Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya kafedrasi


Bolalardagi nutq kamchiliklarini tekshirish usullari haqida



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə6/10
tarix16.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#98847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi

1.3. Bolalardagi nutq kamchiliklarini tekshirish usullari haqida


Maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalarni maktabda o‘qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya’ni boshlang‘ich sinflarda muvaffaqiyatli o‘qish, boshlang‘ich maktabning dasturni to‘la o‘zlashtirib olish uchun zarur bo‘lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko‘nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qo‘yadi. Bolaning aqliy rivojlanishida og‘zaki nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega.
Tarbiyachi bolaning so‘z boyligini aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatadi, og‘zaki nutqning turli shakllarigi – monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib berish) va dialogga (so‘zlashuv yoki savol – javob nutqiga), so‘zlarni grammatik jihatdan to‘g‘ri o‘zlashtirish va to‘g‘ri tuzishga o‘rgatadi. Bolalar bog‘chasida ham, maktabda ham olib boriladigan tillar ta’lim standartlari, dasturida ko‘rsatilgan bilim va malakalarni hosil qilish, shaxsning ba’zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga qaratilgan. Dastur talablarini to‘laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o‘qituvchilar o‘z tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi. Tarbiyachiik tekshirishlar ta’lim-tarbiya usullari va prinsiplari asosida olib boriladi va bunda bola har tomonlama tekshirib ko‘riladi. Tarbiyachiik tekshirishlar ikki shaklda olib boriladi: induvidual va frontal tekshirishlar. Induvidual tekshirishlar o‘quv yilining boshida tarbiyachi yoki o‘qituvchining har bir bolani kamida ikki hafta davomida kuzatib borishidan iborat bo‘ladi.
Frontal tekshirish vaqtida bolalar bog‘cha gruppasi yoki sinfda she’r, hikoya aytib beradilar, savollarga javob qaytaradilar yoki rasmga qarab hikoya tuzadilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy holati, artikulyasiyasi, nutq sur’ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati kuzatib borilib, ular nutqidagi kamchiliklar aniqlanadi. Shundan so‘ng nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar alohida ro‘yxatga olinadi, gruppaning nutq kartasi tuziladi. Nutqida kamchiligi bo‘lgan har bir bola uchun induvidual nutq kartasi to‘ldiriladi. Nutq kamchiligiga ega bolani xar tomonlama tekshirish, uning (tug‘uruqqacha, tug‘uruq vaqtidagi va tug‘uruqdan keyingi davri to‘g‘risidagi, shaxsining rivojlanishi haqidagi zarur ma’lumotlarni bilish zarur.
Tekshirishning asosiy bosqichida tarbiyachi bola haqidagi anamnez ma’lumotlarini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan suhbat o‘tkazadi. Ota-onalar bilan suhbatda tarbiyachi oilada bo‘lib utgan alohida ahamiyatga ega hodisalarni va shunga bog‘liq holda bolalarning umumiy nutq tarakkiyotining o‘ziga xos tomonlarini aniqlaydi.
Bolaning tug‘uruqkacha, tug‘uruq vaqti va tug‘uruqdan keyingi davrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos tomonlari aniqlandi. Bu quyidagi taxminiy tartib asosida olib boriladi:

  1. tug‘uruqqacha bo‘lgan davr. Ona bilan suhbatda tarbiyachi ba’zi nasliy omillarni belgilaydi: ota-onalarning bola tug‘ilgunga qadar salomatligining axvoli, ularda asab-ruhiy, teri-tanosil kasalliklari, nutqiy patalogiya bo‘lganmi, ota-onadan biri alkogolizm, yuqumli va boshqa kasalliklarga uchraganmi? Shuningdek, bolaning tug‘uruqqacha bo‘lgan rivojlanishiga oid quyidagi asosiy jihatlar aniqlanadi?

- onaning bola tug‘ilayotgan vaqtdagi yoshi;

  • onaning homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida boshdan kechirgan kasalliklari (Qizilcha, gripp, toksoplazmoz, kandli diabet, jigar, buyrak kasalliklari, angina, anemiya);

  • homiladorlikning birinchi va nkkinchi yarmida shikastlanishlar, qorin yuzasida lat eyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi bo‘lganmi?;

  • homiladorlik davrida dorilar bilan davolanganmi yoki yo‘qmi?;

  • homioadorlik davrida rentgenologik tekshiruvdan o‘tganmi yoki qandaydir radioaktiv nurlanish bo‘lganmi va boshqalar.

Homilddorlik davridagi noqulay omillarni aniqlash tarbiyachiga bu omillarni bolaning keyingi nutqiy taraqqiyotiga bevosita ta’sirini aniqlashda yordam beradi.
b) tug‘uruq davri. Tarbiyachi ona bilan suhbatda tug‘uruq o‘tishining tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi: tug‘uruqning boshlanishi vaqti - o‘z vaqtida, homiladorlikning 8 - oyida, 7 - oyida suvning barvaqt ketishi bo‘lganmi, tug‘uruqning uzoq davom etishi, qisqichlarning qo‘llanishi, vakuum-ekstraktorning qo‘llanishi, tug‘uruq faoliyatining muvofiq ta’minlovchi dorilar qo‘llash, homilani qo‘l bilan yoki kessar operasiyani qo‘llab ajratib olish.
Bu suhbatda bolaning tug‘ilgan paytidagi holati aniqlanishi zarur: darrov yig‘laganmi yoki yo‘qmi, ko‘k, oq asfiksiya, og‘irligi (1500 kg dan ko‘p yoki kam), bo‘yi, turli shikastlar, sinishlar, qon quyilishi, tug‘uruq shishi, boshqa jaroxatlanishlar bo‘lganmi?;
v) tug‘uruqdan keyingi davr. Bolaning tug‘ilgandan keyingi davrdagi somatik rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni tarbiyachi ona bilan olib boriladigan suhbat jarayonida aniqlaydi:

  • bolani onaga tug‘ilgandan keyin necha soat o‘tgach olib kelingan, bola ko‘krakni qanday olgan va emgan (faol, faol emas, tezda charchab uxlashi);

  • bola uyg‘oq vaqtida o‘zini qanday tutar edi: tinch yoki notinch, baqirok, yig‘loq va boshqalar;

  • hayotining birinchi yilida - 3 yoshgacha; pnevmoniya: ko‘k yo‘tal, dispepsiya, dizentriya kasalliklari bilan og‘riganmi?

Shuningdek, bolada qandaydir tug‘ma kasalliklar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi - yurak porogi, maymoqlik va bosh jaroxatlanishi bo‘lganmi?
A.R.Luriya ichki nutqni tekshirishda uning tashqi tomon bilan o‘zaro bog‘liqligini e’tiborga olish kerakligini ta’kidlaydi. A.R.Luriya shu bilan tushuntiriladiki, nutqni eshitishning buzilishi nutq artikulyasiyalari va tashqi nutqning ikkilamchi buzilishiga olib keladi. Artikulyator jarayonlar va ichki nutqning buzilishi nutq tovushlarini idrok qilish va nutq mazmunini tushunish kabi jarayonlarga ta’sir qiladi. Bundan ilgari ichki nutqning murakkabligi haqida L.S.Vigotskiy ham yozgan edi. Uning fikricha, nutqni tushunish - tovush signali bo‘yicha reaksiyani bajarishdan ko‘ra ko‘prok va boshqacharoq narsadir.
Fonematik eshitishni tekshirish. Fonematik eshitish bolada bevosita nutqiy aloqa asosida shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bir-biridan bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarni ajrata olmaydilar, shuning uchun bolalarga bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarni beramiz:

  • gul - ko‘l soch – qoch

  • ko‘z - tuz oz – och

  • sim - shim baxor – naxor va shu so‘zlarga mos rasmlarni topish va ko‘rsatish ko‘nikmasi aniqlanadi.

Tekshirish shundan boshlanadiki, bolaga narsalarning nomi aytiladi va ularni ko‘rsatib berish so‘raladi. Masalan, tana qismlari - ko‘z, peshona, yuz, burun, soch, daxan, qo‘l, oyoq va boshqalar.
Keyin bolaga uy jihozlarini: stol, stul, shkaf, qandil, ko‘zgu; o‘yinchoqlardan - qo‘g‘irchoq, mashina, koptoklarni ko‘rsatish taklif qilinadi. So‘zlarni tushunishni tekshirishning keyingi bosqichi rasmda tasvirlangan narsalarni tanish ko‘nikmasini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Bunda bolaga turli mavzuli guruxlarga kiruvchi va bir-biridan shakli, rangi, hajmi va son jihatidan farq kiluvchi narsalar tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Bu rasmlarda uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, o‘yinchoqlar, sabzavotlar, mevalar, idish-tovoqlar, transport, shuningdek yil fasllari tasvirlangan bo‘ladi. Bu didaktik material bolalar bog‘chasining dastur talablariga muvofiq keladi va ularning yoshiga qarab ajratiladi.
Sodda gaplarni tushunishni tekshirish. Bolaga vaziyatli rasmlar ko‘rsatiladi va bir qator quyidagi ko‘rinishli sodda gaplar aytiladi: «Qiz o‘tiribdi», «Qizda qizil koptok bor», «Bola yuguryapti», «Bolada mashina bor», «Kuchuk yuguryapti» va hokazo. Shundan so‘ng bola aytilayotgan hodisa tasvirlangan rasmni ko‘rsatishi lozim. Bundan tashqari quyidagilarni ko‘rsatish so‘raladi: olmaxonning momik dumi, Qiz qaerda sakrayapti, yuguryapti,yozyapti, sirpanchiq uchyapti va hokazolar. Keyin bitta gapda kelgan 1,2,3 ta izchil xususiyatlarni bajarishni o‘z ichiga oluvchi so‘z shaklidagi buyruqlarni bajarish usulidan foydalaniladi. Masalan: «Tur, stol yoniga bor, o‘yinchoqlarni ol va polga kuy. Koptokni ol, polga ur va menga ber».
So‘ng bolalarning grammatik qurilishlarni tushunishlari aniqlanadi.
1. Birlik va ko‘plikdagi otlarni tushunish. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko‘rsatiladi, uni tanishi va ko‘rsatish ko‘nikmasi aniqlanadi: mashina qaerda, mashinalar qaerda, qo‘g‘irchoq qaerda, qo‘g‘irchoqlar qaerda, olma qaerda, olmalar qaerda va boshqalar.
2. Kichraytirish - erkalash qo‘shimchasiga ega bo‘lgan so‘zlarni tushunish.
Bolaga narsalarga oid rasmlar beriladi va quyidagilarni ko‘rsatish ko‘nikmasi aniqlanadi: stol qaerda, o‘yinchoqli stolcha qaerda, qoshiq qaerda, qoshiqcha qaerda, quyon qaerda, quyoncha qaerda va hokazolar.
3. Bog‘lanishli nutq mazmunini tushunish. Bu bo‘limda she’riy va darak gapli matnlar mazmunini tushunish tekshiriladi. Buning uchun bolalarga she’riy matn taklif qilinadi.
Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarning ichki nutqini chuqur tekshirish ruhiy-tarbiyachiik tekshirishning umumiy tartibida bolalarning sust lug‘atini va, shuningdek, ular ruhiy faoliyatining ba’zi tomonlari holatini aniqlashga yordam beradi, chunki mantikiy idrok insonning murakkab ixtisosiy perspektiv fikri-mnemik faoliyati bo‘lib hisoblanadi. Ichki nutq bolaning kishilar bilan aloqa bog‘lanishiga va faoliyatiga ta’sir qiladi, nutqiy va nutqiy bo‘lmagan harakatlarni rejalashtirishning quroli bo‘lib maydonga chiqadi.
Bolani bolalar nutq bog‘chasiga qabul qilingach, tarbiyachi tomonidan bir oy davomida tekshirish olib boriladi; keyinchalik tekshirish natijalari tuzatish orqali tarbiyachiik ta’sir qilish jarayonida yanada aniqlashtiriladi.
Bolaning muloqotga kirishini tekshirish. Nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan birinchi uchrashuvda tarbiyachi bolaning muloqotga qanday kirishishini aniqlaydi: (oson, qiyin yoki xayiqib, qo‘rqib, negativizm). Bolaning o‘z tengdoshlari bilan qanday Nutqiy aloqaga kirishi tekshiriladi: boshqalar bilan oson nutqiy aloqa o‘rnatiladi, tez-tez yoki kamdan-kam urishadi, nutqiy aloqaga kirishishida tashabbuskor yoki sust Nutqiy aloqaga kirishishi turg‘un.
Nutqdan tashqari bo‘lgan motorikani tekshirish. Tarbiyachi bolaga so‘z qoidalarini va taqlid bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajarishni taklif qiladi:

  • vazifa bo‘yicha ikkala oyoqda yoki bir oyoqda yugurish, sakrash;

  • yurish, yugurish, sakrashda ogoxlantirish bo‘yicha to‘xtash;

  • bir oyoqda, so‘ng ikkinchi oyoqda sanoq ostida turish;

  • tarbiyachiga koptokni otish va uni ilib olish;

  • polda yotgan «xalqa» ichiga ikkala oyoq uchida sakrab kirish va undan sakrab chiqish;

  • bayroqchalarni ushlagan holda qo‘lni quyidagi buyruqlarga amal qilib harakatlantirish: oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga;

  • cho‘kkalab o‘tirgan holda polda koptokni u ko‘ldan bu ko‘lga yumalatish, so‘ngra koptokni ko‘tarib, o‘rindan turish;

  • yugurish vaqtida koptokni otish va ilib olish;

  • lentani tugun qilib, so‘ng « bantik» qilib bog‘lash va boshqalar.

Bola motorikasini tekshirish natijasida tarbiyachi quyidagi ma’lumotlarni oladi: oyoq, qo‘llar muvofiqligi (to‘g‘ri, noto‘g‘ri, umuman yo‘q); tana muvozanatini sezish, bolaning o‘z gavdasini to‘tishi, harakatlarni bajarish darajasi (to‘liq, noto‘liq); bir harakatdan ikkinchi harakatga o‘tishi (o‘z vaqtida, sekinlashgan, yo‘q harakatlarni bajarish mustaqilligi (tuliu yoki tarbiyachi yordamida); chapaqaylik, yuz harakatlari me’yorda, samimiy va yuz naylarining giperkineziyasi, sinkeziyasi, ya’ni asosiy harakatlar bilan birga bajariladigan qo‘shimcha harakatlar - bir oz yaqqol ifodalangan. Bolaning motor faolitini tekshirish natijalarini quyidagi parametrlar bo‘yicha umumlashtiramiz.
Me’yorli motorika:

  • harakatlarning statik muvofiqlashuvi shakllangan: topshiriq bo‘yicha yoki erkin ravishda kerakli holatni aniq belgilay oladi;

  • harakatlarinng dinamik muvofiqlashuvi shakllangan:

  • harakatlar aniq, ishonch bilan bajariladi, motor faolligining turli xil ko‘rinishlari bilan o‘zaro bog‘langan (yugurish, sakrash, chapak chalishda);

  • ko‘l barmoqlari va mayda ko‘l harakatlari to‘la shakllangan: yuz ishoralari ifodali va emosional.

Motor harakatlari buzilishlariga quyidagilar kiradi:

  • harakatning haddan tashqari faolligi, qo‘zg‘aluvchanlik va muvofiqlashmagan harakatlarning bo‘lishi;

  • motor zo‘riqishi, harakatlarning cheklanganligi va muvofiqlashmagan harakatlar, harakatlarning beso‘naqay va sustligi;

  • yuzdagi samimiylikning bir oz yoki yaqqol ifodalanganligi, panja barmoqlari va mayda ko‘l harakatlarining etarli rivojlanmaganligi.

Artikulyasion apparatni tekshirish metodikasiga asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning sababi bo‘lgan artikulyasion a’zolar to‘zilishida yaqqol ifodalangan to‘zilishda quyidagilarga e’tibor beriladi:

  • Lab:(qalin, yupka, yuqori labning kalta bo‘lishi, labdagi yoriqliklar);
    Til:(makroglossiya, tilning ingichka bo‘lishi, til tagidagi yuganchaning kalta bo‘lishi);

  • Jag‘: (progeniya, prognatiya);

  • Tishlar: (yo‘q bo‘lishi, orasi ochiq bo‘lishi, yon ochiq tishlar);

  • Qattiq tanglay: (baland, yassi, tor va yoriqlar bo‘lishi);

  • Yumshoq tanglay: (kalta, ikkiga bo‘lingan, yo‘q bo‘lishi);

  • Artikulyasion apparat to‘zilishini baxolash me’yori:

  • Artikulyasion apparatning me’yorda bo‘lishi;

  • Artikulyasion apparat to‘zilishida kamchiliklar, buzilishlarning bo‘lishi.

So‘ngra Artikulyasion apparat harakatchanligi tekshiriladi. Bunda lab, pastki jag‘, til, yumshoq tanglay mashqlaridan foydalaniladi. Masalan, lab mashqlari: ko‘lgi holatiga keltirish - tinch holat; oldingi chuchchaytirish - tinch holat; ko‘lgi holatiga keltirish, oldinga chuchchaytirish - tinch holat. Pastki jag‘ uchun mashqlar: og‘izni katta ochish, og‘izni ochiq holda bir, ikki (6 sekundgacha) ushlab turish - og‘izni yopish; og‘izni katta ochish, pastki jag‘ni ung va chap tomonga harakatlantirish - tinch holat. 6
Til mashqlari. Tilni keng holatda ko‘rsatish - og‘izni kirgizish, tilni keng holatda pastki lab ustiga qo‘yish, yuqori lab tomon ko‘tarish - tilni og‘izga kirgizish, og‘izni ochish va navbatma-navbat tilni keng va tor holda ko‘rsatish; tilni tor holda tutib, yuqori labni yalash, shu holda pastki labni yalash, tilni tor holda tutib, uni og‘izning chap va ung burchaqlariga harakatlantirish; og‘izni ochish, tilni surib qattiq tanglayga tekkizish va kuch bilan tortib olish. Bu mashqlar bir necha marta kaytariladi. Yumshoq tanglay mashqlar. Tilni pastki lab ustiga kuygan holda esnash, yo‘talish ko‘rinishidagi mashqlar: «a» unlisini avval cho‘zib, keyin bo‘lib-bo‘lib talaffuz qilish, «a» unlisini qattiq tezlikda talaffuz qilish. ashqlar taqlid asosida va so‘z qoidasi bo‘yicha bajariladi. Artikulyasion apparak a’zolarining harakatchanligini tekshirish jarayonida harakatning bor yoki yo‘qligi, harakatning bajarilish darajasi (to‘liq, noto‘liq) va bajarilish sifati (gipo yoki gipertonus, qo‘zg‘aluvchanlik); harakatni aniq bajarish ko‘nikmasi; Artikulyasion a’zolarni ko‘rsatilgan vaziyatda uzoq vaqt ushlab tura olish; bir harakatdan ikkinchi harakatga ohista o‘tish; harakatlar tezligi; sur’ati me’yorda (sekinlashgan, tezlashgan) aniqlanadi.
Artikulyasion apparat harakatchanligini baxolash me’yori:

  • harakatni aniq, to‘liq, me’yorda bajaradi.

  • bir harakatdan ikkinchi harakatga uta oladi.

  • harakatni bajarishda bir qator kamchiliklar kuzatiladi.

  • bir harakatdan ikkinchi harakatga qiyinchilik bilan o‘tadi.

  • harakatni tarbiyachi yordami bilan bajaradi, mustaqil o‘zi bajara olmaydi. Bir harakatdan ikkinchi harakatga juda qiyinchilik bilan utadi.

  • harakatni bajara olmaydi.

Tovushlar talaffuzini tekshirish. Tovushlar talaffuzining holati tarbiyachiik praktikada umumiy qabul qilingan quyidagi tartib bo‘yicha tekshiriladi. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko‘rsatiladi, bunda rasmdagi narsalarni ifodalovchi so‘zlar ichida tekshirilayotgan tovush uch o‘rinda kelishi kerak: so‘zning alohida talaffuzida, bo‘g‘inlarda, so‘zlarda va jumlalarda tekshiriladi.
O‘zbek tilida so‘zda undosh tovushlarning mos kelishi:

  • Sirgaluvchi tovushlar (s, z, s);

  • Shipillovchi tovushlar (sh, j, ch);

  • Sanor tovushlar (l, r, ng);

  • Til orqa, chuqur til orqa tovushlar (k, g, x, k, g, x);

  • Jarangli tovushlar (v, b, d);

  • Unli tovushlar (a, o, u, u).

Rasmlarni tanlash me’yorlari:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning tushunishi uchun mos bo‘lishi;

  • idrok tasvirlangan so‘ratga nisbatan qiziqishni va ijobiy hissiyotli munosabatni uygotish;

  • hayotiy vaziyatlarning aks ettirilishi.

Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar xususiyati bo‘yicha biz quyidagi shakllarni belgiladik:
a) tovush yo‘qligi;
b) tovushning almashtirilishi;
v) tovushlarning nutqda mustaxkam bo‘lmasligi (bunda tovush ba’zi so‘zlarda to‘g‘ri talaffuz etiladi, ba’zi so‘zlarda esa boshqa tovushlarga almashtiriladi);
g) tovushni buzib talaffuz etish.
Fonematik tahlil. Sintez va fonematik tasavvurlarni tekshirish. Bu foaliyatni tekshirish bola nutqining barcha tomonlari - lug‘at, fonetik ukuv, grammatik to‘zilishni rivojlantirish rejasida olib boriladigan tarbiyachiik ish uchun zarurdir.
Fonematik tahlilni tekshirish. Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatlarini aniqlash zarur:

  • so‘z boshidagi tovushni aniqlash;

  • so‘z ichidan kerakli tovushlarni aniqlash;

  • juft tovushlarni bir-biridan ajratish: b-p, t-d, s-z, sh-j;

  • tovushning so‘zdagi urnini aniqlash: masalan, so‘zda uchinchi bo‘lib qanday tovush kelyapti;

  • tovushning so‘zdagi ketma-ketligini aniqlash;

  • so‘zdagi tovushlar sonini aniqlash: masalan, so‘zda nechta tovush bor. Fonematik sintezni tekshirish. Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatini aniqlash zarur:

  • ketma-ket tovushlardan bo‘g‘inlar tuzish.

Fonematik tasavvurni tekshirish.
Bunda bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

  • berilgan tovush ishtirokida so‘z uylab topish;

  • nomlari oppozision tovushlar bilan boshlanadigan narsalarga oid rasmlarni ikki qatorga ajratish. Masalan, s-sh, ch-s, r-ya va boshqalar.

Nutq prosodik komponentlarining holati:

  • sur’at: me’yorda, sekinlashgan, tez;

  • oxang: me’yorda yoki aritmiya;

  • ovoz: me’yorda, bo‘g‘iq, xiqildoq, zaif, past;

  • ovoz yo‘g‘on-ingichkalilik: yumshoq, qattiq;

  • ovozning tez va qattiqligi: qattiq, yumshoq, yo‘q;

  • nafas: me’yorda, tezlashgan, sekinlashgan;



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin