Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə14/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Mark Fabiy Kvintilian (eramizning 35-96 yy.) – mashhur rimlik notiq va pedagog. U o’z maktabi tajribalari va antik dunyodagi pedagogik fikrlarga asoslanib, pedagogik masalalarni aks ettirgan birinchi maxsus qo’llanma – “Notiqni tarbiyalash haqida” nomli asarini yaratgan.
Alloma oilada bolalarni tarbiyalashga e’tibor qaratib, bola shaxsining rivojlanishida uning tabiiy qobiliyatlarini hisobga olishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, “bilishga intilish irodaga bog’liq, majburan o’qitish mumkin emas”23.
Kvintilian bolalar katta tantanalarda ishtirok etadigan hamda kattalarning nojo’ya xatti-harakatlarining guvohi bo’ladigan Rim jamiyatining yuqori qatlamlaridagi oila tarbiyasini qattiq tanqid qiladi. U ota-onalardan bola ta’sirchan bo’lishi, unda yaxshi va yomonlikning oson ildiz otishini esda tutishni talab qildi va tarbiyachi-pedagoglarni tanlashda ham bunga e’tibor qaratish zarurligini uqtiradi.
Allomaning pedagogik qarashlarida oilada bolalarni notiqlik san’ati asoslarini egallashlariga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqligiga oid fikrlar ham mavjud. O’tkir xotira, badiiylik, to’g’ri talaffuz, yorqin nutq va boy mimika bo’lajak notiqni shakllantirishda muhim omillar sanaladi. Kvintilianning fikricha, oilada bo’lajak notiqni tarbiyalashda bolalarni she’r yod olishga o’rgatish eng samarali vosita sanaladi. Alloma o’z davrida bugungi kunda ham ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan she’rni yod olish metodikasini asoslagan. Mashhur pedagog birinchi bo’lib, she’r yodlash metodikasini quyidagicha asoslaydi:

  1. She’rni to’lig’icha o’qish.

  2. She’rni mantiqiy jihatdan qismlarga ajratish.

  3. She’rning har bir qismini yodlash.

4. She’rni to’lig’icha ifodali o’qish24.
Mashhur pedagogning fikricha, bolalarning qobiliyatlari quyidagi belgilarda namoyon bo’ladi: kuchli xotira, o’tkir zehn, tezkor fikrlash, egallangan bilimlarni uzoq vaqt saqlash, bolada juda yoshlikdan rivojlangan taqlidchilik25.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin