Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə10/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Nazorat uchun savollar:
1. “Oila pedagogikasi” qanday fan?
2. Fanining predmetini nima tashkil etadi?
3. Fan o’z oldiga qo’yilgan qanday vazifalarni hal qiladi?
4. “Oila pedagogikasi” fani bilan “Pedagogika nazariyasi va amaliyoti” fani o’rtasida qanday uzviy aloqadorlik mavjud?
5. “Oila pedagogikasi” fani va “Oila psixologiyasi” fanlari o’rtasida aloqadorlik mavjudmi?
6. Oila, oilaviy munosabatlarga doir muammolar qanday ilmiy pedagogik tadqiq metodlari yordamida tadqiq etiladi?
7. Oila pedagogikasi fan sifatida qanday rivojlanib kelmoqda?


Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008. – 52-58-betlar.
2. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. – Toshkent: “O’qituvchi”, 1999. – 42-50-betlarG’
3. Oila pedagogikasi G’ O.Hasanboeva va b. – Toshkent: “Aloqashi”, 2007. – 5-16-betlar.
4. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 14-39-betlar.


Amaliy topshiriqlar:

    1. “Klaster” metodi yordamida oilaning umumiy mohitini yoriting!

    2. “Oila pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligini sxema yoki jadval asosida ifodalang!

    3. Oila tarbiyasi muammolarini tadqiq etishda keng foydalaniladigan ilmiy-pedagogik metodlar mohiyatini blits-so’rov metodi yordamida yoritishga urinib ko’ring!



Amaliy topshiriqlarni bajarish
yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar:
1. Odatda “Klaster” metodi qo’llanilganda akademik guruh talabalarining ikki, uch yoki to’rt guruhga ajratish samarali sanaladi. Talabalarning bu tarzda guruhlanishi: 1) klasterlarning to’laqonli shakllantirilishini ta’minlaydi; 2) ikki, uch yoki to’rtta klasterni bir-biri bilan taqqoslash nisbatan oson kechadi; 3) klasterlar orasidan mazmunan eng to’liq, mukammal bo’lgan variantni ajratib olish qiyin kechmaydi.
2. Sxema, jadval yoki tasvirni shakllantirishga oid topshiriqlarni bajarishda talabalarning kichik guruhlar yoki juftliklarda ishlashlari maqsadga muvofiq. Zero, bunday holatda ular o’zaro fikr almashish, o’z fikrini qat’iylashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
3. Talabalar blits-so’rov metodi yordamida oila tarbiyasi muammolarini tadqiq etishda keng foydalaniladigan ilmiy-pedagogik metodlar mohiyatini yoritishda ularning har biriga imkon qadar qisqa ta’rif bera olishlari kerak.
M: pedagogik kuzatish – tadqiqotchi tomonidan oilada tashkil etiladigan pedagogik (tarbiyaviy) jarayon bevosita yoki bilvosita sinchiklab o’rganilishini ifodalovchi metod.
Mashg’ulotlar jarayonida talabalar quyidagi metodlar mohiyatini yuqoridagi kabi qisqa ta’riflar asosida yorita olishlari kerak:
1. Suhbat metodi – ...
2. Anketa metodi – ...
3. Intervyu metodi – ...
4. Test metodi – ...
5. Pedagogik tajriba metodi – ...
6. Ijtimoiy-pedagogik retrospektiv metod – ...
7. Matematik-statistik metod – ...



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin