Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə28/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asoslariga ko’ra farzandlar ham ota-onalarining oldida muayyan burchlarni bajarishlari shart. Respublika Oila kodeksi asoslariga ko’ra farzandlarning zimmasida ularning ota-onalariga nisbatan munosabatlarida quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

  • mehnat qobiliyatini yo’qotgan, kasal bo’lgan, boquvchisiz

qolgan ota-onasi to’g’risida g’amxo’rlik qilish;

vasiyligida bo’lgan paytda ularga yordam berish;

  • mehnat qobiliyatini yo’qotgan, kasal bo’lgan, boquvchisiz

qolgan ota-onasiga (agarda ular talab qilsa) aliment to’lash
Voyaga etmagan farzandlar ota-onalari oldida burchli (majburiyatli) ekanliklari bilan birga ma’lum huquqlarga ham egadirlar. Quyidagilar voyaga etmagan farzandlarning ota-onalari oldidagi huquqlarini ifodalaydi:

insoniy qadr-qimmatining hurmat qilinishi;

  • ota-onasi va boshqa qarindoshlari (bobosi, buvisi,

  • aka-ukalari, opa-singillari va h.k.) bilan ko’rishish;

  • o’z huquqlari va boshqa manfaatlarini himoya qilish;

  • muayyan voqea, hodisa va jarayonlarga

nisbatan o’z fikrini ifoda etish;

  • ism, ota ismi va familiya olish;

  • ismi va familiyasini o’zgartirish;

  • oilada umumiy mulk, o’z xususiy mulkiga ega bo’lish va b.q.

Ota-ona oila tarbiyasini tashkil etishda farzandlarning manfaatlariga zid hech bir xatti-harakatni sodir etishi mumkin emas. Aksincha, ularning xatti-harakatlari farzandlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi zarur. Shuningdek, ota-onalarning farzandlar bilan munosabatlari ularning jismoniy hamda ruhiy sog’liklariga, axloqiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalar farzandlarga nisbatan shafqatsiz, qo’pol munosabatda bo’lish, ularning insoniy qadr-qimmati, g’ururini poymol etish taqiqlanadi. Respublikada amalda bo’lgan qonunchilik asoslariga ko’ra ota-ona tomonidan farzandlarni mensimaslik, haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishga yo’l qo’yilmaydi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin