Adabiyotlar 1. Джамилова.Н Мактабгача методика фанларини ўқитиш
технологияси.
2. Зуфаров Ш. Педагогик инноватика. – Т.: “Фан ва
технологиялар” нашриёти, 2012 209
3. Абузалова М., Тоирова Г. Малакавий битирув иши ёзиш учун
методик кўрсатма ва тавсиялар – Т.: “Фан” нашриёти, 2007, - 28 б.
4. Ходжаев Б.Х. Ўқувчиларнинг мустақил фикрлашини
шакллантириш йўллари. - Т.: ТДПУ, 2008. - 65 б.
5. Байбаева М. Х. Мустақил таълим олиш технологияси ва
касбий йўналганлик // Касб-ҳунар таълими. – Тошкент, 2005.
1.Ta`lim prinsiplari «Didaktika» grekcha sо‘z bо‘lib, «о‘qitish», «о‘rgatuvchi» degan ma’nolarni anglatadi. «Didaktika» sо‘zining ma’naviy tarjimasi «Ta’lim nazariyasi» demakdir. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayoni tushunchasi va mohiyatini, ta’lim tamoyillarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari mazmunini aks ettiradi. Ta’lim nazariyasining asosiy mohiyati ta’limni tashkil etishdan iboratdir. Ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, kо‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Didaktika pedagogikaning sohasi sifatida bilim, kо‘nikma va malakalarni yetkizishga oid uyushgan faoliyat qonuniyatlarini va ularni yosh avlod tomonidan о‘zlashtirilishini о‘rganadi. U о‘qitish jarayonini yо‘lga qо‘yishga oid normativ talablarni ishlab chiqadi.
Jamiyatning ijtimoiy ehtiyojiga, fan va ishlab chiqarishning hozirgi darajasiga tayanib, didaktika о‘zining о‘rganish predmetini ishlab chiqadi, о‘qitishning maqsadi (nega о‘qitiladi), yosh avlodni nimaga tayyorlanadi, о‘qitishning mazmuni (nimaga о‘rgatiladi), о‘qitishni tashkil etishning shakl va metodlari (qanday о‘qitish) va uning natijalarini hisobga olish, nazorat qilish.
Didaktika asosini – ta’lim prinsiplari tashkil etadi.