Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə2/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

MUNDARIJA

Kirish.........................................................................................................................


Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi ).....................................................................
Amaliy ishlarini bajarish buyicha uslubiy ko’rsatmalar.........................................
Semenar ishlarini bajarish buyicha uslubiy ko’rsatmalar......................................
Mustaqil ta’lim buyicha materiallar.........................................................................
Glossariy....................................................................................................................
Test savollari.................................................................... ..........................................
Ilovalar:
Fan dasturi............................................................................................................
Ishchi fan dasturi..................................................................................................
Ingliz va rus tilidagi xorijiy o’quv materiallari (elektron shaklda).......
Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)..............................
Qo’shimcha didaktik materiallar..........................................................................


I. O’quv materiallar


OILA PEDAGOGIKASI - FAN SIFATIDA
Reja:
1. “Oila pedagogikasi” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti.
2. “Oila pedagogikasi” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.
3. “Oila pedagogikasi” fanining ilmiy tadqiqot metodlari.


Tayanch tushunchalar: oila, nikoh, qon-qarindoshlik, ota-ona, farzandlar, keksa avlod (buva, buvi), qarindoshlar, pedagogika, oila pedagogikasi, oila tarbiyasi, oila an’analari, oila tarbiyasi tamoyillari.

Oila pedagogikasi” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti. Har qanday jamiyat oilalardan tarkib topadi. Oila jamiyatning kichik, biroq, eng asosiy bo’g’ini sanaladi. Zero, jamiyatning mavjudligi unda yashovchi kishilarni o’z ichiga olgan oilalarning borligi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra oila va jamiyat o’rtasidagi aloqaning mustahkamligi, bir-birini taqozo etishi nihoyatda muhim. Bu muhimlik jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishi uchun nafaqat ta’lim muassasalarida, balki oilada ham bola (farzand)lar tarbiyasini to’g’ri, samarali tashkil etishni taqozo qilishida aks etadi.


Kishilik taraqqiyotining turli bosqichlarida ham oila tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelingan. To’g’ri, ba’zan bu e’tibor bir qadar sustlashgan (sobiq Ittifoq davrida sotsializm g’oyalariga ko’ra shaxsning tarbiyasida oila emas, balki jamiyatning etakchi o’rin tutishi alohida uqtirilar edi). Biroq, shuni alohida atib o’tish lozim, hech bir jamiyat va ijtimoiy tuzumda oilaning shaxs tarbiyasidagi ahamiyati, o’rni va roli butunlay inkor etilmagan.
O’zbekiston hududida esa qadim-qadimdan oilaning ijtimoiy-tarbiyaviy kuchga egaligi alohida e’tirof etilib, yuksak baholangan. O’zbekiston mustaqilligi yillarida esa bu bahoning qiymati yanada oshdi. Jumladan, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida oilaning jamiyatda tutgan ijtimoiy mavqei, uning jamiyat taraqqiyotiga qo’shadigan hissasi, shaxs tarbiyasida g’oyaviy asos bo’luvchi mafkuraviy qarashlarni shakllantirishdagi roliga alohida urg’u beriladi: “Oila – mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo’lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi.
Oiladagi sog’lom muhit – sog’lom mafkurani shakllantirish manbaidir”1. Shu bilan birga ushbu risolada “jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, o’zaro hurmat va ahillikni ta’minlash” respublika ma’naviy hayotida ustuvor o’rin tutadigan milliy mafkurani shakllantirish, uning maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo’lishi aytib o’tiladi.
Darhaqiqat, oila va jamiyat o’zaro yaxlit ekan, o’z-o’zidan ijtimoiy taraqqiyotning negizi uning muhim bo’g’inida tashkil etiladigan tarbiya mazmuni, g’oya va tamoyillari asosida qo’yilishi shubhasiz. Shu sababli O’zbekiston tarixiy taraqqiyotida yangi davr bo’lgan mavjud sharoitda oilada bolalarni tarbiyalash masalasiga ham yangicha yondashuvni qaror toptirish taqozo etilmoqda.
Milliy mustaqillikka erishilgach, O’zbekiston Respublikasida pedagogika fani taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Bu bosqichning o’ziga xos xususiyati milliy qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash, boyitish, milliy meros va madaniyat namunalarini chuqur o’rganish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy harakatga uyg’un ravishda milliy pedagogik ta’limotlarni tadqiq qilish, shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash borasidagi Sharq va Farb tajribalarini o’zaro muvofiqlashtirish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishda, tobora jahon ta’limi standartlari darajasiga erishilayotganlikda aks etadi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida milliy ta’lim mazmunining asosi bo’lgan – uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’qitiladigan o’quv fanlarini ilmiy-metodologik, g’oyaviy yangilash, ijtimoiy taraqqiyot, ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan eng so’nggi yutuqlar bilan boyitish, ilg’or metodika hamda pedagogik texnologiyalarni o’qitish jarayoniga samarali tatbiq etish yo’lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning mavjud ehtiyojidan kelib chiqib, uzluksiz ta’lim tizimida muayyan o’quv fanlarini o’qitish yo’lga qo’yildi. Mavjud o’quv fanlar mazmuni barkamol shaxs kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega qarashlar, tamoyillar bilan boyitildi. Xususan, mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida pedagogik turkum fanlar sirasida alohida o’ringa ega bo’lgan “Oila pedagogikasi” fanining nazariy-metodologik asoslari yanada rivojlantirildi, asrlar davomida milliy pedagogikada qo’llanilib kelayotgan shakl, metod va vositalar bilan boyitildi.
Oila – jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan alohida tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini, eng avvalo, oilasi bilan bog’laydi, ya’ni, o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli baxtiyor his etadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin