Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə17/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari. Mashhur rus yozuvchilari – A.I.Gertsen, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy va N.A.Dobrolyubovlar taraqqiyotparvar shaxslar sifatida jamiyat hayotiga daxldor, xususan, oila tarbiyasi samaradorligini oshirishga doir ilg’or fikrlarni ilgari surishgan. Boshqa ma’rifatparvarlarning pedagogik yondashuvlaridan farqli ular oila tarbiyasining imkoniyatlarini yanada keng, alohida ajratib ko’rsatishga uringanlar.
Aleksandr Ivanovich Gertsen (1812-1870 yy.) o’z davrida birinchilardan bo’lib, dvoryan oilalarida bolalarni o’qitish va tarbiyalashga yo’naltirilgan harakatlarning tashkil etilishini keskin tanqid qildi. Adib dvoryan oilalarida yo’lga qo’yilayotgan tarbiyani “qullik va mustabidlik maktabi” deb nomladi. Obrazli ravishda bunday oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarni zamonaviy liboslar osib qo’yilgan garderobga qiyosladi. A.I.Gertsinning fikricha, dvoryan oilalaridagi tarbiyachilar “bolalarning qotillari” bo’lib, ular bolalarni aqliy va axloqiy jihatdan nopob qilib o’stiradilar, xolos.
Adib oila tarbiyasini “muhim ahamiyatga ega ijtimoiy ish”, deb baholaydi. Shu sababli ota-onalar bolalarni tarbiyalash borasida jamiyat oldida majbur, burchli ekanliklarini qayta-qayta uqtiradi.
A.Gertsen ayollarning erkaklar bilan ijtimoiy tengligining tarafdori edi. U ayollarning faoliyati faqat bolani tarbiyalash bilan chegaralanmasligi ta’kidlaydi: “Ayollarning oilaviy vazifasi har qanday holatda ham uning ijtimoiy roliga ta’sir etmaydi. Dunyo erkaklar singari ayollar uchun ham birdek ochiq”. Adibning qayd etishicha, ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki uning tarbiyaviy rolini kuchaytirishgagina xizmat qiladi. Bundan tashqari, u ayollar to’laqonli ta’lim olishlari kerak, degan g’oyani yoqlab chiqqan.
Otaning bola tarbiyasidagi roli nihoyatda mas’uliyatli, bolalarning taqdiri otaga bog’liq ekanligini uqtirgan A.Gertsen o’z bolalarining tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratdi: “Agar bolalar yomon yo’lga kirib ketishsa, bu mening aybim bo’ladi”. Adib farzandlarining tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratdi, ular uchun tarbiyachilarni o’zi tanladi, doimiy ravishda ularning faoliyatini kuzatib bordi va yo’l qo’ygan xatolarni to’g’rilashga harakat qildi.
A. Gertsen asosiy e’tiborni tarbiyaning g’oyaviy mohiyatiga qaratib, barcha imkoniyatidan foydalangan holda farzandlarining vatanparvar, insonparvar, o’zgalarga g’amxo’r, mehribon, shaxsiy orzu-umidlarga nisbatan esa sadoqatli bo’lib voyaga etishlari uchun harakat qildi.
Adib har bir oilaning muayyan qadriyatlarga ega bo’lishi muhimligini, buning uchun ota-ona va farzandlar, oilaning barcha a’zolari o’rtasida o’zaro hurmat, mehr-muhabbatni shakllantirish zarurligini qayd etgan. Bolalar yoshligidanoq bir-birlariga, oilaning barcha a’zolariga nisbatan muhabbatlarini namoyon eta olish, yaqin kishilar haqida g’amxo’rlik qilishlari kerak.
A.I.Gertsenning bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini, ongli xulq-atvorni shakllantirish oilaning asosiy vazifasi ekanligi borasidagi fikrlari bugungi kun uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.
Rus pedagoglari orasida Konstantin Dmitriy Ushinskiy (1824-1870 yy.) munosib o’rin tutadi. Pedagogik faoliyatini ilmiy-ijodiy ish bilan qo’shib olib borgan K.D.Ushinskiy “Bolalar dunyosi” (“Detskiy mir”), “Muallimlar uchun qo’llanma” (“Posobie dlya uchiteley”), “Shaxs – tarbiya predmeti sifatida” (“Pedagogik antropologiyadan tajriba”) kabi asarlarida oila va uning bola tarbiyasidagi o’rni masalasi batafsil yoritilgan.
K.Ushinskiy maktabgacha ta’lim va tarbiyaning tabiiy vositasi – oila deb hisobladi. Binobarin, oilada bolalar borliq haqidagi dastlabki tushunchalarga ega bo’ladi, eng oddiy bilim va ko’nikmalarni egallaydi, odatlarni o’zlashtiradi, o’z qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bola shaxsining rivojlanishida ota-ona va tarbiyachilar asosiy rolni o’ynaydi, ularning hayoti, faoliyati, xulq-atvori, muomalasi bolalar uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Mas’uliyatli fuqarolik burchlarini bajarish uchun ota-onalar bolalarga nisbatan g’amxo’rliklarini ijtimoiy ahamiyatli talablar bilan uyg’unlashtira olishga erishishlari lozim. Buning uchun ota-onalar pedagogik bilimlarga ega bo’lishlari, pedagogik adabiyotlar bilan tanishib borishlari, tarbiyaviy ish uslubini, tarbiyachilarni to’g’ri tanlay bilishlari, farzandlarining kelgusi hayot yo’lini aniqlashga ongli yondasha olishlari lozim.
Rus yozuvchisi Natalya Grigorvna Dolinina (1928-1979 yy.) ham o’z ocherklarida oila sharoitida bolalarni axloqiy tarbiyalash masalalarini keng yoritdi. Adibaning pedagogik g’oyalarni o’zida aks ettirgan asarlari sirasida quyidagilarni sanab o’tish mumkin: “Mening o’quvchilarim va ularning ota-onalari” (“Moi ucheniki i ix roditeli”; 1959 y.), “Non qancha turadi?” (“Skolko stoit xleb?”; 1963 y.), “Kattalar yoki bolalar?” (“Vzroslo’e ili deti?”; 1965 y.), “Qadrli ota-onalar” (“Dorogie roditeli”; 1975 y.), “Oneginni birgalikda o’qiymiz” (“Prochitaem “Onegina” vmeste”; 1968 y.), “Pechorin va bizning davr” (“Pechorin i nashe vremya”; 1970 y.) kabi ocherklar, “Biz Seryoja bilan egizakmiz” (“Mo’ s Serejkoy bliznetso’”; 1962 y.), “Turli odamlar” (“Razno’e lyudi”; 1976 y.) kabi qissalar; “Ota” (“Otets”; 1974 y.) nomli avtobiografik qissa.
Xulosa qilib aytganda, oila tarbiyasi va uni samarali tashkil etish masalasi xorijiy mamlakatlarida barcha davrlar uchun muhim ijtimoiy muammolardan biri sifatida e’tirof etib kelingan. Har bir davr va makonda ham jamiyatning ilg’or kishilari – mutafakkirlar, ma’rifatparvarlar va pedagoglar bolalarni oila sharoitida tarbiyalash, bu borada yuqori samaraga erishish masalalarini tadqiq etishga jiddiy e’tibor qaratganlar. Ular tomonidan yaratilgan aksariyat asarlarda oila tarbiyasining samarali tashkil etilishi ijtimoiy taraqqiyotni kafolatlashi, shu sababli bolalar tarbiyasini tashkil etishda ota-onalarning mas’ul ekanliklari bayon etilgan. Ota-onalar tomonidan bolalarning etuk shaxs sifatida tarbiyalashga erishilishida ularning pedagog bilimlarga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ular pedagogik bilimlarni o’zlashtirish orqali bolalarni oila muhitida etuk shaxs qilib tarbiyalashga imkon beradigan samarali metod va vositalardan xabardor bo’ladilar.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin