Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə22/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Nazorat savollari:
1. Tarixiy manba “Avesto”da oila masalalarining qaysi jihatlari yoritilgan?
2. “Avesto” asarida balog’at yoshi va farzand tarbiyasiga qanday yondashilgan?
3. Qur’oni karimda ota-onaning farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyati qanday baholangan?
4. Islom ta’limotiga ko’ra farzandning ota-onasi oldidagi burchlari nimalardan iborat?
5. Qur’oni karimda oila mustahkamligini ta’minlovchi omillar sifatida nimalar e’tirof etilgan?
6. Hadislarning oila tarbiyasidagi ahamiyati qanday? Fikringizni hadislar misolida asoslang.
7. Ota-ona va farzanlar o’rtasidagi munosabat masalasiga hadislarda qanday o’rin ajratilgan?
8. Sharq mutafakkirlarning asarlarida oila tarbiyasiga oid qanday g’oyalar mavjud?


Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Boboev X., Hasanov S. “Avesto” – ma’naviyatimiz sarchashmasi. – Toshkent: “Adolat”, 2001.
2. Maxmudov T. “Avesto” xaqida. – Toshkent: “Sharq”, 2001.
3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. – Toshkent: “O’qituvchi”, 1999.
4. Pedagogika tarixi G’ O’quv qo’llanma. K.Hoshimov, S.Nishonova, M.Inomova, R.Hasanov. – Toshkent: O’qituvchi, 1996.
5. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009.
6. Trosyan V. Istoriya obrazovaniya i pedagogicheskoy mo’sli. – Moskva: Pedagogika, 2006.
7. Hoshimov K., Ochil S. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. – Toshkent: “O’qituvchi”, 2010.


Amaliy topshiriqlar:
1. Qur’oni karim va payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarida bayon etilgan nikoh, oila qurish, oilaviy munosabatlar, farzandlar tarbiyasiga qarashlarni jamlang va ularni jadval asosida ifodalang!
2. Turk olimi Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” asarida keltirilgan onaning o’z qiziga aytgan 10 ta nasihati bilan tanishib chiqing va u asosida bo’lajak kelinlar uchun kichik tavsiyanoma tayyorlang!

Qizim! Senga aytadigan o’nta o’gitimga quloq sol! Bularni doimo yodda tut!


1. Qanoat sohibasi bo’l. O’z holingga shukr qil. Ya’ni ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh eydigan xoh kiyadigan narsa bo’lsin, xushfe’llik bilan, go’zal odob bilan qabul qilib ol. Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko’rsat. Zero, baxtli hayot kechirmoqning bir yo’li o’z holiga shukr etmoqlikdir. Holiga shukr etmagan o’z nafsini tiymagan kishida ko’ngil huzuri, qalb rohati bo’lmaydi.
2. Eringga itoat qil, qil degan ishlarini qil, qilma deganini qilma! Ya’ni, ering bilan suhbatlashganda, muloqotda bo’lganda itoatli bo’lishingni, uning so’zlarini odob bilan tinglab ado etishingni, sening so’zlashib, quloq solishingdan tushunib oladigan bo’lsin. Shunda Alloh Taolo sendan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo’ladi.
3. Eringning ko’zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor ber! Ya’ni uyning ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. Shunday qilki, eringning ko’ziga bir chirkin er ko’rinmasin.
4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xush bo’yni sezsin, dimog’iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon hidlar ering ko’z o’ngida sening obro’ingni tushiradi. Sendan irganishiga sabab bo’ladi. Shuni yaxshi bilgilki, tozalik va zaiflik eng yaxshi narsalardir. Inson ko’ziga xush ko’rinishlik shular bilandir.
5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqtini hech qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanishga o’rgangan bo’lsa, o’sha paytda ovqatini tayyorla. U kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilginki, ochlik insonning tez jahlini chiqaradi.
6. Uyqu vaqtini, uyg’onish paytini yaxshi bilib ol! Ya’ni, uning qachon uyquga ketish payti bo’lsa o’rnini tayyorlab qo’y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi. Asablari buzuqlik, xafaqonlik odamlarning ehtirosi, muhabbatini sekin-sekin so’ndiradi.
7. Eringning moli va ashyosiga juda e’tiborli bo’l! Ya’ni, eringning mol-dunyosini yaxshi saqla, ashyolarini avayla, muhofaza qilgil. Chunki uning mol-dunyosi senikidir. Erning mol-dunyosini isrof etmaslik ish bilish va qadriga etish demakdir.
8. Eringning qarindosh va yaqinlariga hurmat ko’rsat! Ya’ni eringning qarindoshlari va yaqinlariga hurmat uning e’tiborini qozonmoq demakdir. Ularni hurmat qilish eringni hurmat qilish demakdir. Bu esa qadr va e’tibor qozonishdir.
9. Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni, eringning ba’zi sirlarini bilgan vaqtingda ehtiyot bo’lib, uni saqla, birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo’ysang, uning g’azabini keltirib qo’yasan, ishonchini yo’qotasan. Bunda tuzayotgan oilang buziladi.
10. Eringning dinga to’g’ri keladigan barcha buyruqlarini ado qil! Hech qachon unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo’lmasin. Agar bir shunday harakat bo’lsa, senga kek saqlab oxiri dushman bo’ladi. U senga dushmanlik yo’lini tutsa, sen ko’p zarar ko’rasan va qo’lingdan hech narsa kelmaydi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin