Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə7/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Anketa metodi. Oila muammolari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot jarayonida anketa metodi yordamida kuzatish hamda suhbat jarayonida to’plangan dalillar boyitiladi. Muammo yuzasidan tuzilgan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etish anketa metodiga asoslanadi. Odatda anketa savollariga javoblar yozma holda olinadi. O’rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa ochiq yoki yopiq savollardan tashkil topadi. Ochiq savollarga asoslangan anketa respondentlarning muammo yuzasidan erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beradigan savollardan tarkib topadi. Yopiq savollarga ega bo’lgan anketa bilan ishlashda esa respondentlar “ha”, “yo’q”, “qisman”, “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va h.k. tarzdagi javob variantlaridan birini tanlaydilar.
Oila masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari jarayonida anketa metodini qo’llashda quyidagi shartlarga amal qilish talab etiladi:

  1. savollar tadqiq etilayotgan oilaviy muammo mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;

  2. savollar yirik hajmli, noaniq bo’lmasligi kerak;

  3. savollar oilaviy muhitning xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;

  4. savollar respondentlar tomonidan beriladigan javoblarning to’la bo’lishini ta’minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;

  5. savollarni tuzishda oilaning o’ziga xosligi inobatga olinishi zarur;

  6. javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.

Test metodi. Ilmiy tadqiqot metodlaridan yana biri bu test metodidir. Ushbu metod orqali oila masalalari yuzasidan ilmiy tadqiqot jarayonida respondentlar tomonidan mavjud nazariy bilim, amaliy ko’nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test metodi:

  1. ochiq turdagi testlar;

  2. yopiq turdagi testlar;

  3. to’g’ri javob variantlari qayd etilgan savollardan iborat bo’ladi.

Metodning afzalligi javoblarning aniq mezonlar bo’yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi, vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin