Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə34/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

1. Tinch, baxtli oilalar. Bunday oilalar zimmasidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etadi. Ota-onalar o’z farzandlarining qiziqish va ehtiyojlarini tez ilg’aydi. Bordi-yu, oilaviy munosabatlarda muammolar kelib chiqsa, u holda tinch, baxtli oilalarga bir martagina amaliy yordam ko’rsatishning o’zi kifoya qiladi.
2. Barbod bo’lish xavfiga ega oilalar. Bu kabi oilalarning farzandlarida ba’zan me’yordan og’ish holatlari kuzatiladi. Ko’p holatlarda ushbu oilalar farzandlarida ijtimoiy moslashuv qobiliyatining pastligi namoyon bo’ladi. Bunday oilalarda ota-onalar bola tarbiyasini juda qiyinchilik bilan olib boradi. Shu sababli ajralish xavfi bo’lgan oilalar ijtimoiy pedagog tomonidan o’z vaqtidagi beriladigan amaliy yordam, shuningdek, doimiy kuzatuvga ehtiyoj sezadi.
3. Notinch, baxtsiz oilalar. Bunday oilalar ijtimoiy nuqtai nazardan hayotiy faoliyatning muayyan sohasi bo’yicha past darajaga ega bo’lib, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydi. Ota-onalar hamda farzandlarning ijtimoiy moslashuv imkoniyatlari nihoyatda past. Shu sababli bunday oilalarda bolalarni tarbiyalash jarayoni juda qiyinchilik bilan sekin boradi, ustiga ustak kam holatlarda kutilgan natijaga erishiladi. Notinch, baxtsiz oilalar doimiy ravishda ijtimoiy pedagogning faol, davomiy ko’magiga ehtiyoj sezadi. Bu kabi oilalar ega bo’lgan muammolarning xarakteridan kelib chiqib, ijtimoiy pedagogning ularga uzoq muddatli ta’limiy va psixologik yordam ko’rsatishi maqsadga muvofiqdir.
4. Asotsial oilalar. Bu turdagi oilalarning ijtimoiy holati ularni tubdan isloh qilishni talab etadi. Mazkur oilalarda ota-onalar amoral, g’ayriqonuniy hayot kechirishadi. Ularning yashash sharoitlari eng oddiy sanitariya-gigienik talablarga ham javob bermaydi. Tabiiy ravishda bolalarning tarbiyasi bilan hech kim shug’ullanmaydi. Shu sababli bolalar nazoratsiz qolishgan. Ular doimiy ravishda yarim och holda yurishgani uchun jismoniy rivojlanishda ortda qolishgan. Ijtimoiy pedagog ushbu oilalar bilan ish olib borganda huquqni muhofaza qilish, vasiylik va homiylik organlari bilan yaqindan aloqa o’rnatishi zarur.
Oilalar turining xilma-xilligi ularning u yoki bu jihatni asos qilib olganligini tasdiqlaydi. Bu esa turli oilalarda farzandlar tarbiyasini tashkil etish jarayonining murakkabligidan dalolat beradi.
Har bir oilaning hayoti ko’p jihatli, ya’ni, ijtimoiy-biologik, xo’jalik-iqtisodiy, axloqiy va psixologik munosabatlarga asoslanishi bilan tavsiflanadi. Shunga ko’ra oilaning rivoji muayyan bosqichda ma’lum vazifaning bajarilishi, yangi vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, oila a’zolari ijtimoiy faoliyati ko’lamining kengayishi, faollik darajasining ortib borishiga bog’liq.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin