O’zbekiston Respublikasida nikohni qayd qilish tartibi
Bosqichlar
|
Faoliyat mazmuni
|
1-bosqich
|
Nikohga kirishuvchilar nikohdan o’tishdan avval FHDYo (fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish (yozish) organi)ga ariza bilan murojaat qiladilar
|
2-bosqich
|
FHDYo organlari xodimlaridan nikohdan o’tish shartlari va tartibi, er-xotin hamda ota-onalarning huquq va burchlari bilan tanishadilar
|
3-bosqich
|
Nikohni qayd qilish kuni belgilanadi
|
4-bosqich
|
Oradan kamida bir oy o’tgach nikoh qayd qilinadi
|
Ariza bilan birga FHDYoga nikohga kirishuvchilar tomonidan quyidagi hujjatlar ham topshirilishi zarur:
a) nikohga kirishayotgan shaxslarning turar-joyi – mahalla
Fuqarolar yig’ini (MFY) tomonidan ma’lumotnoma;
b) nikohga kirishuvchilarning o’qish yoki ish joyidan ma’lumotnoma;
v) nikohga kirishayotgan shaxslarning tibbiy ko’rikdan o’tganligi
to’g’risidagi ma’lumotnomalar (ushbu ma’lumotnoma quyidagi
organlar tomonidan berilgan bo’lishi shart:
1) ruhiy kasalliklar dispanseri;
2) teri-tanosil kasalliklari dispanseri;
3) narkologiya dispanserlari;
4) OITS kasalliklarini davolovchi muassasalar;
5) sog’liqni saqlash tizimidagi boshqa muassasalar)
Ayni o’rinda shuni ham aytib o’tish zarur, nikohga kirishuvchilarning tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi qonunchilik asoslariga ko’ra majburiy xarakterga ega. Bundan ko’zlangan maqsad nikohga kirishayotgan shaxslarni teri-tanosil va OITS kasalliklarining yuqtirib olish, ruhiy kasalliklar yoki giyohvandlik tufayli ma’naviy ziyon etkazilishidan muhofazalash, bola tug’ilishiga yo’l qo’ymaslikdir.
Agar nikohga kirishayotgan shaxslardan biri FHDYo organiga tibbiy ko’rikdan o’tganlik to’g’risidagi soxta ma’lumotlarni taqdim etgan va unda yuqorida qayd etilgan kasalliklardan biri mavjud bo’lsa, u holda ikkinchi tomon nikohni haqiqiy emas deb topilishini talab qilish huquqiga ega.
Muayyan holda shaxslar nikohdan o’tish huquqiga ega bo’lmaydilar. Ular quyidagi holatlardir:
nikohdan o’tayotgan shaxslarning bittasi ayni vaqtda nikohda bo’lsa (qonuniy nikohga ega bo’lmay, birga yashash nikohdan o’tishga amalda to’siq bo’la olmaydi; biroq, ikki yoki undan ortiq nikohga ega bo’lish jinoyat sanaladi va ularga ega bo’lgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi; yangidan nikohga kirishayotgan shaxs avvalgi
nikohining bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni FHDYo organlariga taqdim etishlari zarur; nikohga kirishayotgan shaxslardan biri chet el fuqarosi bo’lsa, u holda ushbu shaxs o’z mamlakatining tegishli organlari tomonidan berilgan va uning nikohga ega emasligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim);
nikohga kirishayotgan shaxslar (bir ota-onadan tarqalgan qarindosh-urug’lar, tug’ishgan aka-ukalar bilan opa-singillar, otasi yoki onasi boshqa bo’lgan aka-ukalar bilan opa-singillar, shuningdek, bolalikka olinganlar bilan bolalikka olganlar) o’rtasida yaqin qarindosh-urug’chilik mavjud bo’lsa;
nikohlanayotganlardan loaqal biri ruhiy kasallik yoki aqli zaifligi sababli sud tomonidan muomala layoqatiga ega emas deb topilsa (chunki ular o’z xatti-harakatlarining mohiyatini anglay olmaganliklari sababli ularni boshqara olmaydi);
nikohga kirishayotgan shaxs qattiq mast holatda bo’lganida, giyohvandlik yoki boshqa ruhiyatga ziyon etkazuvchi salbiy holatlar ta’sirida bo’lganida.
D.Ro’zieva, M.Usmonboevalar48ning qayd etishlaricha, oilaning ijtimoiy maqomini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi asosiy to’rt jihatni ko’rsatish mumkin:
Oilaning ijtimoiy maqomini belgilovchi holatlar
|
№
|
Muhim holatlar
|
Ularning mohiyati
|
1.
|
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy darajasi
|
Oilaning moddiy holatini belgilab, bu oila daromadlari, turmush darajasi, moddiy jihatdan to’kinligini ifodalaydi (oilaning daromadi yuqori, o’rtacha va past bo’lishi mumkin)
|
2.
|
Oiladagi ijtimoiy-ruhiy holat
|
Oilada sog’lom yoki nosog’lom psixologik muhit mavjudligini anglatadi; oiladagi sog’lom psixologik muhit oila a’zolarining bir-birlari bilan yaqinliklari, o’zaro hamkor, hamfikr va teng huquqli ekanliklarini anglatsa, nosog’lom psixologik muhit esa, aksincha, oilada janjal-nizolarning ko’pligi, oila a’zolarining bir-birlariga nisbatan mehrli, oqibatli emasliklarini ko’rsatadi
|
3.
|
Oilaning ijtimoiy-madaniy darajasi
|
Oila a’zolarining axloqi, atrofdagilar bilan munosabati, ma’lumotlilik darajasi, kasb yoki hunar egasi ekanliklari, oilaning muayyan an’anaga egaligi, oila a’zolarining qiziqishlari, ma’naviy ehtiyojlari, maishiy hayotni birgalikda tashkil etishlarini ifodalaydi
|
4.
|
Oilaning vazifaviy holati (vaziyatli-rolli maqomi)
|
Oilada ota-onalar, farzandlarning o’zlariga yarasha vazifalari mavjudligini, ularning mehnat taqsimotidagi ishtiroklari, oila xo’jaligini tashkil etishdagi ishtiroklarini belgilaydi
|
Bizning fikrimizcha, yuqorida ko’rsatilgan mualliflarning fikrlariga qo’shilgan holda oilaning ijtimoiy maqomini belgilovchi yana bir jihatni keltirib o’tish maqsadga muvofiqdir. U quyidagi jihatdir: oilaning tarkibiy tuzilmasi – oila a’zolarining soni, tarkibiy tuzilmasi (ota-ona, farzandlar, oilaning keksa avlod vakillari va b.q. a’zolari (amma-xolalar, tog’a-amakilar, jiyanlar va h.k.) uning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy hamda ijtimoiy-madaniy darajasi, shuningdek, vazifaviy holatiga ham o’z-o’zidan ta’sir o’tkazadi. Tarkibiga ko’ra oilaning mehnatga layoqatli a’zolarga egaligi uning iqtisodiy farovonligiga o’z ta’sirini o’tkazsa, oiladagi jamiki a’zolarning ruhan bir-birlarini qo’llab-quvvatlashlari, hayotiy yondashuvlari hamda mavjud tajribalari yosh avlodning ijtimoiy moslashuv qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayni o’rinda shuni ham qayd etish lozimki, ikki yoki ko’p bo’g’inli oilalarda bir bo’g’inli oilalarga nisbatan farzandlar tarbiyasini tashkil etish imkoniyatlari ko’p. Chunki bu kabi oilalarda har bir bolaning tarbiyasi, jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy kamoloti uchun bir necha shaxslar birdek javobgar sanaladi. Qolaversa, oila sharoitida har bir a’zoning xatti-harakati farzandlar uchun namuna, ibrat bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli ikki yoki ko’p bo’g’inli oilalarda har bir a’zoning o’z xatti-harakatlari, muomalasi, yurish-turishini nazorat, tahlil qilib hamda baholab borishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |