Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə30/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar:
1. O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan tanishish asosida kichik guruhlar nikoh tuzish tartibi va shartlari (3-bob; 13-17-moddalar) va bolalarning nasl-nasabini belgilash (10-bob; 60-64-moddalar) masalalarining huquqiy asoslarini alohida-alohida o’rganib chiqadilar. Har bir guruh o’zi o’rgangan masalaning mohiyati bilan navbatdagi guruhni tanishtiradi.
2. Ota-onalar hamda farzandlarning huquq va burchlarini yoritishda ikkita diagrammasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 1-diagrammada ota-onalarning huquq va majburiyatlari, 2-diagrammada esa farzandlarning huquq va majburiyatlari bayon etiladi. O’qituvchi talabalar faoliyatini osonlashtirish uchun ularni ikki guruhga ajratib, quyidagi topshiriqlarni beradi: 1-guruhga “Ota-onalarning huquq va majburiyatlari”ni yorituvchi diagrammani shakllantirish; 2-guruhga “Farzandlarning huquq va majburiyatlari”ni yorituvchi diagrammani shakllantirish. Diagrammalarni shakllantirishda guruhlar quyidagi sxemadan foydalanishlari mumkin:
1-guruh. Ota-onalarning huquq va majburiyatlari


2-guruh. Farzandlarning huquq va majburiyatlari




OILA TURLARI


Reja:
1. Oilaning tarixiy turlari.
2. Zamonaviy oila turlari.


Tayanch tushunchalar: oilaning tarixiy turlari, matriarxat oila, monogam oila, patriarxal oila, zamonaviy oila turlari, nikoh holatiga ko’ra oila turlari, bolalar soniga ko’ra oila turlari, tarkibiga ko’ra oila turlari, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari xarakteriga ko’ra oila turlari, oila turlarini belgilashga nisbatan M.I.Buyanov va I.P.Podlaso’y yondashuvlari.


Oilaning tarixiy turlari. Ijtimoiy jamiyatning kichik bo’g’ini sifatida oila muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o’zida namoyon etadi. Oilaning mustahkam bo’lishi, totuvlik va farovonlikka erishishi u mansub bo’lgan ijtimoiy tuzumning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivoji, jamiyatda amal qilinayotgan ma’naviy-axloqiy me’yorlar, olib borilayotgan davlat siyosati mazmuni bilan belgilanadi. O’z navbatida jamiyat ma’naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga bog’liqdir. Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo’lga qo’yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, sulola an’analarini davom ettirish masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muhim o’rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli xususida to’xtalib o’tar ekan, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko’p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo’jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o’rganadilar”52.
Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga etishi uchun zarur, chunonchi, oila xo’jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va h.k. mazmundagi oilaviy munosabat, muomala, aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjud. Shu bois O’zbekiston mustaqilligi sharoitida ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o’tish davrida mustahkam oilalarni shakllantirish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
Insoniyat hayotining dastlabki bosqichlarida turli urug’lar munosabatlari doirasida oila shakllanmagan. Jinslar orasidagi munosabatlar poligamiya, ya’ni, jinsiy juftliklarni erkin tanlash, almashtirish tamoyili, qolaversa, bolalarni butun urug’ a’zolari bilan birgalikda tarbiyalash asosiga qurilgan.
Ibtidoiy urug’chilik bosqichida inson hayotida juda katta sifat o’zgarishlari yuz berdi. Bu davrda kishilikning ilk jamoasi – dastlabki jamoa bo’lib yashash an’anasi shakllandi. Urug’ jamoasi uning tarkib topishida onalar etakchi o’rin egalladi.
Shu sababli bu bosqich ona urug’i, ya’ni, matriarxat (lot. “mater” – ona va “arche” – ibtido, hokimiyat; aynan “ona hukmronligi”) davri deb ataladi.
“Matriarxatda ayollar hukmron mavqega ega bo’lgan, mulk va nasl-nasab sotsial mavqe ona urug’i bo’yicha o’tgan, nikohdan so’ng er xotin jamoasiga ko’chgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin o’z jamoalarida alohida-alohida yashagan”53. Ona urug’ini bir-biri bilan qon-qarindosh bo’lgan, kelib chiqishi jihatidan bir urug’dan tarqagan kishilar guruhi tashkil etdi. Urug’ jamoasi o’rtasidagi munosabatlar guruhli nikohga asoslangan. Ushbu nikohga ko’ra ota noma’lum bo’lib, qon-qarindoshlik ona urug’i bo’yicha aniqlangan.
Ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi, moddiy boyliklarning yaratilishi natijasida birgalikda xo’jalikni boshqarish hamda o’z bolalarini tarbiyalovchi er-xotin ittifoqi ko’rinishida monogom (yun. “monos” – bir, yakka, yagona, “gamos” – qo’shilishi; bir nikohlilik) oilalar shakllandi.
Monogam oilalar “ibtidoiy jamiyatning emirilishi davrida juft nikoxdan paydo bo’lib, nikohning hukmron shakliga aylangan”54.
Neolit (yangi tosh) davriga kelib, nikoh bobida garchi ikki urug’ jamoasi o’rtasida guruhli nikoh hukmronlik qilgan bo’lsa-da, biroq, nikoh tub mohiyati bilan o’zining dastlabki bosqichdagi holatidan farq qilgan. Keyinchalik matriarxal urug’ jamoasi negizida juftlikka asoslangan nikoh va oila vujudga kelgan. Unga ko’ra ayollar o’z farzandlarining otalaridan urug’ jamoasi manfaati uchun mehnat qilishni talab qiladigan bo’ldi. Ayollar o’zlari uchun doimiy juftni tanlay boshlagan. Ushbu davrda erkaklar o’zlari mansub bo’lgan urug’ hamda xotinining urug’i uchun ham mehnat qilishga majbur bo’lgan. Garchi juftlikka asoslangan oila shakllangan bo’lsa-da, biroq, ayolning oiladagi huquqlari cheksiz bo’lganligi sababli erkaklar ularga tobe edi.
Matriarxal davrdan keyin shakllanib, hozirga qadar mavjud bo’lgan oila shakli – katta erkak etakchiligida bir necha avlodni birlashtirgan patriarxal (yun. “pater” “patros” – ota, “arche” – ibtido, hokimiyat; aynan “ota hukmronligi”) oiladir.
Patriarxal oila, asosan, ilk xo’jalik jamoasi bo’lgan, uning iqtisodiy asosini erga va ishlab chiqarish qurollariga umumiy egalik (ishlab chiqarishga ham, iste’molga ham) tashkil etgan55. Bu kabi oilalarda munosabatlar a’zolarning iqtisodiy va psixologik o’zaro aloqadorligiga tayangan va avtoritar xarakter kasb etgan.
Ijtimoiy hayotning farovonlashuvi natijasida faqat er-xotin va ularni voyaga etmagan farzandlarini birlashtiruvchi nuklear (juftlikka asoslangan) oila vujudga keldi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin