TEST TOPShIRIQLARI
1. “Oila pedagogikasi” fanining vazifalari qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
B) bolalar tarbiyasiga oid umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarga etkazish;
C) oilaviy muammolarni bartaraf eta olish ko’nikmalarini shakllantirish:
D) * barcha javoblar to’g’ri.
2.“Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega”. Ushbu jumlalar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida ko’rsatilgan?
A) *63- moddasida;
B) 42- moddasida;
C) 14- moddasida;
D) 5- moddasida.
3. Seqblfub Oila bu…
A) birga yashaydigan qarindoshlar guruhi: «er-xotin, ota-ona-farzandlar»;
B) umumiy manfaatlar, qiziqishlar orqali jipslashgan kishilar birlashmasi;
C) nikoh birligi, o’zaro axloqiy javobgarlik va o’zaro yordam orqali bir-biriga bog’langan, nikohga yoki qondoshlikka asoslangan kichik guruh;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
4. Baxt nima
A) sog’lik, farovonlik, boylik;
B)*qoniqishning yuksak darajasi;
C) o’z-o’zini yuqori baholash;
D) sevish va sevilish.
5. Muloqot jarayonining asosiy tarkibiy qismlari…
A) *so’zlash, tinglash va tushunish;
B) gapirib berish, tinglash;
C) tushunish, imo-ishora qilish;
D) so’zlash va tinglash.
6. Oila va oilada bolalar tarbiyasi haqida mutafakkirlardan kimlar fikr yuritganlar?
A) Kaykovus, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy;
B) Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy;
C) Muhammad Sodiq Qoshg’ariy, Jaloliddin Davoniy;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
7. “Oila kodeksi” nechanchi yil qabul qilingan?
A) 1992 yil 8 dekabr;
B) 1996 yil 10 may;
C) *1998 yil 30 aprel;
D) 2001 yil 30 yanvar.
8. « Kimki qisqa so’zda deydi ko’p ma’no, Ravonlik bobida ul kishi a’lo». Ushbu so’zlar kimning qalamiga mansub?
A) *Abulqosim Firdavsiy;
B) Sa’diy Sheroziy;
C) Xusrav Dehlaviy;
D) Abduqodir Bedil.
9. Mamlakatimizda 1998 yilga qanday nom berilgan?
A) “Sog’lom avlod yili”;
B) “Inson manfaatlari yili”;
C) * “Oila yili”;
D) “Mehr-muruvvat yili”.
10. “Eng birinchi galda nasl-nasabni toza saqlamoq, qadr-qimmatni bilmoq inson tarbiyasinining gultojidir” - Ushbu jumlalar qaysi muallifning qanday asarida keltirilgan?
A) A.Navoiyning “Xamsa” asarida;
B) *Kaykovusning “Qobusnoma” asarida;
C) A.Fitratning “Oila” asarida;
D) A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” asarida.
11. O’zbekiston Respublikasining “Oila kodeksi” nechta bob va necha moddadan iborat?
A) *30 bob va 238 moddadan;
B) 45 bob va 312 moddadan;
C) 22 bob va 187 moddadan;
D) 36 bob va 300 moddadan.
12. “Endogamik nikoh” nima?
A) yakka nikoh;
B) guruhiy nikoh;
C) *boshqa qabilalarga mansub qiz yoki yigit bilan nikoh;
D) nikohlanmagan holda birga yashash.
13. “Oila-bu tabiatning shoh asarlaridan biridir” bu fikr qaysi faylasuf tomonidan bildirilgan?
A) Beruniy;
B) Aflotun;
C) *Satayana;
D) Suqrot.
14. O’zbekistonda 1999 yil qanday yil deb e’lon qilindi?
A) * “Onalar va bolalar yili”;
B) “Inson manfaatlari yili”;
C) “Oila yili”;
D) “Mehr-muruvvat yili”.
15. “Onalik huquqi” asari kimning qalamiga mansub?
A) *Vaxofen;
B) Beruniy;
C) Ibn Sino;
D) Farobiy;
16. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida nikoh yoshi qizlar uchun necha yosh qilib belgilangan?
A) *qizlar uchun 17 yosh;
B) qizlar uchun 16 yosh;
C) qizlar uchun 19 yosh;
D) qizlar uchun 18 yosh.
17. “Aliment” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) *oziq-ovqat, nafaqa;
B) stipendiya;
C) moddiy yordam;
D) rag’bat.
18. G’arbda oila tarixini o’rganishga qanday asar turtki bo’lgan?
A) *Vaxofenning “Onalik huquqi” asari;
B) Navoiyning «Maxbubul kulub» asari;
C) Vaxofenning “Onalik maktabi” asari;
D) Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari;
19. B.Umarov o’zining ilmiy tadqiqotida oilaviy nizolarni qanday turlarga ajratadi?
A) yolg’izlik, yaqin kishisining o’limi;
B) muvaffaqiyatsiz sevgi bilan bog’liq bo’lgan nizolar;
C) ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari tomonidan bolalarni jismoniy va ma’naviy xo’rlash;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
20. Nodonlardek yuzlab so’zni qilma qator,
Donolardek bir so’z degil, lek ma’nodor.
Ushbu so’zlar kimning qalamiga mansub?
A) Abulqosim Firdavsiy;
B) *Sa’diy Sheroziy;
C) Xusrav Dehlaviy;
D) Abduqodir Bedil.
21. Ruhshunos olim G’. Shoumarov o’zining “Muhabbat va oila” kitobida oilaning tinch-totuv yashashida o’zaro qovushishini necha turga bo’lib o’rganadi?
A) 2 turga;
B) 5 turga;
C) *3 turga;
D) 4 turga.
22. “Oilada otaning shirin so’zli, yumshoq ko’ngil, tabiatan muloyim bo’lishi bola tarbiyasini buzadi, oilada bosh tarbiyachi ota hisoblanadi” – yuqoridagi fikr Abu Ali ibn Sinoning qaysi asaridan olingan?
A) “Donishnoma” asaridan;
B) *“Tadbiri al-manozil” asaridan;
C) “Navodir ul-vaqoe” asaridan;
D) “Ishorat” asaridan.
23. 2000 yilga O’zbekistonda qanday nom berildi?
A) “Onalar va bolalar yili”;
B) “Inson manfaatlari yili”;
C) * “Sog’lom avlod yili”;
D) “Mehr-muruvvat yili”.
24. Vaxofen “Onalik huquqi” asarini qachon yozgan?
A) 1821;
B) *1861;
C) 1681;
D) 1530.
25. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida nikoh yoshi o’g’il bolalar uchun necha yosh qilib belgilangan?
A) 16 yosh;
B) 17 yosh;
C) 20 yosh;
D) *18 yosh;
26. Tarkibiga ko’ra oilalar qanday turlarga bo’linadi?
A) bir bo’g’inli, ikki bo’g’inli, ko’p bo’g’inli;
B) notinch, baxtli, sotsial;
C) bir bolali, ikki bolali, ko’p bolali;
D) ziyoli, ishchi, xizmatkor.
27. Qaysi qatorda nikoh tuzish shartlari noto’g’ri ko’rsatilgan?
A) nikoh yoshi erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh bo’lishi lozim;
B) *nikoh tuzishda ayollar erkaklar familiyasiga o’tishi lozim;
C) erkak va ayollar o’rtasidagi tenglik;
D) nikoh o’zaro xohish asosida tuzilishi lozim.
28. “Ado etilgan burchdan ulug’vorlikdan ko’ra zo’rroq ulug’vorlik yo’q, undan zo’rroq quvonch ham yo’q”. Ushbu fikr kimga tegishli?
A) I. Gyote;
B) Ibn Sino;
C) *E. Rejan;
D) A.Blok.
29. Ota-onaning farzandi oldidagi burchi nimalardan iborat?
A) yaxshi ism qo’yish;
B) to’g’ri tarbiya berib, uyli, joyli qilish;
C) voyaga etgach uylantirish yoki turmushga berish;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
30. Nikoh tuzishga mone’lik qilmaydigan holatni belgilang!
A) loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o’rtasida;
B) *ayol yoshining erkak yoshidan katta bo’lishi;
C) loaqal bittasi ruhiyat buzilishi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o’rtasida;
D) nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan qarindoshlar o’rtasida.
31. Zardushtiylik dinida oila qurishning qanday motivlari mavjud bo’lgan?
A) ota yoki homiy, hohish-irodasi tufayli;
B) sevgi-muhabbat tufayli;
C) farzarzandlari bo’lishi hohishi tufayli;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
32. O’zekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada to’y-marakalarni o’tkazishni tartibga keltirish to’g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan?
A) 1996 yil 26 oktyabr;
B) 1997 yil 27 oktyabr;
C) *1998 yil 28 oktyabr;
D) 1999 yil 30 oktyabr.
33. Hadislarda uch kishining duosi Alloh oldida ijobat bo’ladi deyiladi. Ular kimlar?
A) ota-ona, ota-ona, musofir;
B) qariyalar, ota-ona, mazlum;
C) mazlum, musofir, qariya;
D) *ota-ona, musofir va mazlum.
34. “Bolalarni katta ma’suliyat bilan va puxta o’ylab tarbiya qilish ota-onaning burchi”. Bu fikr kimga tegishli?
A) Aristotel;
B) Platon;
C) Ahmad Donish;
D) Al-Buxoriy.
35. To’liqliligiga ko’ra oilalar kaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) farzandli va farzandsiz;
B) ishchilar, xizmatchilar, ziyolilar;
C) ko’p bo’g’inli va kam bo’g’inli;
D) *to’liq, noto’liq va qayta tuzilgan.
36. Ibn Sino bola tarbiyasini nimadan boshlash lozim deb ta’kidlaydi?
A) *ism tanlashdan;
B) yozishni o’rgatishdan;
C) o’qishni o’rgatishdan;
D) axloq o’rgatishdan.
37. Islomiy tarbiyada o’g’il va qizlar tarbiyasining o’ziga xos xususiyati necha yoshdan shakllanadi?
A) 6 yoshdan;
B) *7 yoshdan;
C) 10 yoshdan;
D) 12 yoshdan.
38. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida “Sovg’a ayirboshlash”ning yuzaga kelishiga sabab nima bo’lgan?
A) ayol va erkak o’rtasidagi munosabatlarni bildirish sababli;
B) *shaxsiy mulkning paydo bo’lishi sababli;
C) boshqa qabilalardan ajralib turishi sababli;
D) sevgani sababli.
39. Qaysi mutafakkir insonning axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan baholagan?
A) Abu Ali Ibn Sino;
B) Yusuf Xos Xojib;
C) Abu Nasr Farobiy;
D) *Abu Rayhon Beruniy.
40. Nikoh tuzish uchun erkaklar uchun 18 yosh ayollar uchun 17 yosh belgilangan, biroq turli sabablar bo’lganda hokim nikoh yoshini ko’pi bilan necha yilga kamaytirishi mumkin?
A) 2 yilga;
B) *1 yilga;
C) 0,5 yilga;
D) 1,5 yilga.
41. “Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib etishishlariga bevosita ta’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i ekanligini tan olish darkor”. Ushbu so’zlar kimga taalluqli
A) M. Maxmudov;
B) *I.A Karimov;
C) G’.B. Shoumarov;
D) A.Oripov.
42. Bir oiladagi o’zaro qon-qarindoshlar turmush qurishlari mumkinmi?
A) yoshlari etganda mumkin;
B) o’zaro rozi bo’lganda;
C) *umuman mumkin emas;
D) sevgi-muhabbat bo’lganda.
43. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning fikricha, uylanishda qizlar yigitlardan to’rt narsada ustun bo’lishi kerak, ular qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) omadda, boylikda, did va farosatda;
B) *qomatda, husnda, hulqda, iffatda;
C) bo’yda, did-farosatda, odobu-iffatda, omadda;
D) xulqda, chiroyda, boylikda, farosatda;
44. Yusuf Xos Hojib, oilaning shakllanishi va mustahkamlanishida nimaning roliga alohida e’tibor beradi?
A) hurmat;
B) *mehr-muhabbat;
C) tinchlik;
D) sadoqat.
45. Muhammad Sodiq Qoshg’ariy fikricha, turmushga chiqayotganda qizlar yigitlardan to’rt narsada past bo’lishlari kerak, ular qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilagan?
A) *umrda, qomatda, molda va nasabda;
B) didda, farosatda, amalda, qomatda;
C) molda, nasabda, omadda, chiroyda;
D) farosatda, boylikda, chiroyda, omadda.
46. G’.Shoumarov oilada er-xotinning o’zaro qovushishlarini shartli ravishda necha qismga bo’ladi?
A) iqtisodiy, mantiqiy, biologik qovushish;
B) *biologik, psixologik, sotsial qovushish;
C) ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy qovushish;
D) mantiqiy, biologik, sotsial qovushish.
47. Ibn Sino bola tarbiyasida kimning rolini alohida ta’kidlaydi?
A) otaning;
B) *onaning;
C) davlatning;
D) mahallaning.
48. Oila kodeksi nechta bo’lim, bob va moddadan iborat?
A) 8 bo’lim, 30 bob, 823 moddadan iborat;
B) 6 bo’lim, 26 bob, 628 moddadan iborat;
C) * 8 bo’lim, 30 bob, 238 moddadan iborat;
D) 7 bo’lim, 28 bob, 168 moddadan iborat.
49. O’zining ijtimoiy mazmuniga ko’ra oila, odatda o’zaro aloqadagi uchta ijtimoiy guruhdan iborat bo’lib, ular nimalardan iborat?
A) oilaning asosi sifatida nikox;
B) nikoxning natijasi sifatida er-xotin munosabatlari;
C) er-xotin munosabatlarining oqibati sifatida farzandlardan tashkil topadi;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
50. “Voyaga etmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish to’g’risida Nizom” necha bo’limdan iborat
A) *2 bo’limdan iborat;
B) 1 bo’limdan iborat;
C) 4 bo’limdan iborat;
D) 3 bo’limdan iborat.
51. “Bolali oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash to’g’risi”dagi qaror qachon yaratilgan?
A) 1996 yil 1 yanvar;
B) *1997 yil 1 yanvar;
C) 1997 yil 31 dekabr;
D) 1996 yil 31 dekabr.
52. BMT tomonidan qaysi kun xalqaro oila kuni sifatida e’lon qilingan?
A) *15 may;
B) 10 fevral;
C) 5 avgust;
D) 10 dekabr.
53. “Nikoh tomonlarining ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi” deb yozilgan fikr qaysi kitobda belgilangan?
A) O’zbekiston Respublikasining “Oila” kodeksida;
B) *“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”da;
C) “Oila huquqi” darsligida;
D) “1001 savolga 1001 javob” kitobida;
54. Nikohga kirish vaqtida o’z familiyasini o’zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyasida qolishga haqlimi?
A) yo’q, haqli emas;
B) er-xotinning xohishiga qaraladi;
C) sud chiqargan qarorga asoslanadi;
D) *nikohdan ajratish to’g’risidagi qarorga muvofiq nikohgacha bo’lgan familiyasi qaytarilishi mumkin.
55. «Oila» tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
A) *ayolmand, niyozmand;
B) nafosat, did-farosat;
C) dilnavoz, xotirjamlik;
D) inoqlik, farosatlik.
56. Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy deb topish mumkinmi?
A) har qanday sharoitda ham bekor qilinadi;
B) *sudgacha er yoki xotin nikoh yoshiga etgan bo’lsa haqiqiy deb topiladi;
C) yo’q, bu nikoh haqiqiy emas;
D) har qanday sharoitda ham nikoh haqiqiy hisoblanadi.
57. “Oila pedagogikasi” asarining muallifi kim?
A) O.Hasanboeva;
B) M.Inomova;
C) O.Musurmonova;
D) *A.Munavvarov.
58. “Oila, mahalla, maktab xamkorligi” kontseptsiyasi qachon ishlab chiqilgan?
A) 1997 yilda;
B) *1993 yilda;
C) 1992 yilda;
D) 1998 yilda.
59. Oilani tarixiy kategoriya sifatida to’rt xil munosabatlarga asoslangan birlik sifatida o’rganamiz. Ular qaysi bandda to’g’ri aks etgan?
A) *tabiiy-biologik, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy;
B) tabiiy, mafkuraviy, madaniy, ma’naviy;
C) madaniy, diniy, ma’rifiy, mafkuraviy;
D) biologik, iqtisodiy, diniy, madaniy.
60. “O’zbekiston Respublikasining Oila huquqi” darsligining muallifi kim?
A) pedagogika fanlari doktori, professor J.Yo’ldoshev;
B) *yuridik fanlar doktori, professor F.Otaxo’jaev;
C) pedagogika fanlari doktori, professor R.Jo’raev;
D) yuridik fanlar nomzodi D.Xidirov;
61. «Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiya»ning qabul qilinishi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) *1989 yil 10 noyabr;
B) 1999 yil 10 noyabr;
C) 1998 yil 22 noyabr;
D) 1997yil 15 noyabr.
62. Aliment undirishning qanday tartiblari belgilangan?
A) aliment to’g’risidagi kelishuv tuzish;
B) alimentni ixtiyoriy to’lash;
C) alimentni sud tartibida undirish;
D) *barcha javoblar to’g’ri
63. “O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini qo’llab quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonining chiqqan vaqti qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) 2002 yil 25 may;
B) 2005 yil 25 may;
C) *2004 yil 25 may;
D) 2003 yil 25 may.
64. BMT tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” ning qabul qilingan vaqti qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) *1948 yil 10 dekabr;
B) 1958 yil 12 dekabr;
C) 1955 yil 12 dekabr;
D) 1978 yil 10 dekabr.
65. “Oila pedagogikasi” fanining vazifalari qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash;
B) bolalar tarbiyasiga oid umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarga etkazish;
C) oilaviy an’analarga binoan bolalarning tug’ilishlari bilan bog’liq bo’lgan marosimlar va urf-odatlarni yoshlarga etkazish;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
66. Oila va oilada bolalar tarbiyasi haqida quyidagi mutafakkirlardan qaysilari fikr yuritganlar?
A) Ibn Sino, Beruniy;
B) A.Navoiy, Farobiy;
C) Muhammad Sodiq Qoshgariy, Davoniy;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
67. Zamonaviy sharoitda bolalar tarbiyada nimalarga muhtoj?
A) hordiq chiqarishga, boylikka, uddaburonlikka;
B) mehnatkashlikka, erkinlikka, aqliy omilkorlikka;
C) aqliy omilkorlikka, amaliy hisob-kitobga, uddaburonlikka;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
68. Quyidagilardan qaysilari zamonaviy oilalar rivojlanishining o’ziga xosliklari bo’la oladi: 1) moddiy ta’minlanganlik; 2) ko’p bolalik; 3) tug’ilishni oldini olish; 4) shahar va qishloq oilalarining ijtimoiy hayot tarzi; 5) ayollarning katta mavqega egaligi; 6)ota-onalarning doimiy ishda bo’lishlari
A) 1, 2, 4, 6;
B) *1, 3, 4, 6;
C) 1, 3, 5, 6;
D) 1, 2, 5, 6.
69. Kim o’zaro munosabatlar xarakteriga ko’ra oilani ideal, o’rta, salbiy turlarga bo’ladi?
A) *Yu.Azarov;
B) M.Buyanov;
C) A.Munavvarov;
D) Fitrat.
70. Maktabning oila bilan olib boradigan ishlarini qanday shakllari mavjud?
A) ommaviy, guruhiy;
B) individual, zamonaviy;
C) *individual, jamoaviy;
D) to’g’ri javob yo’q.
71. “Oila yoki oilani boshqarish tartiblari” asarining muallifi kim?
A) I.Podlaso’y;
B) A.Munavvarov;
C) Yu.Azarov;
D) *Fitrat.
72. Zamonaviy oilalarda muloqotning qanday usullari aniqlangan?
A) matriarxat, patriarxat, egoizm;
B) totalitar, avtoritar, mojoritar;
C) demokratik, avtoritar, diktatura;
D) *avtoritar, liberal, demokratik.
73. I.Podlaso’y shaxslararo munosabat xarakteriga ko’ra oilalarni qanday turlarga ajratadi?
A) ideal, sotsial, tarqoq, o’rta, salbiy, yuqori darajali;
B) *bolalarni hurmat qiluvchi, rahmdil, moddiylikka yo’nalgan, adovatli, antisotsial;
C) ideal, rahmdil, moddiylikka yo’nalgan, tarqoq, sotsial, adovatli;
D) ko’p bo’g’inli, kam bolali, o’rta, salbiy, bolalarni hurmat qiluvchi.
74. Maktabning oila bilan olib boradigan ishlarining individual shakllariga nimalar kiradi?
A) ota-onalar seminariyasi, ochiq eshiklar kuni, pedagogik topshiriq;
B) sinf ota-onalar majlisi, ota-onalar universitetlari, oilaga tashrif buyurish;
C) *pedagogik topshiriq, oilaga tashrif buyurish, pedagogik maslahatlar;
D) barcha javoblar to’g’ri.
75. Quyidagi qaysi fikrni ma’qul deb hisoblaysiz?
A) ota-ona ota-onaning avtoretitini tushirmasligi kerak;
B) ota-onalarning tarbiyalovchi imkoniyatlariga ishonish kerak;
C) *ota-onalarga topshiriq bermaslik kerak;
D) barcha javoblar to’g’ri.
76. Quyidagilardan qaysi fikrni to’g’ri deb hisoblaysiz?
A) oilada bolalar bilan munosabat do’stona bo’lsa, bunda asosiy metod-
jazolash;
B) *qancha ota-ona bo’lsa, shuncha metod turi bor;
C) ota-onalarning shaxsi metodlarda aks etmaydi;
D) to’g’ri javob yo’q.
77. Ota-onalarning shaxsiy tajribasi bolani tarbiyalashning metodini tanlab olish sharti bo’la oladimi?
A) *ha;
B) yo’q;
C) ba’zan;
D) hech qachon.
78. Quyidagilardan qaysilari zamonaviy oila tarbiyasining tamoyillari bo’la oladi 1) merosiylik; 2) qattiqqo’llik; 3) kreativlik; 4) insoniylik; 5) itoatda tutish; 6) fuqarolik; 7) retrospektiv.
A) 1, 2, 4, 5, 7;
B) 1, 2, 3, 6, 7;
C) *1, 3, 4, 6, 7;
D) 1, 3, 5, 6, 7;
79. Quyidagilardan qaysilari oilada tarbiyaviy vazifalarni hal qilishning vositalari bo’la oladi: 1) o’yin; 2) jazo; 3) so’z; 4) ishontirish; 5) mehnat; 6) an’analar; 7) rag’bat; 8) radio; 9) adabiyot.
A) 1, 2, 4, 5, 6, 9;
B) 2, 3, 4, 7, 8, 9;
C) 1, 3, 5, 6, 8, 9;
D) *1, 3, 4, 6, 8, 9;
80. M.Buyanov sotsiologlarning tadqiqotlariga tayanib oilani qanday turlarga bo’ladi?
A) *o’zaro mos (uyg’un), tarqoq (nosoz), ajrashib ketgan, to’liqsiz;
B) ideal, rahmdil, moddiylikka yo’nalgan, tarqoq, asotsial, adovatli;
C) ko’p bo’g’inli, kam bolali, o’rta, salbiy, bolalarni hurmat qiluvchi;
D) ideal, asotsial, tarqoq, o’rta, salbiy, yuqori darajali.
81. Qishloq oilalari shahar oilalaridan nimasi bilan farq qiladi?
A) ota-onalarning ma’lumoti o’rtaligi;
B) *qishloq joylarida har bir bola hamqishlog’ining qattiq nazoratida bo’ladi;
C) bolalar soni kam bo’ladi;
D) ajralishlar sonining ko’pligi.
82. Qoidaga muvofiq oilada bolalarga oilaviy mablag’ning necha foizi sarf qilinadi?
A) 30 foizdan 40 foizgacha;
B) 20 foizdan 60 foizgacha;
C) *25 foizdan 50 foizgacha;
D) 40 foizan 90 foizgacha.
83. Quyidagilardan qaysi biri tug’ilishning kamayishi sababi bo’la olmaydi?
A) ota-onalarning ishda bandligi;
B) bola tarbiyalashda moddiy ta’minotning o’sishi;
C) ota-onalarning “o’zi uchun yashamoq” singari egoistik qarashlari;
D) *yoshlarning erta turmush qurayotganligi.
84. Necha foizgacha ajralishlar turmush qurganligining birinchi yilida ularning oilaviy hayotga tayyor emasliklari natijasida kelib chiqmoqda?
A) 70 foizgacha;
B) *90 foizgacha;
C) 60 foizgacha;
D) 50 foizgacha.
85. Bolalar soniga bog’liqlikda zamonaviy oilalar qanday turlarga bo’linadi?
A) o’zaro mos (uyg’un), tarqoq (nosoz), ajrashib ketgan, to’liqsiz;
B) ideal, rahmdil, moddiylikka yo’nalgan, tarqoq, sotsial, adovatli;
C) ko’p bo’g’inli, kam bolali, o’rta, salbiy, bolalarni hurmat qiluvchi;
D) *ko’p bolali, kam bolali, bir bolali, bolasiz.
86. Agar oilada faqat ota-ona bo’lsa, bunday oila qanday ataladi?
A) to’liq;
B) *to’liqsiz;
C) sotsial;
D) ideal.
87. Quyidagi qaysi fikrlarni to’g’ri deb hisoblaysiz?
A) oila bola uchun u yashayotgan hayotning modeli (andozasi)ni yaratadi;
B) ota-onalarning o’z bolasiga ta’sir ko’rsatishi ularning jismoniy kamoloti va axloqiy pokizaligini ta’minlashi kerak;
C) ko’pincha bola tug’ilgan va katta bo’lgan oilaviy shart-sharoitlar va holatlar ularning butun hayotlariga o’z ta’sirini o’tkazadi va hatto taqdirini belgilab qo’yadi;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
88. Oila tarbiyasi samarador bo’lishi uchun ota-onalar qanday tayyorgarlikka ega bo’lishi lozim?
A) ota-onalar ko’proq pul topishlari lozim;
B) *ota-onalarning o’zida o’z farzandlari bilan o’zaro foydali va doimiy bir butun yo’nalganlikni shakllantirish lozim;
C) oilada kattalarning mavjud bo’lishi;
D) to’g’ri javob yo’q.
89. Oila tarbiyasining maqsadi nimalarda aks etadi?
A) umuminsoniy qadriyatlarni va rostgo’ylik, adolatlilik, oliyjanoblilik, mehnatga va odamlarga muhabbatni shakllantirish;
B) intellektual va ijodiy qobiliyatlarini, bilish va dastlabki mehnat tajribalarini rivojlantirish;
C) axloqiylik va estetiklikni rivojlantirish;
D) *barcha javoblar to’g’ri.
90. O’zaro munosabatlar xarakteriga ko’ra oilalar qanday turlarga bo’linadi?
A) *ideal, o’rta, salbiy (negativ) yoki janjalli-serzarda;
B) o’zaro mos (uyg’un), tarqoq (nosoz), ajrashib ketgan, to’liqsiz;
C) ideal, rahmdil, moddiylikka yo’nalgan, tarqoq, asotsial, adovatli;
D) ko’p bo’g’inli, kam bolali, o’rta, salbiy, bolalarni hurmat qiluvchi.
91. Quyidagilardan qaysi biri oilada bola tarbiyasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi?
A) ota-onalarning ishda bo’lishi;
B) ota-onalarning o’qimishliligi;
C) *katta avlod va yosh ota-onalarning bola tarbiyalashdagi turli metodlari;
D) to’g’ri javob yo’q.
92. Tug’ilishning kamayishi qanday pedagogik muammoni keltirib chiqaradi?
A) yoshlarni oilaviy hayotga tezroq tayyorlash;
B) qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash;
C) *kam bolali oilalarda tarbiyaning metodlarini ishlab chiqishni va o’rganish;
D) to’g’ri javob yo’q;
Dostları ilə paylaş: |