Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya kafedrasi


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o‘yinlardan foydalanish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə9/10
tarix16.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#98847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi

2.3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik o‘yinlardan foydalanish


Bolalar o‘sib, ulg‘aygani sari ularning nutqi ham rivojlanib boradi. Bu davrda ba’zan nutqning ma’lum darajadagi buzilishlari kuzatilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshidagi boalalarda uchraydigan nutq kamchiliklaribartaraf etish yuzasidan xilma – xil yo‘nalishda tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, Rossiyada R.Ye. Levina, L.F. Slirova, V.A. Kavshikov, Ukrainadi Ye.F. Sabotovich, O‘zbekistonda L.R. Mo‘minova, Ye.A. Boboeva tomonlaridan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Biz o‘z tadqiqotimizda Ushbu muammolar echimini echishga harakat qildik. Biz bolalar nutq faoliyatiga o‘yinlarning qay darajada ta’sir etishni turli xil o‘yinlar orqali sinab ko‘rishga harakat qildik. Nutq buzilishlari bola shaxsining shakllanishiga, bilish faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
Ma’lumki nuqsonli bolalar bilan muloqotga kirishish uchun, pedagogga pedagogik mahorat juda kuchli bo‘lmog‘i lozim. Chunki ko‘pgina nuqsonlo bolalar (o‘zlaridagi nuqsonlari sababli) o‘zgalar bilan muloqotga kirishishni istashmaydi, istashsa ham qiynalishadi.7
Insonlar bir birlari bilan muomilaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri o‘zaro bir biriga ta’sir ko‘zsatish, ya’ni fikr- g‘oyalariga yaxshi ta’surot qoldirishdir.Ammo ko‘pgina nuqsonli bolalarning fikr doirasi kuchsizroq bo‘lib, ega bo‘lgan fikrlarini ham nutqida aniq bayon ettirishga (nuqsonlari sababli) qiynalishadi. Shuning uchun pedagog birinchi bo‘lib nuqsonli bolalarga psixologik ta’sir bu- turli vositalar yordamida bolalarning fikrlari, hissiyotlari va xatti harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishi darkordir.
Ma’lumki nutq – bu so‘zlashuv o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi –so‘zlar hisoblanadi. Manologik nutqda, diologik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanilib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi. Hutqida nuqsoni bor bola esa ko‘pgina hollarda shu nuqsonini yashirishi natijasida muloqotda kirishishni istamaydi, kirishsa ham tor doiradagi insonlar (oila a’zolari, bog‘cha opasi va bir necha yaqin do‘stlari) bilan muloqotga kirishadi. Shu sabab ularning so‘zlar zaxirasi kam, davragirlik xislatlari sust bo‘ladi. Ertaliklarga ham o‘zlariga berilgan sherni qiynalib aytishadi.
Ba’zi hollarga bunaqa bolalar nutqning paralingivistik ta’sirning bazi bir omillari nutqni susaytiruvchi, past tovushida ifodalash, to‘xtashlar, duduqlanish, yutal, til bilan amalgam oshiriladigan harakatlar, nidolardan foydalanadi. Muloqot jarayonidagi harakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir birlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishini o‘ylar ekan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori- bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqoridagi ta’kidlangan vositalardan foydalanadi.
Shunday ekan, suhbat jarayonida bola o‘zini tashabbuskor etib his qilishi, ya’ni bola suxbatda o‘zini asosiy rolda ekanligini sezishi kerak, buning uchun pedagog diologni shu maqsadda tuzishi lozim.eng avvalo bola bilan ishonchli munosabat o‘rnarishi kerak.Suxbat jarayonida bola uni yaxshi ko‘rishlarini va u to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlarini his eta olishi juda muhimdir. Pedagogning muloqot jarayonida o‘yin, nutqiy mashqlar, barmoqlar teatri, qisqa saxna ko‘rinishlarini o‘ynash, rasmli topishmoqlar, ta’limiy o‘yinlar, barmoqlar gimnastikasi va qofiyali so‘zlar o‘yinidan foydalanishi muloqotning ijobiy o‘tishiga yordam beradi. Bola tomonidan berilgan bilimlarning o‘zlashtirilishi uning hotirasiga ham bog‘liqdir.
O‘yin inson faoliyatining ko‘rinishlaridan biridir. Tadqiqotchilar o‘yinning qadrini bola xulqini shakllantirishdagi kishining muomala chog‘idagi xatti – harakatini aniqlab olishdagi ahamiyatini ta’kidladilar. O‘yin bola hayotining uzviy qismidir. Bolalarning o‘yin dunyosi boy va xilma – xildir. Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda o‘yin usullari hamda elementlaridan foydalanish samarali natija beradi va shu sababdan keng qo‘llaniladi. Shu sababli o‘yin faoliyatidan keng foydalanish orqali bolaga har tomonlama ta’sir etish mumkin. O‘yin bolaning aqliy rivojlanish vositasidir. O‘yin vaqtida xilma – xil aqliy jarayonlar faollashadi, o‘yinning vazifa va shartlari esa diqqatni to‘plash, analizatorlarni farqlash, taqqoslash, umumlashtirish jarayonlarining faollashuvini talab etadi. Bir xildagi harakat va so‘zlarning ko‘p takrorlanishi bola ongida narsa va hodisalar haqidagi mustahkam bog‘lanishlar hosil qiladi, muayyan fikr, xatti – harakatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
“O‘yin – sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o‘t oldiruvchi uchqundir”, degan edi V. A. Suxomlinskiy. O‘yin bolalarning har tomonlama kamol topishida kata ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yin vaqtida bolalarning sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, diqqat, iroda, xissiyot va boshqa ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O‘yinlar bolalarning aqliy faoliyatini o‘stirishga, ularning fikriy tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning xis tuyg‘ularini shakllantirishga, ayniqsa, ularning sezgi a’zolari (ko‘rish, sezish, tinglash va .b) faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Didaktik o‘yinlar xilma – xil materialllar asosida tashkil qilinadi. Masalan: qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar, rang – barang rasm va kartochkalar, turli geometrik shakllar, tabiiy materiallar shular jumlasidandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda didaktik o‘yinlarning ag‘amiyati katta, bu o‘yinlarni keng qo‘llash bola tafakkuri, idroki, zehni, xotirasi, irodasi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolada atrof olamni bilishga bo‘lgan qiziqish ortadi, ziyrakligi, ixtiyoriy diqqati, topqirligi tashabbuskorligi mustahkamlanadi. Bolalarda o‘yin orqali, kattalarning xatti – harakati orqali voqe’likka munosabat shakllanadi, dunyoqarash, aqliy, axloqiy va jismoniy tomondan tarbiyalanadilar. O‘yinlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: Didaktik o‘yinlar; dramalashtirilgan o‘yinlar; syujetli – roli; harakatli o‘yinlar.8
Didaktik o‘yinlarda bolalarning aqliy jixatdan o‘stirish uchun kerakli bo‘lgan muhim sifatlar hosil bo‘ladi. O‘yinlar bolalarning yoshiga va ruhiy rivojlanishiga qarab tanlanadi. Ta’limiy o‘yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o‘stirib boriladi. O‘yin ko‘rgazmalilik, oddiydan murakkabga o‘tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi va logopedlar ta’limiy o‘yinlarni o‘tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o‘yindan to‘g‘ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya’ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta’limiy o‘yinlar orqali bolalar eshitish, ko‘rish, sezish a’zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o‘rganadilar. Ta’limiy o‘yinlar guruhlarda quyidagi xilda o‘tkaziladi.
O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko‘ylaklar". Stol ustiga qo‘yib o‘ynaladigan o‘yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko‘rsat", "Kimning qo‘lida nima bor?". Og‘zaki usuldagi ta’limiy o‘yinlar- "Qo‘g‘irchoq Lolaxonni cho‘miltiramiz", "Qo‘g‘irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o‘yinlar kiradi.
Eshitish va ko‘rish a’zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari O‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu o‘yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim - kechak va boshkalar, kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko‘rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o‘ynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag‘on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o‘yini", "Bog‘bonlar" o‘yinlari orqali bolalarda mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Mazkur o‘yin jarayonida nutq muhim ahamiyat kasb etadi: u orqali bolalar fikr, his tuyg‘u va kechinmalar bilan almashinishadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar o‘rnatishadi. Nutq bolalarga tevarak – atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xil munosabatda bo‘lishga yordam beradi. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar Bilan olib boriladigan didaktik o‘yinlar so‘z va gaplarni tahlil qilishga, so‘zlarda tovush va harflarning o‘rnini aniqlash, jumlalarni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatadi. 
O`yin rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning asosiy faoliyatlaridan hisoblanadi. O`yin doim haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot o`zgarishi bilan uning mazmuni ham o`zgaradi. O`yin ma’lum maqsadga ko`ra yo`naltirilgan ongli faoliyat bo`lib, uning mehnat bilan ko`p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga xizmat qiladi. O`yin faoliyati asosida bolada o`quv faoliyati rivojlanadi. Shuning uchun bolalarning o`yin faoliyatini rivojlantirishga ahamiyat berishimiz kerak. Bola hech qachon jim o`ynamaydi, bitta o`zi o`ynasa ham u o`yinchoq bilan gaplashadi, o`zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o`matadi, onasi, bemor, shifokoi xullas haminahaiiimaning o`rniga o`zi gapiradi. So`z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o`yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o`z his-tuyg`u, kechinmalarini o`rtoqlashadi. So`z bolalar o`rtasida do`stona munosabatlar o`rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xilda munosabatda bo`lishga yordam beradi. Bolalarning o`zi yaratgan o`yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan o`yinning g`oyasi, mazmuni, o`yin harakatlari, rollar, o`yin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. O`yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Agar tarbiyachi bolalar o`yiinini oqilona tashkil eta olsagina u ijobiy natijalarga erishishi mumkin. A.P. Usova shunday degan edi: «Bolalar hayoti va faoliyatini to`g`ri tashkil etish — ulami to`g`ri tarbiyalash demakdir. Bolalarni tarbiyalashning o`yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o`yinda bola yashashni o`rganmaydi, balki o`z hayoti bilan yashaydi». O`yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O`yin bilan ta’lim o`rtasidagi bog`liqlik bola ulg`aygan sari o`zgarib boradi. Kichik guruhda o`yin ta’lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg`ulotlarda ta’limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o`zlarida maktabdagi o`qishga ishtiyoq uyg`onib qoladi. Ammo bolalar uchun o`yinning qadri yo`qolmaydi, balki mazmuni o`zgaradi. Endi bolalarni ko`proq fikriy faollikni talab etuvchi o`yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o`yinlar qiziqtira boshlaydi.9 O`yin bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasidir. O`yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, malaka va ko`nikmalari harakat usullarini, axloq normalari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladilar. O`yinda bolaning o`z tengdoshlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi. Bolalarning o`yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo`linadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o`yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o`yinda bolalar o`rtog`ining o`yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga o`ynab, «yonma-yon» o`tirganlaridan xursand bo`ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o`yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta’sir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar o`yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo`ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi o`yinga qiziqishi aniq bo`la boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o`yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o`yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o`yinlar ma’qulroq bo`ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o`yin bilan uzoqroq o`ynashga o`rgatishdir. Uchinchi bosqichda o`ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do`stona munosabat va o`zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o`ynovchilar soni ko`p bo`lmasa-da, bolalar qiziqib o`ynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o`yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o`zaro yordam, o`rtoqlik, do`stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalar bog`chasida bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini ta’minlash uchun yosh guruhlarida rang-barang o`yinlardan foydalanish zarur. Ijodiy o`yinlar qoidalarining ichki, yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik yaratadi; uning o`ynayotgan jamoa oldidagi vazifasi tayyor qoidali o`yinlar mazmuniga nisbatan noaniqroq bo`ladi. Bu o`ynovchiga suyujetni osonlik bilan o`zgartirish, qo`shimcha rollar kiritish imkonini beradi. Ijodiy o`yinlar bolalarda katta qiziqish uyg`otadi va ularga ulkan ta’sir ko`rsatadi, biroq bolalar hayotini tashkil qilishda faqat shu o`yinlardan foydalanish xato bo`lur edi. Bolalarning qoidali o`yinlarni egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega.10 Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini so`ng esa bolalarning bir-biriga bo`lgan munosabatini belgilaydi, bolaga o`zini va o`zi bilan birga o`ynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik o`yinda bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola o`ynayotganda bolalar jamoasi bilan muayyan munosabatda bo`ladi. O`yinning ijtimoiy ta’siri, u uyg`otadigan hislar unda tarkib topadigan munosabatlarda mujassamlashgan bo`ladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab turli muloqot shakllarini qo‘llagan holda ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish bilan birga nutq madaniyatini va muloqotga kirishishni ham oʻrgatib borishlari zarur hisoblanadi.
Odamning aqliy faoliyati – bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma-xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko‘pgina vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan keng ko‘lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta’minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo‘shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko‘ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o‘rtaga qo‘yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kirar ekan demak, aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko‘nikmalarini, kitob bilan ishlash ko‘nikmalarini egallash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham bog‘liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo‘lgan bir qancha vazifalarni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko‘rsatkichining yuqoriligida ko‘rish mumkin. Shunday qilib maktabgacha ta’limning pedagogik jarayonda o‘yin jarayonida, maktabgacha yoshidagi bolalarni aqliy rivojlanishiga katta ahamiyat qaratish lozimdir.11
Maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqotdagi qiyinchiliklarning psixologik sabablari quyidagilardan iborat:

    1. Nutqiy rivojlanishning yetarli darajada bo'lmaganligi. Maktabgacha yoshda bolalar nutqiy ko'nikmalari, leksik zaxirasi va grammatik bilimlari cheklangan bo'ladi, shu sababli ular fikrlarini to'liq ifoda qila olmaydilar.

    2. Shaxsiy-emotsional sohada rivojlanishning sustligi. Maktabgacha yoshda bolalar o'z his-tuyg'ularini nazorat qila olmaydilar va ularni boshqalarga yetarli darajada tushuntira olmaydilar.

    3. Ijtimoiy ko'nikmalar yetishmasligi. Maktabgacha yoshda bolalar muloqot jarayonidagi ko'plab ijtimoiy ko'nikma va qoidalarini, masalan, savol-javob, fikr almashish kabi ko'nikmalarni egallamagan bo'ladi.

    4. Diqqat-e'tiborni to'xtata olmaslik. Maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini qisqa muddatga to'xtata olmaydilar, natijada muloqot paytida ham ularda diqqatni bir narsadan boshqa narsaga ko'chirish hollari kuzatiladi.

Shu sabablarga ko'ra, maktabgacha yoshidagi bolalarda muloqotda qator qiyinchiliklar, xususan, o'z fikrini ifoda etish, boshqa insonlarni tinglash kabi muammolarga duch kelinadi. Muloqot ko'nikmalarini oshirish uchun sabr, sho'ro va amaliy yordam kerak bo'ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi qiyinchilikni tahlil qilish uchun, yosh o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini tushuntirish zarurdir. Yosh o'quvchilarning o'ziga xos bo'lgan jinsiy ko'rsatkichlar, yoshligi, millati, shaxsiy tarixi va boshqa xususiyatlari mavzuga oiddir.
Muloqot qilishda qiyinchilikka duch kelish o'quvchilarning o'z-o'ziga va boshqa insonlarga ishonchli bo'lishi, o'zini ifoda qilishga o'rganganligi, boshqa kishilar bilan o'zaro aloqalarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa o'quvchilarning ijodiy va ijtimoiy rivojlanishiga alohida ahamiyat qiladi.
O'quvchilarning psixologik xususiyatlari tushuntirilgandan so'ng, ularning muloqotdagi qiyinchiliklarini bartaraf qilish uchun qo'llanmalar, tavsiyalar va psixologik yordam kerak bo'lishi mumkin. O'quvchilarning o'z-o'ziga ishonchli bo'lishi, o'zini ifoda qilishni o'rganish, boshqa kishilar bilan o'zaro aloqa rivojlantirish va o'z-o'zini o'zgartirishga harakat qilish ham shunday qiyinchiliklarni azaltishga yordam beradi.
Bundan tashqari, o'quvchilarning muloqotdagi qiyinchiliklarini bartaraf qilishda o'qituvchilar, ota-onalar va psixologlar yordam berishi kerak. Ularning o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini tushuntirish va ularning o'zaro aloqalarini rivojlantirish uchun zarur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

  2. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016.

  3. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda. Vohidov. M. “Bolalar psixologiyasi” T.,1999.

  4. Davletshin. M va boshqalar” Yosh va pedagogik psixologiya “T., 2002

  5. Nishonova.Z ,Alimova.G “Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi” T.,2006

  6. Shomaxmudova R.Sh., Mo`minova L.R. «Bog`cha va kichik maktab yoshidagi bolalar talaffuzidagi nuqsonlarni tuzatish». T., 2000 y.

  7. Norboshyeva. M.O “Bolalar psixologiyasi” T., 2002

  8. G‘oziеv E.G. Psixologiya Toshkеnt «Univеrsitеt» 1994

  9. G‘oziеv E.G. Psixologiya.Toshkеnt, «O‘zMU»,2002.

  10. G‘oziеv E. G. Tafakkur psixologiyasi. Toshkеnt. 2002

  1. G‘oziеv E.G‘. O‘quvchilarda umumlashtirish usullarini shakllantirish va ularning aqliy taraqqiyoti. Toshkеnt. 2001.

  1. G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Monografiya. - Toshkent: Noshir. 2011.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin