Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilada ekologik va huquqiy tarbiyani yo’lga qo’yish



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə56/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Oilada ekologik va huquqiy tarbiyani yo’lga qo’yish. Oilada, shuningdek, ekologik tarbiyani tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar bolalarni yoshlikdan tabiat bilan ijobiy munosabatda bo’lishga o’rgatib borishlari, ularda “inson tabiatning bir qismi, shu sababli tabiatga etkazilgan har qanday zarar uning o’ziga falokat olib keladi” degan tushunchani singdirib borishlari kerak. Oilada tashkil etilayotgan ekologik tarbiya bolalarda atrof-muhitga, xususan, tabiatga nisbatan ijobiy, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish bilan birga ularda estetik didning o’sishini ham ta’minlaydi. Binobarin, tabiatning o’zi eng go’zal, eng mukammal asaridir. Bolalar tabiat go’zalliklaridan bahra olar ekanlar, o’zlarini uning bir bo’lagi, shu sababli uni asrab-avaylashga mas’ul ekanliklarini chuqur anglab etadilar. Shuningdek, “oila muhitida tashkil etilayotgan hovli sahnini supirib-sidirish, gulzorlarni tashkil etish, ko’chatlarni o’tkazish va ularni parvarish qilish, maishiy chiqindilarni bartaraf etishga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lish kabi harakatlar bolalarda tabiatni asrashga nisbatan mas’ullik tuyg’usini shakllantiradi”84.
O’zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilayotgan mavjud sharoitda yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatga ega bo’lishlari alohida ahamiyatga ega. Shu sababli ta’lim muassasalari bilan bir qatorda oila ham yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatga ega bo’lishlarini ta’minlash uchun mas’uldir. Oilada bolalarni farzand, ijtimoiy munosabatlar ishtirokchisi hamda iste’molchi sifatidagi huquq va burchlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki shaxsning aynan shu kabi ijtimoiy maqomlari ijtimoiy munosabatlar jarayonida ular tomonidan burchlarining bajarilishi, huquqlaridan o’rinli foydalanish, ayrim hollarda esa huquqlari poymal etilishining oldini olish imkonini beradi.
Oilada tashkil etiladigan huquqiy tarbiya farzandlarda “intizomlilikni, o’z xatti-harakatlari uchun javob bera olish qobiliyatini tarbiyalashdan boshlanadi”. Huquqiy tarbiyaning samaradorligi farzandlarda jamiyatda amal qilayotgan qonunlarning ahamiyatini to’g’ri tushunish, ularning hayotdagi rolini oqilona baholash, atrofdagilarning huquqlarini hurmat qilish, o’z huquq va burchlarini etarli darajada anglash, burchlarni vijdonan ado etish, shaxsiy huquqlarini himoyalash kabi ko’nikma-malakalarning shakllanganligi bilan belgilanadi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin