyalarga rioya qilish kerak.
О‘qituvchi faqat bir ta’lim prinsipiga suyanmasligi kerak. Asosan ularning tartibiga, ilmiy asoslangan maqasad tanlashga, metodlarni belgilashga va о‘quvchilar faoliyatini tashkil qilish vositalarini ajratishga va о‘kuv jarayonini tashkil qilishga e’tibor berish lozim.
О‘qituvchi har bir prinsip va ularning tartibiga, asosiy qonunlar va qonuniyatlarni hayotga tatbiq etuvchi, hoziri davr ta’lim konsepsiyasining negizi deb bilishi kerak.
О‘qituvchi pedagogik jarayonning о‘zaro ta’sir etuvchi qismlarini bilishi hamda ta’lim prinsipi qonuniyatlariga suyangan va pedagogik jarayonning uyg‘unlikda bо‘lishiga erishgan holda, qismlarning о‘zaro ta’sirini tartibga solishi kerak.