2. Ta’limning ilmiylik prinsipi. Bizni qurshab turgan borliqni bilish jarayoni murakkab, ziddiyatli bо‘lishi, har-xil bosqichlarni, shakllar va turlarni о‘z ichiga oladi. Ilmiy bilish narsaning tashqi tasviridan uning ichki tuzilishini tasvirlashga о‘tishidan iboratdir.
Ilmiy bilimlar qonuniyatlar sari, nazariya sari olib boradi.
Ilmiylik prinsipi ilmiy bilimlarning о‘quv faoliyatidagi о‘rnini ochib beradi.
Agar о‘quv materiali narsalarning faqat tashqi, kuzatiladigan xususiyatlarini yoritsa, bunday bilim ilmiylik darajasiga yetmagan bо‘ladi.
Agar о‘quv materialni bilan qonunlar, tushunchalar, formulalar va teoremalar olami bilan tanishtirsa, bunday bilimlar ilmiy bilimlar deb atalardi.
Ular о‘kuvchini aqliy rivojlantiradi. Faqat ana shunday bilimlardagina о‘quv fanining ilmiy mazmunini о‘zlashtirib olishga kelgusida esa fanni egallab, mehnatda faol ishtiroq etishga imkon beradi.
2. Ilmiylik prinsipini amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim.
О‘quvchilarni pedagogika, psixologiya, metodika fanlarining eng sо‘nggi yangiliklari bilan tanishtirib borish.
О‘quvchilarga о‘rgatilgan, berilgan har bir ilmiy tushuncha doimiy ravishda takrorlantirilib borishi zarur.
Ilmiy bilish metodlaridan foydalangan holda, о‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni о‘stirish va ularni ijodiy ishga tayyorlash.
Doimiy ravishda о‘quvchilarni yetakchi olimlarni hayoti va ijodi va ilmfanga qо‘shgan hissasi bilan tanishtirib borish kerak.
Dars jarayonida yangi ilmiy iboralardan foydalaning va eng sо‘ngi ilmiy kashfiyotlar haqida tushunchaga ega bо‘ling.
О‘quvchilarni qidiruv-tadqiqot ishlarini qо‘llab-quvvatlang. Ularni eng oddiy tajribalarni о‘tkazish asoslari bilan tanishtiring.
3. Ta’limning tizimlilik prinsipi. Ta’limning tizimlilik prinsipi о‘quvchilardagi ilmiy bilimlarni mustahkam va chuqur bо‘lishiga asoslanadi.
О‘quvchilardagi atrof-muhat tо‘g‘risidagi bilimlar, о‘quv materiallari о‘quv jarayonida ketma-ketlik asosida chuqurlashtirilib borilsagina ularda mantiqiy fikrlash rivojlanib boradi va ular о‘quv materialini oson о‘zlashtiradilar.
О‘quvchi bilimlarining ilk manbaini, narsalarning, hodisalarning о‘zaro munosobatlarini tasavvur eta bilishlari shart. О‘quv materiali fanning maxsus ishlangan asoslari, qismlari, qoidalari, bо‘linmalaridan iboratdir.
Fandagi bilimlarning maktabdagi о‘kuv materialiga asos qilib olinishini tо‘g‘ri tushinib yetish shart. О‘quvchi tomonidan materialni о‘zlashtirish о‘qituvchining tushuntirish usullariga bog‘liqdir. О‘qituvchining mahorati va yaxshi tayyorgarligi о‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta va tizimli tarzda о‘zlashtirishga asos bо‘ladi.
Bir hildagi bilim turli xil metodlar, vositalar bilan berilishi mumkin. Bunda о‘kituvchi tushuntirishning eng maqbul metodini tanlab oladi.
О‘quvchilarga bilim berish ularning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan reja asosida amalga oshirilishi shart.
Har bir mashg‘ulotda ta’lim tizimi mahsuldor bо‘lishi kerakligidir. Bu demak, rejadagi bilimni chuqur о‘rganish, fikrlash, xotirani, hissiyotni, tasavvurni tarbiyalash hamda о‘kuv faoliyati davomida paydo bо‘lgan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan xislatlarni hosil qilishdir.
Amaliy faoliyatga tizimlilik va ketma-ketlik prinsiplarini tadbiq etishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
о‘quvchilarni bilimlarni о‘zlashtirishlari uchun dars jarayonida reja, sxema va jadvallardan foydalaning. О‘quv materialini mantiqan tugallangan qismlarga ajrating va uni ketma-ketlik asosida ularga о‘rgatib boring;
darsda va dars rejasiga har tomonlama tо‘liq ochib beriladigan masalalarni kiriting;
dars о‘tish jarayonida dars mazmunini ketma-ketligini buzilishiga yо‘l qо‘ymang;
ta’lim jarayonida fanlararo bog‘liqlikdan foydalaning;
ta’limda tizimlilik va ketma-ketlikni ta’manlash uchun о‘tilgan mavzularni tez-tez takrorlab boring;
takrorlashdan dars boshida о‘tilgan mavzuni о‘zlashtirilish darajasini tekshirish va dars yakunida olingan ma’lumotni mustahkamlash maqsadida emas, balki dars davomida har bir qismni о‘tib bо‘lgandan sо‘ng ham
foydalanish zarur;
fanni bir bо‘limini о‘tib bо‘lgandan sо‘ng umumlashtiruvchi va tizimga soluvchi dars о‘tkazing;
о‘quvchilarni og‘zaki javoblari va yozma ishlarida uchragan xatolarni doimiy ravishda xushmuomilalik va chidamlilik bilan tо‘g‘rilab boring;
dars davomida о‘quvchilarni aqliy faolliklarini rivojlanish qonuniyatlariga, aqliy faollikni pasayishi va kо‘tarilish jarayonlarini tо‘g‘ri reja о‘quvchilarga yangi bilimlarni ketma-ketlik tarzida о‘rgating shundagina bu bilimlar о‘quvchilar ongida mustahkamlanib boradi.