Guliston davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə6/67
tarix22.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#190204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
portal.guldu.uz-Metodika fanlarni o`qitish texnalogiyalari

Pedagogik jarayon–pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy kategoriyalaridan biri.
Pedagogik jarayon tarbiyachilarning pedagogik faoliyati
boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning о‘ziniо‘zi о‘zgartirishining maqsadga yо‘naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.
U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bо‘ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, tarbiyachilarning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog‘liq о‘zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.
Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog‘langan. Uning mohiyati, mazmuni va yо‘nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining real о‘zaro harakatiga bog‘liq bо‘ladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati-yagonalik, undagi barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi.
Pedagogik jarayon-kо‘plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig‘indisidir. Unda о‘qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari birlashadi.
Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bо‘ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari:
uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;
undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;
umumiy mavjudlik va о‘ziga xoslikni saqlashda namoyon bо‘ladi.
Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining о‘zaro aloqadorlikda qonuniy joy egallashi birligini о‘zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash mumkin. Tuzilish (struktura)–bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani bо‘yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. Pedagogik jarayonning о‘zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning о‘zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi.
Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
pedagog-tarbiyachilar;
tarbiyalanuvchilar;
tarbiyaviy shart-sharoitlar.
Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha kо‘p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha о‘z ichiga qamrab oladi.
Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha kо‘p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha о‘z ichiga qamrab oladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin