Bu jarayonning asosiy vositasi sifatida individning o’zi, ongli ravishda, ixtiyor qilib, maqsadli bajaradigan, ixtyoriy harakatlar (jismoniy mashqlar)dan, tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan foydalaniladi. 1. Jismoniy mashqlar jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining asosiy vositasi sifatida Jismoniy mashqlar tarixan gimnastika, o’yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining asosiy vositasi sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham foydalanilmoqda. “Jismoniy mashq” atamasi jismoniy madaniyat nazariyasining yetakchi tushunchalaridan biri. Tushunchasining ta’rifi qator mualliflar tomonidan turlicha ifodalangan. A.D.Novikov. L.P.Matveev, B.A.Ashmarin, B.A.Shiyan va boshqa qator mualliflar – “Jismoniy mashq” jismoniy tarbiya qonuniyatlarining talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumlaridir.

Tarbiya jarayonida jismoniy mashqlarning samarasi ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bunday omillarni hozirgi kunda quydagicha guruhlash tavsiya etiladi. 1. O’qituvchi va o’quvchilarning shaxsiy tavsifi omillari. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama - o’quvchilar o’qiydi, o’qituvchi o’qitadi. Harakatning tezligi deb inson jismining yoki uning ayrim a’zosining ma’lum vaqt birligi ichida fazoda o’rin almashishi tushuniladi. Boshqachasiga - tezlik yo’l uzunpigini tananing yoki uning ma’lum qismini shu yo’lni bosib o’tish uchun sarflangan vaqtga nisbati bilan o’lchanadi. Tezlanish - tezlikni qisqa vaqt davomida oshirilishi
Keskin harakat - harakat yuqori tezlikda boshlanib, maromi tezlashib va sekinlashib borishi. Harakatning davomiyligi - bajarilishining uzunligi.
Harakatning tempi (sur’ati) - deganda harakat akti, faoliyati tsikli (davri)ning qaytarilish chastotasi yoki ma’lum vaqt birligi ichida bajarigan harakat tushuniladi.
Harakat ritmi - deganda, aktiv muskul zo’riqishi va uni taranglashishini ma’lum vaqt ichida passiv va kuchsiz harakat fazalari bilan bog’liq holda namoyon bo’ladigan xarakterli tomonlarini tushunamiz